Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING “BUYRUQ TARTIBIDA ISh YuRITIShNI TARTIBGA SOLUVChI QONUN NORMALARINI QOʻLLAShNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA”GI QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 10-bandining 5-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning eʼtibori, ortiqcha xarajatlarning oldini olish hamda ish vaqtini tejash maqsadida, kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzni, yozma shartnomaga asoslangan safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni oʻtash uchun pul badalini hamda hisoblangan lekin xodimga toʻlanmagan ish haqi va unga tenglashtirishdan toʻlovlarni undirish haqidagi nizosiz talablar, sud buyrugʻi tartibida hal etilishi lozimligiga qaratilsin”.
2) 19-band quyidagi mazmunidagi 2-qism bilan toʻldirilsin:
“Sudlar, sud buyrugʻini chiqarish va uni ijroga qaratishda Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 375-moddasi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 6—9-bandlarida bayon etilgan talablarga asoslanishlari lozim”.
3) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar, sud buyrugʻi tartibidagi ishlar boʻyicha davlat boji miqdorini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi FPK 105-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarda asoslanishlari lozim”.
Oliy sud raisi B.MUSTAFOYEV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi Y.TURSUNBAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-noyabr,
15-son