Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1996-YIL HOSILI UChUN PAXTANING RAYONLAShTIRILGAN VA ISTIQBOLLI NAVLARINI JOYLAShTIRISh HAMDA RESPUBLIKA XOʻJALIKLARINI SIFATLI URUGʻLAR BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika mintaqalari boʻyicha paxtaning seleksiya navlarini oqilona joylashtirish, yuqori sifatli koʻp tola olish, xoʻjaliklarni yuqori sifatli urugʻlar bilan taʼminlash, shuningdek, paxta urugʻchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq hoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq hoʻjaligi fanlari akademiyasining paxtaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 1-ilovaga muvofiq joylashtirish boʻyicha takliflar qabul qilinsin.
2. Qishloq hoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyeev):
1996-yil 25-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni tugallasinlar;
1996-yil 10-martgacha ekiladigan chigitlarni navlarga ajratilishini, tuksizlantirilishini, ularni kalibrlashni va markazlashtirilgan tartibda dorilashni taʼminlasinlar. Bir gektar maydonga 60 kilogramm tukli va 30 kilogramm tuksizlantirilgan chigit hisobidan ularni faqat dorilangan va idishga joylashgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarqatsinlar;
Ekish materiallarining belgilangan muddatlarda viloyatlararo yetkazib berilishini 3-ilovaga muvofiq taʼminlasinlar;
Koʻchma fondda qolgan chigitni saqlanishi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
3. Qishloq hoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq hoʻjaligi fanlar akademiyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari:
Xoʻjaliklarda paxtaning faqat bitta, tumanlarda — 2 ta va viloyatlarda 3-4 ta seleksiya navlarini ekilishini taʼminlasinlar. Xoʻjaliklar va tumanlarning rahbarlari ushbu tartibga rioya qilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar;
Elita va birinchi reproduksiya urugʻlari yetishtiruvchi elita-urugʻchiligi xoʻjaliklari ishini tubdan yaxshilasinlar. Paxtaning yangi va istiqbolli navlari faqat ilmiy-tadqiqot institutlarning eksperimental bazalarida va nav sinash uchastkalari joylashgan xoʻjaliklarda sinovdan oʻtkazilsin.
4. Ekish materialini tejamli sarflash maqsadida uni aniq ekuvchi seyalkalarda ekish amaliyotga kiritilsin. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” xolding kompaniyasi (Paygin), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Jabborov) tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxtachilik xoʻjaliklarini aniq ekadigan seyalkalar bilan taʼminlasinlar.
5. “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi (Hasanov) oʻn kun muddatda paxta tozalash zavodlarini chigitni dorilovchi vositalar bilan zarur miqdorda taʼminlasinlar va dorilash ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Elita-urugʻchiligi xoʻjaliklariga azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlarni birinchi navbatda va paxta uchun belgilangan normadan 10 foiz ortiq yetkazib bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-fevral,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-fevraldagi 66-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
1996-yil hosili uchun Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlarida rayonlashtirilgan va istiqbolli paxta navlarini joylashtirish
| | | | | | | | | | (ming gektar) |
| | Ekish maydoni | shu jumladan, navlar boʻyicha | |||||||
| Termiz-24 | Termiz-31 | S-6524 | S-6530 | S-6532 | S-4727 | S-9070 | 108-f | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 145 | | | | | | 93,6 | | |
| Viloyatlar: | | | | | | | | | |
| Andijon | 110 | | | | | | | | |
| Buxoro | 129 | | | | | | | | |
| Jizzax | 111 | | | | | | | 18,2 | |
| Qashqadaryo | 173 | 10,1 | | | 17,3 | | | | 47,9 |
| Navoiy | 44 | | | | | | | 7,7 | |
| Namangan | 95 | | | 13,3 | | | | | |
| Samarqand | 97 | | | | | | | 17,4 | |
| Surxondaryo | 120 | 23,1 | 13,8 | | | | | | |
| Sirdaryo | 141 | | | 3,0 | | | | | |
| Toshkent | 108 | | | 50,0 | 13,5 | 10,0 | | | |
| Fargʻona | 127 | | | 11,0 | | | | | |
| Xorazm | 100 | | | | | | | | |
|
Hammasi: |
1500 | 33,2 | 13,8 | 77,3 | 30,8 | 10,0 | 93,6 | 43,3 | 47,9 |
| | | | | | |
(ming gektar) |
| | shu jumladan, navlar boʻyicha | |||||
| 175-f | Qizilrovot | Qirgʻiziston 3 | Toshkent-6 | Buxoro-6 | Fargʻona-3 | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 18,4 | | | | | |
| Viloyatlar: | | | | | | |
| Andijon | | | 13,3 | | | 93,5 |
| Buxoro | | | | | 128,7 | |
| Jizzax | | | | 8,4 | 12,3 | |
| Qashqadaryo | | | 53,8 | |||
| Navoiy | | | | | 28,4 | |
| Namangan | | | | | 53,6 | |
| Samarqand | | | 48,2 | | 30,1 | |
| Surxondaryo | | | | | ||
| Sirdaryo | | | 13,4 | | | |
| Toshkent | | | | | ||
| Fargʻona | | | 27,3 | | 88,0 | |
| Xorazm | 60,0 | 11,0 | | | | |
|
Hammasi: |
78,4 | 11,0 | 61,5 | 49,1 | 210,9 | 277,5 |
| | | | | | |
(ming gektar) |
| | shu jumladan, navlar boʻyicha | |||||
| Chimboy-3104 | Yulduz | AN-Boyovut-2 | Namangan-77 | Xorazm-126 | Yangi navlar | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 19,0 | 12,0 | | | | 2,0 |
| Viloyatlar: | | | | | | |
| Andijon | | | 2,0 | | 1,2 | |
| Buxoro | | | | | 0,3 | |
| Jizzax | | | 71,3 | 0,8 | ||
| Qashqadaryo | 33,2 | | 10,0 | 0,7 | ||
| Navoiy | | | 7,7 | | 0,2 | |
| Namangan | | | 27,7 | | 0,4 | |
| Samarqand | | | | 1,3 | ||
| Surxondaryo | | 81,7 | | 1,4 | ||
| Sirdaryo | | | 124,2 | | 0,4 | |
| Toshkent | | | 33,0 | | 1,5 | |
| Fargʻona | | | | 0,7 | ||
| Xorazm | 17,0 | | | 10,0 | 2,0 | |
|
Hammasi: |
19,0 | 62,2 | 203,2 | 154,4 | 10,0 | 12,9 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-fevraldagi 66-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
1996-yil ekiladigan chigitini tayyorlash topshirigʻi
|
Viloyatlar |
Ekin maydoni (ming gektar) | Urugʻlarni tozalash, navlarga ajratish, ming tonna | Shu jumladan, urugʻlarni sarflash | Tuksizlantirish va kalibrlash | dorilash | |||
|
bir marta ekin uchun |
qayta ekish uchun | boshqa respublikalarga sotish uchun | sugʻurta fondiga | |||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 145 | 16 | 8,7 | 2,9 | 2,0 | 2,4 | — | 10,1 |
| Andijon | 110 | 14 | 6,6 | 2,2 | 2,0 | 3,2 | 2,5 | 7,7 |
| Buxoro | 129 | 15 | 7,7 | 2,5 | — | 4,8 | — | 9,0 |
| Jizzax | 111 | 13 | 6,7 | 2,5 | — | 3,8 | 5,0 | 7,0 |
| Qashqadaryo | 173 | 20 | 10,4 | 3,5 | 6,1 | | 1,0 | 12,1 |
| Navoiy | 44 | 5 | 2,6 | 0,9 | — | 1,5 | — | 3,3 |
| Namangan | 95 | 12 | 5,7 | 1,9 | 2,0 | 2,4 | 3,5 | 6,6 |
| Samarqand | 97 | 12 | 5,8 | 1,9 | — | 4,3 | 0,5 | 6,8 |
| Surxondaryo | 120 | 15 | 7,2 | 2,4 | 1,0 | 4,4 | — | 8,4 |
| Sirdaryo | 141 | 13 | 8,5 | 2,7 | — | 1,8 | 5,0 | 6,8 |
| Toshkent | 108 | 13,5 | 6,5 | 2,2 | — | 4,8 | 1,5 | 7,5 |
| Fargʻona | 127 | 14,5 | 7,6 | 2,5 | 3,0 | 1,4 | 0,5 | 8,9 |
| Xorazm | 100 | 13 | 6,0 | 2,0 | — | 5,0 | — | 7,0 |
|
Hammasi: |
1500 | 176 | 90,0 | 30,1 | 16,1 | 39,8 | 19,5 | 104,2 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-fevraldagi 66-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
1996-yil hosili uchun ekadigan chigitni viloyatlararo yetkazib berish topshirigʻi
|
Joʻnatuvchi (viloyatlar) |
Oluvchi (viloyatlar) |
Navi | Reproduksiya | Urugʻlar hajmi, tonna |
| Qashqadaryo | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Yulduz | elita | 5 |
| 1 | 150 | |||
| Hammasi: | 155 | |||
| Fargʻona | Jizzax | Toshkent-6 |
2 | 100 |
| 3 | 500 | |||
| Fergʻona-3 | 2 | 500 | ||
| Hammasi: | 1100 | |||
| Fargʻona | Samarqand | Fergʻona-3 | 3 | 420 |
| Hammasi: | 420 | |||
| Fargʻona | Sirdaryo | Toshkent-6 | 1 | 20 |
| 2 | 30 | |||
| Hammasi: | 50 | |||
| Andijon | Samarqand | Fergʻona-3 | 2 | 200 |
| 3 | 300 | |||
| Hammasi: | 500 | |||
| Navoiy | Jizzax | AN-Boyovut-2 | elita | 5 |
| 1 | 50 | |||
| 2 | 145 | |||
| Hammasi: | 200 | |||
| Respublika boʻyicha | | Jami: | 2425 |