OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
Qarori
OʻQUV MAShGʻULOTLARINI OʻTKAZGANLIK UChUN MEHNATGA SOATBAY HAQ TOʻLASh MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2103]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2010-yil 2-noyabrdagi 413, 40, 183-QQ-sonli “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2153, 12.11.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari toʻgʻrisida”gi 312-sonli qarori (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2009-yil 50-51-son, 540-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-aprel,
135-son
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-aprel,
12-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-aprel,
110 Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2010-yil 29-apreldagi 135, 12 va 110-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari
| T/r |
Kontingent |
Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar |
Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) |
| 1. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari | professor, fan doktori | 7 917,6 |
|
dotsent, fan nomzodi |
4 643,5 | ||
|
ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* |
3 185,4 | ||
| 2. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari | professor, fan doktori | 9 048,7 |
| dotsent, fan nomzodi | 5 715,1 | ||
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar | 4 141,1 | ||
| 3. | Aspirantlar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilari | professor, fan doktori | 10 933,9 |
| dotsent, fan nomzodi | 7 501,0 | ||
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar | 6 052,3 | ||
| 4. | Kurslar tinglovchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlar | professor, fan doktori | 6 174,8 |
| dotsent, fan nomzodi | 3 594,4 | ||
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* | 2 424,5 |
2. Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari
| T/r |
Lavozim nomi |
Malaka toifasi |
Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) |
| 1. | Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri | oliy malaka toifali | 3 109,8 |
| birinchi malaka toifali | 2 931,3 | ||
| ikkinchi malaka toifali | 2 745,0 | ||
| oliy maʼlumotli | 2 563,3 | ||
| oʻrta maxsus maʼlumotli | 2 396,1 | ||
| 2. | Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi | oliy malaka toifali | 2 576,6 |
| birinchi malaka toifali | 2 336,7 | ||
| ikkinchi malaka toifali | 2 188,5 | ||
| oliy maʼlumotli | 2 044,2 | ||
| oʻrta maxsus maʼlumotli | 1 912,5 |
* Ilmiy darajaga ega boʻlmagan, mutaxassislik fanlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
Izoh:
1. Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
3. Konkurs va tanlovlar jyurilari aʼzolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
4. Taʼlim muassasalarida soatbay haq toʻlash asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun shaxslarni jalb qilish, faqat muayyan muassasa shtatidagi oʻqituvchilar tarkibi tomonidan oʻtkazilmaydigan oʻquv mashgʻulotlari va fanlari uchun koʻzda tutiladi. Oʻquv mashgʻulotlarini soatbay haq toʻlash asosida olib borganlik uchun haq toʻlash xarajatlari taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
5. Soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.
Mazkur oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 28-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 154-modda)