Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA LOYIHA-QIDIRUV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2010-YIL 23-MARTDAGI 50-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-may,
90-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori 3-bandining birinchi va oltinchi xatboshidagi “OʻzshaharsozlikLITTI” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “OʻzLITTI” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qaroriga 1-ilovaning “Ustav fondida davlat ulushi kamida 51 foiz boʻlgan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari” boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y, 12-son, 128-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ustav fondida davlat ulushi kamida 51 foiz boʻlgan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari:
1. “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti
2. “ToshuyjoyLITI” OAJ
3. “OʻzshaharsozlikLITI” DUK
4. “Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” YAJ
5. “Oʻzogʻirsanoatloyiha” OAJ
6. “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ
7. “OʻzGASHKLITI” DUK
8. “OʻzLITIneftgaz” OAJ
9. “Gidroloyiha” OAJ
10. “Oʻrtaosiyotarmoqloyiha” OAJ
11. “Qishloqenergoloyiha” OAJ
12. “Issiqlikelektrloyiha” OAJ
13. “Oʻzkimyosanoatloyiha” OAJ
14. “OʻzGEORANGMETLITI” DUK
15. OKMKning loyihalash ishlari boshqarmasi
16. “Oʻzengsanloyiha” MCHJ
17. “Oʻzkommunalloyihaqurilish” MCHJ
18. “Oʻzgazloyiha” MCHJ
19. “Toshtemiryoʻlloyiha” OAJ
20. “Boshtransloyiha” OAJ
21. “Yoʻl-loyiha byurosi” MCHJ
22. “Toshkentboshplanliti” DUK
23. “Aloqaloyiha” DUK
24. “OʻzGIP” MCHJ
25. “Oʻzsuvloyiha” OAJ
26. “Suvsanoatfuqaroli” MCHJ
27. “Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ
28. “Tibloyiha” MCHJ
29. Harbiyloyiha
30. “Chegaraloyiha” YAJ
31. “Toshgiprogor” OAJ
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 3-ilovadagi “OʻzGEOTEXLITI” LITI” soʻzlari “OʻzGEORANGMETLITI” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 12-ilovadagi “Fayzullayev R.F. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari”, “Abdullayev B.U. — “OʻzshaharsozlikLITI” OAJning loyihalar bosh arxitektori”, “Lenneshmidt E.F. — “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ bosh muhandisi”, “Magdiyev B.M. — “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ bosh arxitektori”, “Muxamedshin L.A. — “OʻzshaharsozlikLITTI” OAJ bosh muhandisi”, “Taxtaganov R.Z. — “OʻzLITTI” OAJning loyihalar bosh arxitektori” soʻzlari tegishli ravishda “Xoʻjayev B.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi, Kengash raisi”, “Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari”, “lavozimi boʻyicha — “OʻzshaharsozlikLITI” DUKning loyihalar bosh arxitektori”, “lavozimi boʻyicha — “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ bosh muhandisi”, “lavozimi boʻyicha — “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ bosh arxitektori”, “lavozimi boʻyicha — “ToshuyjoyLITI” OAJ bosh muhandisi”, “lavozimi boʻyicha — “ToshuyjoyLITI” OAJning loyihalar bosh arxitektori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qarorida:
a) 2 va 5-bandlardagi “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” soʻzlari “OʻzGASHKLITI” DUK soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band va 1—4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2017-y., 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)