Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.01.1996 yildagi 43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASHNI ISLOH QILISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH UCHUN BERILADIGAN YAPONIYA GRANTIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAʼMINLASHGA OID CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlashni yaxshilash uchun Yaponiya Hukumati tomonidan beriladigan grantdan samarali foydalanish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Yaponiya granti toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Yaponiya Hukumati tomonidan beriladigan 76.900.000 iyen miqdoridagi Yaponiya granti sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish sohasida isloh qilish loyihasini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga texnik yordam koʻrsatishni taʼminlash uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sogʻliqni saqlashda islohotlarni amalga oshirish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish qoʻmitasi tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida sogʻliqni saqlash sohasida isloh qilish loyihasini ishlab chiquvchi ishchi guruhi tashkil etilsin va unga yuridik shaxs maqomi berilsin hamda unga loyihani tayyorlashni boshqarish, shuningdek Jahon bankining Markaziy Osiyodagi Vakolatxonasi bilan kelishgan holda Yaponiya grantining moliyaviy mablagʻlarini tasarruf etish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika muvofiqlashtirish qoʻmitasi sogʻliqni saqlash sohasida islohotlar loyihasining amalga oshirilishi haqida Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida axborot berib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda sogʻliqni saqlashda islohotlar loyihasini ishlab chiquvchi respublika muvofiqlashtirish qoʻmitasi va ishchi guruhi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda sogʻliqni saqlash sohasida isloh qilish loyihasini tayyorlash boʻyicha texnik topshiriqni roʻyobga chiqarish tadbirlari rejasini va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishchi guruhi ofisi uchun Parkent koʻchasi, 51-uydagi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining yangi binosida beshta xona, zarur aloqa vositalari, kompyuter va koʻpaytirish texnikasi, texnik va xoʻjalik jihozlari, yozuv-chizuv ashyolari, avtotransport ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Milliy bank boʻlimida ishchi guruhning hisob-kitob va joriy ixtisoslashtirilgan valyuta schyotlarini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtirish qoʻmitasi va ishchi guruhning soʻrovlariga koʻra loyiha topshiriqlarining talablarga muvofiq zarur boʻlgan maslahatlarni, statistika va boshqa tahliliy materiallarini taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni tashkil etish hamda sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoatidagi islohotlar loyihasini ishlab chiqishga mahalliy mutaxassislarni jalb qilishda yordam koʻrsatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash muassasalarini iqtisodiy ragʻbatlantirish tizimlarini ishlab chiqish maqsadida tanlangan hududlarda tajriba-namunaviy dasturlarni amalga oshirishda tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-yanvardagi 43-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlashda islohotlarni amalga oshirish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karimov Sh.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, rais
Bakirxanov K.F.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining — Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi mudiri, rais oʻrinbosari
Hasanov F.N. —‎ dasturni muvofiqlashtiruvchi, ishchi guruh rahbari

Aʼzolari:‎‎

Odilov R.A. —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining boʻlimi mudiri
Abdullayev Sh.Yu.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
Asqarov M.A. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari
Nazarov Yu.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Saidova G.K.‎ —‎ “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Sultonov R.T. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
Ubaydullayeva R.A. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirining oʻrinbosari
Umurzoqov B.H. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri
Shodiyev Q.Q. “Oʻzfarmsanoat” konserning raisi
Yorqulov A.B. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari