Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
“BARKAMOL AVLOD YILI” DAVLAT DASTURIDA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI I. KARIMOVNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2010 YIL 29 YaNVARDAGI 2009 YILDA MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA 2010 YILGA MOʻLJALLANGAN IQTISODIY DASTURNING ENG MUHIM USTUVOR YOʻNALIShLARIGA BAGʻIShLANGAN MAJLISIDAGI MAʼRUZASIDA BELGILAB BERILGAN ASOSIY QOIDALARNI AMALGA OShIRISh BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI QOʻMITALARINING NAZORAT FAOLIYATI VA TADBIRLAR REJASI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining nazorat faoliyati va tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-fevral,
18-II-son
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining nazorat faoliyati va tadbirlar
REJASI
| T/r | Tadbir nomi | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Nazorat faoliyati | |||
| 1. | Voyaga yetmaganlarga oid qonun hujjatlarining Andijon viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish | Birinchi yarim yillik | Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi bilan birgalikda) |
| 2. | “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ona va bola sogʻligʻini saqlashga doir qismining Buxoro viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish | Birinchi yarim yillik | Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi bilan birgalikda) |
| 3. | “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish | Ikkinchi yarim yillik | Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
| 4. | “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashga doir qismining Namangan viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish | Ikkinchi yarim yillik | Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi bilan birgalikda) |
| 5. | Qishloqda yosh oilalarga uy-joy qurish yoki sotib olishda koʻmaklashishga oid qonun hujjatlarining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish | Ikkinchi yarim yillik | Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda) |
| 6. | Surxondaryo viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiyasi (Vena, 1988-yil 19-dekabr) qoidalarini ijro etish, yoshlar orasida giyohvandlikka barham berish sohasidagi ishi toʻgʻrisida | Ikkinchi yarim yillik | Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi va xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda) |
| II. Tadbirlar* | |||
| 1. | “Yosh olim va tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash iqtisodiy mexanizmini kuchaytirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish yoʻllari” mavzusida seminar | Ikkinchi chorak | Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda) |
| 2. | “Oʻzbekis�on Respublikasining voyaga yetmaganlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish: amaliyot va samaradorlik” mavzusida davra suhbati | Ikkinchi chorak | Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
| 3. | “Qishloqda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish — barkamol avlodni samarali tarbiyalash omili: muammolar va ularni hal qilish yoʻllari” mavzusida davra suhbati | Ikkinchi chorak | Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
| 4. | “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusida seminar | Uchinchi chorak | Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
| 5. | “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va yosh avlodning barkamol rivojlanishini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli” mavzusida seminar-trening | Uchinchi chorak | Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda) |
| 6. | “Jismoniy va maʼnaviy sogʻlom avlodni tarbiyalash — davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri” mavzusida davra suhbati | Toʻrtinchi chorak | Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
*Izoh: Tadbirlar oʻtkaziladigan sana va ularning ishtirokchilari tarkibi materiallar tayyor boʻlishiga qarab aniqlashtiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 2-son, 83-modda)