Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2018 07.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1504-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KORXONALARNI MODERNIZATSIYALASh VA TEXNIK QAYTA JIHOZLASh BOʻYIChA SALMOQLI SARMOYA KIRITISh ShARTI BILAN NAZORAT PAKETINI TAShKIL QILMAGAN AKSIYA PAKET (ULUSh)LARINI SOTIB OLGAN INVESTORLARGA DAVLAT ULUShINI BOShQARISh HUQUQINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1504-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 6-yanvardagi 01/10-10/03-sonli “Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1504-5, 16.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2005-yil 8-iyuldagi 01/06-18/03-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (2005-yil 5-avgust, roʻyxat raqami 1504) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 256-modda) kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais v.b. A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/12-04-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 113-modda)