Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.1995 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995 YIL IKKINChI YaRIM YILLIGIDA DAVLAT BUDJETI MABLAGʻLARI HISOBIGA AJRATILADIGAN KAPITAL QOʻYILMALAR LIMITLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil maqsadli dasturida nazarda tutilgan obyektlar qurilishini davom ettirish va ularning ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil ikkinchi yarim yilligida Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kapital qoʻyilmalarning qoʻshimcha limitlarini ajratish toʻgʻrisidagi takliflariga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, buyurtmachi korxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilayotgan mablagʻlarni birinchi navbatda qurilishi bitay deb qolgan obyektlarni qurib bitirishga yoʻllab, ulardan qatʼiy maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvvatlarning tasdiqlangan maqsadli dasturga muvofiq ishga tushirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ishtirokida joriy yilning 9 oylik yakunlari boʻyicha pudratchi tashkilotlar va buyurtmachi korxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblar holatini, qurilish ishlari qiymatining asosli shakllantirilganligini ham tekshirsin. Narxlarning indekslari sunʼiy ravishda oshirilgan hollar aniqlanganda materiallar aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun maʼmuriy organlarga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar bilan birgalikda qurilishda pudrat ishlari bozorini mumkin qadar kengaytirish va takomillashtirish, kontrakt tizimi rolini kuchaytirish, shartnoma majburiyatlarini bajarishda investitsiya jarayoni ishtirokchilari masʼuliyatini oshirishning amaliy chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida shu yilning dekabr oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.R. Yunusov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son