04.06.1996 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“GAZMOTORS” VA “GAZKOMPRESSOR” OʻZBEKISTON—AMERIKA QOʻSHMA KORXONALARINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA TAKLIFLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yonilgʻining vatanimizdagi muqobil turlaridan foydalanishni kengaytirish, respublikadagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasining oʻzlariga qarashli korxonalarda Amerikaning “Amerikan injenering INK” kompaniyasi bilan gaz balloni uskunalari ishlab chiqarish, avtotransport texnikasini suyultirilgan tabiiy gazda ishlash uchun qayta jihozlash boʻyicha, ustav fondida Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi ulushi — 3,5 mln AQSH dollari (30,2%), “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi ulushi — 1,7 mln AQSH dollari (14,6%), “Amerikan injenering INK” kompaniyasi ulushi — 6,4 mln AQSH dollari (55,2%) boʻlgan (1-ilova) yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi “Gazmotors” qoʻshma korxonasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining ishlab turgan “Oʻzavtogaz” hududiy boshqarmasi bazasida Amerikaning “Amerikan injenering INK” kompaniyasi bilan avtomobillarga gaz yonilgʻisi quyish shoxobchalari infrastrukturasini kompleks rivojlantirish boʻyicha, ustav fondida “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi ulushi — 36,9 mln AQSH dollari (63,1%), “Amerikan injenering INK” kompaniyasi ulushi — 21,6 mln AQSH dollari (36,9%) boʻlgan (2-ilova) yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi “Gazkompressor” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonining taʼsis badallari asosiy fondlar, asbob-uskunalar, aylanma mablagʻlar va yer uchastkalari bilan birgalikda ishlab chiqarish maydonlari koʻrinishida qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amerika tomoni qoʻshma korxonalarga 5 yilga AQSHning Eksimbanki sugʻurtasi ostida 75 mln AQSH dollari miqdorida kredit berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSHning mablagʻ bilan taʼminlovchi banklari bilan belgilangan tartibda kredit bitimini rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan kredit resurslari boʻyicha “Gazmotors” va “Gazkompressor” qoʻshma korxonalari oʻz vaqtida qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Gazmotors” va “Gazkompressor” qoʻshma korxonalari loyihalari uchun olingan kreditlar boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va qoʻshma korxonalarning muassislari bilan birgalikda zayom mablagʻlarini qaytarish jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Gazmotors” va “Gazkompressor” qoʻshma korxonalarining taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Gazmotors” va “Gazkompressor” qoʻshma korxonalarini Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar qurilish va avtomobil gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarini joylashtirish uchun yer uchastkalari ajratishda, ishlab chiqarish maydonlari va xizmat xonalarini ijaraga berishda yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonalarning chet ellik mutaxassislariga koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻshma korxonalar masalalari yuzasidan ishga keluvchi chet ellik mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari K.R. Rahimov va Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-iyundagi 210-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gazmotors” qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-iyundagi 210-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gazkompressor” Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi