Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA LOYIHA-QIDIRUV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2010-YIL 23-MARTDAGI 50-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-may,
90-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori 3-bandining birinchi va oltinchi xatboshidagi “OʻzshaharsozlikLITTI” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “OʻzLITTI” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 3-ilovadagi “OʻzGEOTEXLITI” LITI” soʻzlari “OʻzGEORANGMETLITI” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qarorida:
a) 2 va 5-bandlardagi “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” soʻzlari “OʻzGASHKLITI” DUK soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band va 1—4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2017-y., 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)