Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUXORO ShAHRINING 2500 YILLIGI YuBILEYIGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Buxoro shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida oʻrnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda oʻtgan 28-sessiyasi Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyaning Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnamoligida jahon miqyosida oʻtkazish haqidagi qarori qoʻllab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur tarixiy sana tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita Buxoro shahri yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Buxoro shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996—2000-yillarda taʼmirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritsinlar.
Shu jumladan 1996-1997-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va tegishli mablagʻ ajratilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “Oʻzsuvqurilish” konserni, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda boʻlishini taʼminlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro vohasida xorijiy va mahalliy turizm infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus madaniy turizm dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqib, bajarishga kirishsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda Buxoro tarixiga oid nashrlarni tayyorlash va chop etishni nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash tadbirlari boʻyicha takliflar kiritsin.
9. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Buxoro shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash, aloqa transporti, sogʻliqni saqlash va maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro shahrining yubileyini oʻtkazish uchun 1996-1997-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻ ajratsin, ushbu xarajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika budjeti hamda Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda tashkilotlar va korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi, “Oʻzdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Buxoro shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, oʻziga xos sanʼatini targʻib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini taʼminlasinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 3-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Buxoro shahrining 2500 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
| I. Joʻrabekov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
| S. Saidqosimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| M. Rahmonov | — | Buxoro viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| K. Bakirxonov | — | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi |
| T. Alimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) |
| X. Joʻrayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) |
| B. Hamidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari— Moliya vaziri |
| T. Joʻrayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti |
| M. Abdullayev | — | Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi |
| F. Ashrafiy | — | Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi |
| L. Axmetov | — | “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi |
| S. Ahrorov | — | “Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari |
| R. Giniyatulin | — | Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri |
| Jamol Kamol | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi |
| E. Zikriyoyev | — | “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi |
| J. Yoʻldoshev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri |
| V. Kamolov | — | “Oʻzkolxozqurilish” raisi |
| K. Kamolov | — | Buxoro shahri hokimi |
| A. Komilov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
| V. Mixaylov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
| O. Oripov | — | “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi raisi |
| T. Rahimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri |
| Gʻ. Rafiqov | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori |
| O. Salimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Z. Fayziyev | — | “Oʻzbeksavdo” uyushmasi raisi |
| R. Shogʻulomov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
| N. Ermetov | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi |
| E. Hayitboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| Z. Hakimov | — | “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi |
| B. Husanboyev | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |