Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShChI KADRLARNI UZLUKSIZ KASBGA OʻQITISh, QAYTA OʻQITISh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika iqtisodiyotining yuqori malakali ishchi kadrlarga boʻlgan talablarini toʻlaroq qondirish, kasbga oʻqitishning uzluksizligini taʼminlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va mehnat bozorida ularning raqobat qila olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uch oy muddatda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish qanday borayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1996-yil 1-sentabrgacha xabardor qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-mart,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-martdagi 87-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
|
Chora-tadbirlarning nomi |
Bajarilish muddati |
Bajaruvchi |
Natijasi |
| 1. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, ular quyidagilarni nazarda tutadi: | 1996-yil, 1-iyun | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, tarmoq vazirliklari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, korxonalar | Mintaqaviy va tarmoqlar darajasida uzluksiz kasbiy taʼlim bir butun tizimini va uni amalga oshirish mexanizmini tashkil etish |
| kasbiy taʼlimning uzluksizligini taʼminlovchi oʻquv tarmoqlarini tashkil etish; | |||
| ishchi kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oʻquv muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash; | |||
| mablagʻ bilan taʼminlash manbalarining va miqdorlarini belgilash; | |||
| Muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlash; | |||
| boshqaruv infrastrukturasini tashkil etish va kadrlarni uzluksiz tayyorlashni hamda idoralararo komissiyalar tizimini nazorat qilish | |||
| 2. Xalq taʼlimi tizimining ayrim hunar-texnika oʻquv muassasalarini oʻqish muddati 1 yilgacha boʻlgan tezlashtirilgan ishchi kadrlar tayyorlashga oʻtkazish, bunda oʻquv jarayonni takomillashtirish va, zarurat boʻlganda, mehnat bozori talablarini va ishlab chiqarishni rivojlantirishni hisobga olgan holda ularni qayta ixtisoslashtirishni taʼminlash | doimo | Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar | Quyi va oʻrta malakali ishchi kadrlar tayyorlash muddatlarini tezlashtirish, ushbu tayyorlov hajmlarini kengaytirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasini bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashni taʼminlash |
| 3. Har bir viloyatda bitiruvchilarga yuqori malaka razryadlari (5—8 razryadlar) bergan holda hamma ishlarni oʻz ichiga olgan, turdosh va alohida murakkab ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi xoʻjalik hisobidagi zavodlararo oʻquv markazlari tashkil etish | 1996-yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Mehnat vazirligi, vazirliklar va idoralar, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi | 5—8 malaka razryadi boʻyicha va alohida murakkab ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oʻquv muassasalari tizimini rivojlantirish |
| 4. Zavodlararo oʻquv markazlarida tayyorlanadigan mutaxassisliklar roʻyxatlarini belgilash | 1996-yil iyul | Mehnat vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi | Ishchi kadrlarni iqtisodiyotning ularga boʻlgan talabini hisobga olgan holda tayyorlashining muvofiqlashtirilganligini taʼminlash |
| 5. Ishchi kadrlar tayyorlashni qayta oʻqitishni va ularning malakasini oshirishni qoʻllab-quvvatlash fondlarini tashkil etish | 1996-yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar. Mehnat vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, tarmoq vazirliklari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar. korxonalar | Kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalarini shakllantirish |
| 6. Xodimlari soni 1000 kishidan ziyod boʻlgan korxonalarda ishlab chiqarish oʻquvini tashkil etish, zarur boʻlgan joylarda esa, uning yoʻqolib ketgan bazalarini tiklash | 1996-yil davomida | Tarmoq vazirliklari, ishlovchilari soni 1000 va undan ziyod boʻlgan korxonalar | Yirik korxonalarni yuqori malakali ishchilar bilan oldindan taʼminlash uchun ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash mexanizmini koʻpincha ularni oʻz oʻquv bazalarida tayyorlash hisobiga yaratish |
| 7. Yoshlarni “Usta-Shogird” metodi boʻyicha milliy kasblarga oʻrgatishni kengaytirish, bunda yoshlarni jalb qilishni va yoshlarni ushbu metod boʻyicha oʻqituvchi vazirliklarning manfaatdorliklarini taʼminlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi | doimo | Mehnat vazirligi | |
| 8. Ishchi kadrlarni shartnoma shartlarida tayyorlashni hamda “Usta-Shogird” metodi boʻyicha milliy kasblarga oʻrgatishini tashkil etish | 1996-97 yillar davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, tarmoq vazirliklari, Oʻzbekiston Tadbirkorlar ittifoqi | Yuqori razryadli ishchi kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oʻquv yurtlarining infrastrukturasini kengaytirish, taʼlim xizmatlari bozoridagi talab va takliflarning muvofiqligini taʼminlash |
| 9. Ishchi kadrlar tayyorlashni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshiruvchi oʻquv muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va sertifikatsiyalash: | 1996-yil, 1 yarim yillik | Taʼlim vazirligi, tarmoq vazirliklari, Mehnat vazirligi | Oʻquv-moddiy bazalar va muhandis-pedagog Xodim malakasining ishchi kadrlar tayyorlash darajasi talablariga mos kelmay qolishiga yoʻl qoʻymaslik |
| Hunar-texnika bilim yurtlarida; korxonalarda | |||
| 10. Respublikaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari huzurida tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda muhandis pedagog kadrlarni qayta tayyorlash �a ularning malakasini oshirish | 1996-yil davomida | Taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | Ishchi kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oʻquv muassasalarini malakali muhandis-pedagog xodimlar bilan taʼminlash |
| Texnika va pedagogika institutlarida yuqori kurslarda oʻquvchilardan, shuningdek, oliy maʼlumotli shaxslardan kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq ikkinchi mutaxassislik boʻyicha ishchilar tayyorlashni tashkil etish | |||
| 11. Kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimi oʻquv muassasalarining faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilishni uyushtirish | doimo | Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, “Sharq” konserni, hokimliklar | Aholini kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimi oʻquv muassasalari toʻgʻrisida xabardor qilish, fuqarolarda oʻz malaka darajasini doimo oshirib borish koʻnikmasini shakllantirish |
| 12. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini muvofiqlashtiruvchi respublika va viloyat idoralararo komissiyalar toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | 1996-yil, may | Mehnat vazirligi, Taʼlim vazirligi | Uzluksiz kasb taʼlim tizimni rivojlantirish boshqaruvning huquqiy asoslarini taʼminlash |
| 13. Ishchi kadrlar tayyorlashning taʼlim standarti toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | 1996-yil, may | Taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi | Kasb taʼlimi dasturlariga, kasbga oʻqitish shakllari va metodlariga nisbatan yondashishlar va talablarning bir xilligini taʼminlash |
| 14. Ishchi kadrlarni ishlab chiqarishda tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi oʻquv muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | 1996-yil, may | Taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | Kadrlarni uzluksiz tayyorlashni amalga oshiruvchi muassasalar faoliyatini baholash uchun huquqiy shart-sharoitlarni taʼminlash |
| 15. Uzluksiz kasbga oʻrgatish oʻquv bazalarini tashkil etishga sarflanadigan mablagʻlarni korxonalarga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | 1996-yil, aprel | Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi | Oʻz oʻquv ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirayotgan korxonalarga imtiyozlar berish tartibi va normativlarini belgilash |
| 16. Fuqarolarning kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirish uchun xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | 1996-yil, may | Mehnat vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi | Malaka oshirishga, qayta oʻqishga va turdosh hamda qoʻshimcha ixtisosliklar olishga fuqarolarni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlar yaratish |
| 17. Tijorat asosida ishchi kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi oʻquv muassasalarning attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish | 1996-yil, aprel | Taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi | Uzluksiz taʼlim tizimini oʻquv. muassasalari infrastrukturasini rivojlantirishning huquqiy asoslarini taʼminlash. Belgilangan standartlar talablariga javob bermaydigan oʻquv muassasalarining taʼlim xizmatlari bozoriga kirishlariga yoʻl qoʻymaslik |
| 18. Kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladigan asosida mutaxassisliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan adabiyotlar, oʻquv-koʻrgazmali va metodik qoʻllanmalar tayyorlash va chiqarish | doimo | Davlat mat�uot qoʻmitasi, Taʼlim vazirligi | Oʻquv jarayonini zarur metodik va didaktik materiallar, shuningdek, oʻqitishning texnik vositalari bilan taʼminlash |
| 19. Ishchi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarni oʻqishga va stajirovkaga yuborish | doimo | Mehnat vazirligi, Taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, TIAV, Ichki ishlar vazirligi | Oʻqitishning ilgʻor metodlarini oʻzlashtirib olish, muhandis-pedagog xodimlarning malakasini oshirish |