Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga muvofiq hamda loyiha va tadqiqot tashkilotlari tuzilmasini takomillashtirish va ixtisoslashuvini chuqurlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-may,
PQ-1339-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-maydagi PQ-1339-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ” soʻzlari “OʻzshaharsozlikLITI” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 30-avgustdagi PQ-165-son qarorining 5-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “A.R. Toxtayev” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi xatboshidagi “UzshaharsozlikLITI” OAJ” soʻzlari “OʻzshaharsozlikLITI” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qarorining 3 va 4-ilovalaridagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatloyiha” MChJ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qarorining 1-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. “Uztyajneftegazximproyekt” instituti
2. “ToshuyjoyLITI” OAJ
3. “OʻzshaharsozlikLITI” DUK
4. “Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” YoAJ
5. “Oʻzogʻirsanoatloyiha” OAJ
6. “Qishloqqurilishloyiha” MChJ
7. “OʻzGAShKLITI” DUK
8. “OʻzLITIneftgaz” OAJ
9. “Gidroproyekt” OAJ
10. “Sredazsetproyekt” OAJ
11. “Qishloqenergoloyiha” OAJ
12. “Issiqlikelektroloyiha” OAJ
13. “Oʻzkimyosanoatloyiha” OAJ
14. “OʻzGEORANGMETLITI” DUK
15. OKMK loyiha ishlari boshqarmasi
16. “Oʻzengsanloyiha” MChJ
17. “Oʻzkommunalloyihaqurilish” MChJ
18. “Oʻzgazloyiha” MChJ
19. “Toshtemiryoʻlloyiha” OAJ
20. “Boshtransloyiha” OAJ
21. “Yoʻl-loyiha byurosi” MChJ
22. “Toshkentboshplanliti” DUK
23. “Aloqaloyiha” DUK
24. “OʻzGIP” MChJ
25. “Oʻzsuvloyiha” OAJ
26. “Suvsanoatfuqaroli” MChJ
27. “Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ
28. “Tibloyiha” MChJ
29. Voyenproyekt
30. “Chegaraloyiha” YoAJ
31. “Tashgiprogor” OAJ
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 151-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)