Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.04.2010 yildagi PF-4214-son
Кучга кириш санаси
26.04.2010
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 18.09.2017 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining |
Farmoni | Farmoni |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK SUDLARI TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK SUDLARI TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA |
Xoʻjalik sudlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va ularning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan: | Xoʻjalik sudlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va ularning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining tuzilmasi va umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq; | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining tuzilmasi va umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq; |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining namunaviy tuzilmasi va umumiy cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining namunaviy tuzilmasi va umumiy cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan son doirasida xoʻjalik sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan son doirasida xoʻjalik sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmondan kelib chiquvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmondan kelib chiquvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining tarkibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-1501-sonli Farmonining 2-bandi hamda uning ilovasi; | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining tarkibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-1501-sonli Farmonining 2-bandi hamda uning ilovasi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 5-fevraldagi “Xoʻjalik sudlari qarorlarining ijrosini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1704-sonli Farmonining 1—4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 5-fevraldagi “Xoʻjalik sudlari qarorlarining ijrosini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1704-sonli Farmonining 1—4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. |
4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin. | 4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2010-yil 26-aprel, | 2010-yil 26-aprel, |
PF-4214-son | PF-4214-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga 1-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga 1-ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining |
TUZILMASI | TUZILMASI |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga 2-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga 2-ILOVA |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining |
TUZILMASI* | TUZILMASI* |
* Xodimlar soniga qarab ayrim tuzilmaviy birliklar birlashtirilishi yoki ajratilishi mumkin. | * Xodimlar soniga qarab ayrim tuzilmaviy birliklar birlashtirilishi yoki ajratilishi mumkin. |
** Toshkent shahar va Toshkent viloyat xoʻjalik sudlarida ikkitadan rais oʻrinbosarlari birliklari mavjud. | ** Toshkent shahar va Toshkent viloyat xoʻjalik sudlarida ikkitadan rais oʻrinbosarlari birliklari mavjud. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari budjet hisobidan taʼminlanadigan xodimlarining umumiy cheklangan soni 350,5 birlikni tashkil etadi, shundan sudyalar (rais va rais oʻrinbosarlari bilan birga) — 124 ta, sud majlisi kotiblari — 124 ta, maslahatchilar va mutaxassislar — 52 ta, yordamchi xodimlar — 50,5 ta. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari budjet hisobidan taʼminlanadigan xodimlarining umumiy cheklangan soni 350,5 birlikni tashkil etadi, shundan sudyalar (rais va rais oʻrinbosarlari bilan birga) — 124 ta, sud majlisi kotiblari — 124 ta, maslahatchilar va mutaxassislar — 52 ta, yordamchi xodimlar — 50,5 ta. |