Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-martda 2090-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2010-yil aprel-may oylarida notariuslar bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani qoʻllash masalalariga bagʻishlangan seminarlar oʻtkazsin.
5. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 1997-yil 28-apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-mart,
64-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar (bundan keyingi oʻrinlarda davlat notariusi deb yuritiladi) quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
bitimlarni tasdiqlaydi;
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
ijro xatlarini yozadi;
veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
dengiz protestlarini amalga oshiradi;
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.
Davlat notariuslari qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar (bundan keyingi oʻrinlarda xususiy notarius deb yuritiladi) Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshiradi, mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish va meros mol-mulkni qoʻriqlash chora-tadbirlarini koʻrish bundan mustasno.
Xususiy notarius qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qonunning 5-moddasiga asosan notarius oʻz faoliyatida mustaqil boʻlib, bu faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Notariusning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻi bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Hujjatlarni berish toʻgʻrisidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial idoradan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻrlariga yoki ularning qonuniy vakillariga oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
5. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno;
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qonunning 18-moddasiga muvofiq notariusning majburiyatlari quyidagilardir:
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish;
tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish;
yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish;
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish;
notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda meros yoki hadya tartibida oʻtayotgan mol-mulkdan undiriladigan soliqni hisoblab chiqish uchun fuqarolarning mulkiga aylanayotgan mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida soliq organiga maʼlumotnoma berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish.
Notarius oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni toʻliq va har tomonlama oʻrganishi, zarurat tugʻilganda ularni qayta tekshirishi lozim.
7. Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida notarius tomonidan yozib qoʻyilishi, imzolanishi va muhr qoʻyilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
II-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari
9. Notarial harakatlar notarial idora joylashgan binoda amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaxs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida, yaʼni mazkur fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrida (bundan keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
11. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — milliy pasport;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
xorijiy fuqarolarning shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
Notarius tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi.
13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs ustav asosida yoki taʼsis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat taʼsis shartnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda taʼsis hujjatlari deb yuritiladi) asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin. Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga eʼtibor berish zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qoʻygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.
Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
15. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilganda, notarius koʻrsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining xodimlari yoki xususiy notariusning idorasida ishlovchi shaxslar nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa notarial idorada amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan notarial idorada bajarilishi kerak boʻlgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi oʻrinlarda STIR deb yuritiladi) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatga olingan manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Hujjatdagi oxirigacha toʻldirilmagan satrlar va boshqa boʻsh joylarga chiziq tortib qoʻyiladi, chet elda amal qiladigan hujjatlar bundan mustasno. Qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat notoʻgʻri yoki imlo xatolari bilan yozilgan boʻlsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud boʻlsa yoki hujjatning rekvizitlari toʻliq yozilmagan boʻlsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
20. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirigʻi asosida yordamchisi va (yoki) stajori tomonidan ham tuzilishi mumkin.
21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qoʻyilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
22. Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida, koʻchmas mulkni ochiq savdoda sotib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
Ariza bergan shaxsning iltimosiga koʻra ham unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
24. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yoʻriqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, alohida maʼlumotnoma tuzgan holda, u notariusning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qoʻyiladi.
Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yoʻl qoʻyilganda mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, hujjatning har bir nusxasiga alohida reyestr raqami beriladi. Tasdiqlovchi yozuvda raqamlar shu tartibda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Reyestrlar ip oʻtkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji (tarif boʻyicha haq) toʻlanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan soʻng notarius tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar notarial idoraning vakolat berilgan boshqa xodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzolaydi.
Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji (tarif boʻyicha haq) toʻlanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning toʻgʻriligi tekshirilganidan soʻng notarius tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi hamda notarius (notarial idoraning boshqa xodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzo qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ikki yoki undan ortiq notarius faoliyat koʻrsatayotgan notarial idoralarda har bir notarius uchun alohida reyestr tutilishi kerak. Bunday hollarda har bir reyestrga mustaqil indeks beriladi. Hujjatlardagi reyestr raqamlari quyidagicha qoʻyiladi: 1-1, 1-2, 2-1-sonli va hokazo. Bunda birinchi raqam indeks raqamini, ikkinchisi esa yozuvning tartib raqamini bildiradi. Har bir reyestrning indeks raqami yil davomida oʻzgartirilmay saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial harakatlarning muayyan turlarini qayd etish uchun mustaqil reyestrlar yuritilgan taqdirda har bir reyestrning indeksiga tegishli notarial harakat nomiga muvofiq harf qoʻshiladi. Masalan, 1-N, 2-N, 3-I, 4-M-sonli. Bunda birinchi va ikkinchi reyestrlar hujjatlarning nusxalari toʻgʻriligini shahodatlantiruvchi yozuvlarni, uchinchisi — ijro yozuvlarini, toʻrtinchisi esa merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomalarni qayd etish uchun tutilganligini bildiradi.
Bunday reyestrlarga yozilgan hujjatlarning tartib raqamlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1-N-1, 1-N-2-sonli va hokazo; 2-N-1, 2-N-2-sonli va hokazo; 3-I-1, 3-I-2-sonli va hokazo; 4-M-1, 4-M-2, 4-M-3-sonli va hokazo.
28. Notariuslar Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan koʻchirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan koʻchirmaning kseronusxasi) beradi. Reyestrlarning asl nusxalarini berish man etiladi.
29. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Davlat notariusi Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalardan ham ular yoʻqolgan taqdirda dublikatlar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizalardagi imzolar notarial tartibda shahodatlantiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning toʻliq matni boʻlishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxoʻrlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin.
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
Vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va oʻzlaridan oldingi merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) oʻlim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani, zarur hollarda merosxoʻrlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan boʻlsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxoʻrlarga beriladi.
30. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos boʻlgan hujjatlar bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga notarial idora yigʻmajildlarida saqlanishi uchun qoʻshib qoʻyiladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qoʻyilgach, qaytarib beriladi.
31. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
agar mulkdor oʻziga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;
umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
ijara shartnomalari tasdiqlanganda;
garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda;
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilganda;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganda;
yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) koʻchmas mulk va avtomototransport kiritilganda;
avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda;
mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining yer maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.
33. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tugʻdiruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga beradi.
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;
notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi;
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni soʻraganligi;
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
shikoyat qilish muddati va tartibi.
34. Davlat notariusi notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy notarius notarial harakatlarni bajarganlik uchun xuddi shu harakatlarni davlat notarial idoralarida bajarganlik uchun olinishi nazarda tutilgan davlat boji miqdorlariga muvofiq tariflar boʻyicha haq undiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar davlat notariuslari hamda xususiy notariuslar tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda, hujjatlar loyihalari tuzilganda, hujjatlarning nusxalari berilganda va boshqa texnik ishlar bajarilganda mazkur shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius notarial harakatni bajarish uchun oʻz ish joyidan tashqariga chiqqanida manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar uning amaldagi transport xarajatlarini qoplaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notariusga murojaat qilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar bilan notarius oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilganligi uchun haq undirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi amalga oshirgan notarial harakatning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya boshqarmalarini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari
1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari
36. Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
37. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin.
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
38. Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
39. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan keyingi oʻrinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 29-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan keyingi oʻrinlarda Oila kodeksi deb yuritiladi) 184-moddasi talablariga rioya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitimda voyaga yetmagan shaxs qatnashganda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaxsning rasmi yelimlab yopishtirilgan maʼlumotnoma talab etiladi. Ushbu maʼlumotnomadagi rasm ham fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi.
40. Notarius bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qoʻyiladi.
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.
41. Mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qoʻshib qoʻyiladigan alohida hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining uy-joyning texnik holati va qiymati toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish paytida, bu bitim tegishli “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida qayd etilgan yoki qayd etilmaganligidan qatʼi nazar, notarius taraflarning oʻzaro xohish-irodasi (arizasi) asosida bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida bitimni tasdiqlaydi. Arizalar reyestrda qayd etiladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va hokazo) va yozma xati olinadi. Bitimning barcha nusxalariga va reyestrga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi (koʻchmas mulk boʻlgan holatda notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan) arizasini talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi oʻrinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va bitimning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi.
Notarius bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida bitimni tasdiqlaganidan soʻng notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
42. Bitimlar bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji (tarif boʻyicha haq) qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 2-bandiga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilgan vaqtda davlat boji (tarif boʻyicha haq) qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar, shuningdek ushbu bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim shu mulk joylashgan joydagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlariga (bundan keyingi oʻrinlarda DYHXX organlari deb yuritiladi) qayd etish uchun taqdim etilishi lozimligi haqida notarius tasdiqlovchi yozuvda taraflarga tushuntirganligi haqida koʻrsatib oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
bitimni tasdiqlagan notarial idora joylashgan yerning (pochta manzilining) toʻliq nomi va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi, taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari toʻliq yozilishi, doimiy roʻyxatga olingan manzillari haqidagi, yuridik shaxslarning nomlari hech boʻlmaganda bir marotaba toʻliq yozilishi hamda ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIRi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, taraflar qarindosh boʻlsa, ularning qarindoshlik darajasi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
bitim predmeti uni boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
mulkka boʻlgan huquqni va u haqda tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumot;
bitim predmeti boshqa shaxsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi;
bitim predmetining inventar qiymati va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;
taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy roʻyxatga olingan shaxslarning roʻyxatini koʻrsatgan holda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish yoki roʻyxatdan oʻchish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
bitimda yuridik shaxsning rahbari ishtirok etsa, bitimga yuridik shaxsning muhri qoʻyilishi;
er-xotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDY boʻlimida qayd etilganligi haqidagi yozuv;
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, bitim necha nusxada tuzilib imzolanganligi va mulkka nisbatan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi;
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini toʻliq yozib shaxsan imzolaydilar.
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan davlat boji (tarif boʻyicha haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
46. Xususiy notarius tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyishni soʻrab davlat notariusiga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
47. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlar yozma ravishda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
48. Fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi bitimlar notarial tasdiqlanishi shart:
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar;
korxonani sotish shartnomasi;
koʻchmas mulkni hadya qilish shartnomasi;
renta shartnomasi;
umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi;
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlar.
49. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitim matnida mazkur Yoʻriqnomaning 45-bandiga qoʻshimcha tarzda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
koʻchmas mulk boshqa shaxsga oʻtkazilganda, u joylashgan yer uchastkasining foydalanish maydoni;
shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar, shu jumladan koʻchmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa koʻchmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar;
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning bahosi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 3—7-paragraflarida koʻrsatilgan qoidalarga amal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash
51. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi.
52. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda notariuslar bu mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi sudning hujjati;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlinganligi toʻgʻrisidagi bitim;
mahalliy davlat hokimiyati organining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan mulk huquqini tan olganligi toʻgʻrisidagi qarori;
tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.
Yuqorida sanab oʻtilgan mulk huquqini beruvchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar, kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar, telefon aloqasi xizmati uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻzgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;
binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
soliqlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi deb yuritiladi);
arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining uyning buzilishi yoki buzilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
54. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi boʻlmagan qismini qayta taʼmirlab, yashash xonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori borligi va mulkka boʻlgan huquqni tan olganligi toʻgʻrisidagi qarorini taqdim etishni talab qiladi. Tuman (shahar) hokimining bunday qarori boʻlmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan kam boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimda ularning maydoni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi boʻyicha koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatlarini keyinchalik, yaʼni bitimda koʻrsatilgan maʼlum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazilganda, notarius tomonidan taraflar oʻrtasidagi toʻlov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda koʻrsatilgan muddatga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi.
56. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi koʻrsatilganligidan qatʼi nazar, notariuslar maʼlumotnomalarni tegishli davlat notarial idorasining hujjatlari boʻyicha tekshirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqiq va xatlov mavjud boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim taqiq va xatlov olib tashlangandan keyin tasdiqlanadi.
Taqiq mavjud boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar, shu jumladan, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish, ayirboshlash yoki garovga qoʻyish bitimlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Toshkent shahar hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolari boʻlganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qoʻyish bitimlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtishga ruxsat berish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish toʻgʻrisidagi qarori taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga maʼlum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi. Ushbu ariza uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
60. Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
61. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
62. Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga muvofiq agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oʻziga tegishli boʻlgan ulushini boshqa shaxsga sotayotgan boʻlsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarining hammasiga imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanliklarini yozma ravishda bildirishi lozim.
63. Agar umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini boshqa shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan boʻlsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni oʻz ulushini boshqa shaxsga haq evaziga oʻtkazayotganligi toʻgʻrisida, ulushning narxini va sotishning boshqa shartlari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmogʻi zarur.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli boʻladi.
64. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining sotilayotgan ulushini (bu ulushni sotish bahosini va boshqa shartlarini koʻrsatilgan holda) imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari xabardor qilinganining isboti boʻla oladi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor ekanliklari koʻrsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaxsan oʻzlari kelib voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan boʻlsa, uning bir nusxasi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusxasiga tikib qoʻyiladi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qoʻyiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi.
65. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari toʻgʻrisida xabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari doimiy roʻyxatda boʻlmagan, yashamayotgan yoki ularning manzili nomaʼlum boʻlgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur hollarda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-maʼlumotlar byurosi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan tegishli maʼlumotnomalarni notariusga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdorlaridan biri vafot etgan boʻlsa, notarius sotuvchidan uning oʻlim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius davlat notarial idorasidan umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxoʻrlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga koʻra umumiy ulushli mulk mulkdori boʻlishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi toʻgʻrisida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi hamda arizadagi imzolarining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga topshiriladi.
66. Voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini yoki shu mulkdagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda notarius ushbu Yoʻriqnomaning 39-bandiga rioya qiladi.
Agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar nomiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi rasmiylashtirilgan boʻlsa, notarius bu haqda vasiylik va homiylik organlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda Oila kodeksining 184-moddasidagi talablarga rioya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga va Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham koʻrsatiladi.
69. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi mulkdori tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oʻziga tegishli ulushini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibini umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda yoki sudning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan holdagina koʻrsatib oʻtishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi kelishuv uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda, alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi va umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi arizalari talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitim taraflariga Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat koʻzdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
70. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga umumiy ulushli mulk huquqi mavjud boʻlgan holda undagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlash paytida shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida ishtirokchilar ulushlariga muvofiq uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining alohida binolaridan (qismlaridan) foydalanish toʻgʻrisidagi bitimi notarial tasdiqlangan va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida qayd etilgan boʻlsa, notarius bu bitim ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuv, agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Agar ulushlarning oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining qoʻshimcha qurilishga ruxsat berganligi yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish toʻgʻrisida va mulkka boʻlgan huquqni tan olish toʻgʻrisidagi qarorini, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega boʻlgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda bu bitim tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi yozuvda yoziladi. Bunda mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
72. Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlamoqchi yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaxsga berilganda, mazkur Yoʻriqnomaning 62—71-bandlarining qoidalari qoʻllaniladi.
Umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush kimoshdi savdosida sotilganda, shuningdek hadya qilinganda yoki vasiyat qilib qoldirilganda yoxud boshqacha tarzda tekinga oʻzga shaxsga berilganda, imtiyozli sotib olish huquqining qoidalari qoʻllanilmaydi.
73. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan holda tasdiqlanishi mumkin.
74. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oʻzgartirish, qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini tasdiqlovchi mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining uyning buzilishi yoki buzilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi. Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatsizligi (yoshi yoki sogʻligʻi boʻyicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy taʼminotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy taʼminotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Shaxs voyaga yetmagan boʻlsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi boʻla olmaydi.
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi Fuqarolik kodeksining 530 va 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada koʻrsatib oʻtilishi lozim.
76. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olishga ruxsati boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
77. Davlat tashkilotlariga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi fuqarolar tomonidan sotib olinishi bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi davlat tashkilotiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining roziligi;
Keyingi tahrirga qarang.
arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi buzilishi yoki buzilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotning hisoboti.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash paytida notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan maʼlumotnoma;
yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot;
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
vakilga berilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ushbu vakil bilan yuridik shaxs oʻrtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, unda notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab qilinadi);
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida roʻyxatda turuvchi shaxslar haqida maʼlumotnoma;
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar bitimni imzolashdan avval uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi topshirilgan boʻlsa);
Keyingi tahrirga qarang.
taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi buzilishi yoki buzilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
79. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda taraflarga Fuqarolik kodeksining 185-moddasi mazmuni tushuntiriladi va bu haqda bitim matnida koʻrsatiladi.
4-§. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
80. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqalarga oʻtkazish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi shartnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining roziligi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslarning notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi tegishli davlat notarial idorasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy roʻyxatga olingan shaxslar haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki uy daftari (nusxasi);
Keyingi tahrirga qarang.
agar mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa eri (xotinining) notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan roziligi;
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf boʻlib xorijiy fuqarolar, shu jumladan, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish, ayirboshlash yoki garovga qoʻyish bitimlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolari boʻlganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qoʻyish bitimlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtishga ruxsat berish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish toʻgʻrisidagi qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari amalga oshirilgandan soʻng, shuningdek mulk huquqi merosxoʻrlik tartibida oʻtgandan soʻng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qatʼi nazar, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yoʻqotadi.
5-§. Ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash
82. Ayirboshlash shartnomasiga ayirboshlash mohiyatiga zid kelmaydigan oldi-sotdi shartnomasi haqidagi tegishli qoidalar tatbiq etiladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497 — 501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.
83. Shartnomaning predmeti muomaladan olingan yoki muomalada boʻlishi cheklangan ashyolardan tashqari barcha koʻchar va koʻchmas mulk, har qanday ashyolar boʻlishi mumkin.
Shartnomaning predmeti koʻchmas mulk boʻlganida, koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.
84. Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
85. Ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda, shartnomada ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past boʻlgan tovarni topshirishi lozim boʻlgan tarafga baholardagi farq uchun haq toʻlashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.
86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar, shu jumladan, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahar hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yoʻriqnoma 57-58-bandlarining qoidalariga rioya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-§. Hadya shartnomasini tasdiqlash
87. Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud uni oʻzi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʼda qilish (hadya etishni vaʼda qilish), agar vaʼda tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
88. Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq koʻrsatib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni vaʼda qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
89. Hadya oluvchi oʻziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
90. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda, hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qoʻyilishi mumkin.
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 502 — 510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.
Shartnomaning predmeti koʻchmas mulk boʻlganida, koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.
91. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi. Umumfoydali maqsad xayr-ehsonning farqli belgilaridan hisoblanadi.
Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda xayr-ehson shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.
92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahar hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yoʻriqnoma 57-58-bandlarining qoidalariga rioya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-§. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlash
93. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notarius Fuqarolik kodeksining 489—496-moddalari va ushbu shartnomaga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy kompleks sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli boʻlmagan huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki koʻrsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchiga oʻtadi.
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma boʻyicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar boʻladilar.
94. Korxonani sotish shartnomasi mazkur korxona joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart emas, taraflardan birining notarial tasdiqlash toʻgʻrisida talabi boʻlgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
95. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxona sotuvchisining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
taraflarning vakolatlarini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxonani sotishda sotuvchi — yuridik shaxs bilan vakil oʻrtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, vakolatlarni amalga oshirish uchun vakilga notarial tartibda berilgan ishonchnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
mulkdorning roziligi (agar mulk xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli boʻlsa);
inventarizatsiya dalolatnomasi;
baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi boʻlgan hollarda);
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
korxona sotuvchisi — yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oraliq balansning asl nusxasi;
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati toʻgʻrisidagi xulosasi;
taraflar tomonidan tuzilgan, koʻrib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) roʻyxati;
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga roziligi haqidagi notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs boʻlgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
Keyingi tahrirga qarang.
arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining korxonaga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkning buzilishi yoki buzilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
sof aktivlar haqida maʼlumot;
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi, shu jumladan, muhr va shtamp;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boji (tarif boʻyicha haq) toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya).
Keyingi tahrirga qarang.
Taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatini kechiktirish yoʻli bilan korxonani sotish shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda, toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar korxonani boshqa shaxsga oʻtkazishga tegishli tartibda taqiq qoʻyiladi.
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Korxona tarkibida bino va inshootlar mavjud boʻlsa, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomasi ham boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Korxonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan xususiylashtirilgan korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
notarial tasdiqlangan korxonaning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi;
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi haqidagi notariusning guvohnomasi;
korxonaning ajratib va boʻlib olinganligi shartnomasi;
korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi sud hujjati;
korxonani sotuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korxonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining oʻtganligi haqidagi qoʻshimcha kelishuv;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma;
mulk huquqini tasdiqlovchi qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
97. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
erdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
98. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxona joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida korxonani boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
99. Sotiladigan korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar boʻyicha kreditorlar korxona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar korxona sotuvchisi tomonidan uning sotilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishlari lozim.
Notarius tomonidan korxonani sotish shartnomasi barcha kreditorlarning qarzni oʻtkazishga yozma roziligi olingandan keyin, shuningdek boshqa kerakli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tasdiqlanishi mumkin.
Yuridik shaxslarning qarzni oʻtkazishga roziligi haqidagi xatlari yuridik shaxs rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, unga yuridik shaxsning muhri bosilgan va chiqish raqami qayd etilgan holda taqdim qilinadi.
100. Korxonani sotish shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
taraflarning toʻliq nomi (STIR), joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi, roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va guvohnoma raqami, vakillarning familiyasi, ismi, otasining ismi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
sotilayotgan korxonaning joylashgan yeri (pochta manzili);
korxona sotuvchisining bankdagi hisob raqami;
sotuvchining korxonaga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
sotilayotgan korxonaning tarkibi;
korxona tarkibiga kiruvchi mulklarning tavsifi;
sotilayotgan korxonaning bahosi;
sotib oluvchi tomonidan yer uchastkasidan foydalanish qoidalari;
korxona sotuvchisining debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumot;
davlat boji (taraf boʻyicha haq)ning kim tomonidan toʻlanganligi haqidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
taraflar oʻrtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot;
korxonani sotish shartnomasidan paydo boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi va uning tartibi;
topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan korxonani topshirish tartibi va muddati;
taraflarning shartnoma shartlarini buzishdagi javobgarligi;
shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etish tartibi;
qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
101. Korxonani sotishda uning tarkibida avtomototransport vositalari mavjud boʻlgan hollarda, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.
8-§. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
102. Notarius jismoniy shaxslar oʻrtasida, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar oʻrtasida hamda yuridik shaxslar oʻrtasida tuziladigan avtomototransport vositalarini va boshqa oʻziyurar mashina hamda mexanizmlarni, ularning nomerli agregat va tirkama, yarim tirkamalarini boshqa shaxsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) va boshqa turdagi bitimlarni tasdiqlaydi.
Bunday bitimlarni tasdiqlashda har bir fuqaro yoki yuridik shaxs xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir.
103. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda) muvofiq Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, boshqa shaxsga berish boʻyicha bitimning birinchi nusxasi gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
104. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy oʻyinlarning yutuqlari boʻlgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi, tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno. Taqiq va xatlovning yoʻqligi haqidagi maʼlumot besh kun muddatda amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
106. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga koʻra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp oʻn kun mobaynida amal qiladi.
107. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
bitimning nomi, bitim tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatga olingan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
taraflar oʻrtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilgan holatda esa mazkur Yoʻriqnomaning 55-bandini qoʻllash haqidagi maʼlumotlar;
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
davlat boji (tarif boʻyicha haq) qaysi taraf tomonidan toʻlanganligi haqidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim necha nusxada tuzilganligi va qaysi raqamli gerbli (maxsus) blankada (blankalarda) rasmiylashtirganligi haqidagi maʼlumotlar;
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatidan oʻtkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
Taraflarning ixtiyoriga koʻra shartnomada qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
108. Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undiriladi.
109. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
110. Notarius tomonidan transport vositasini qayd etish guvohnomasiga avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim tuzilganligi haqida belgi qoʻyilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
111. DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtmagan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash taqiqlanadi.
112. Fuqarolar oʻrtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun “Oʻzdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma);
agar avtomototransport vositasi erning yoki xotinning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan hollarda, erning va (yoki) xotinning avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishga roziligi toʻgʻrisida notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma arizasi;
Keyingi tahrirga qarang.
bitimlar davlat boji (tarif boʻyicha haq)ning imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xulosasi;
davlat boji (tarif boʻyicha haq) toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);
Keyingi tahrirga qarang.
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan boʻlsa — merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxoʻrlarga berilgan boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxoʻrlar ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.
113. Mazkur Yoʻriqnomaning 112-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan er yoki xotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki xotinning notarial idoraga shaxsan oʻzi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er yoki xotinning shaxsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
114. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga maʼlum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi. Ushbu ariza avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda bunday ariza vakildan olinadi.
115. Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
116. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
117. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun “Oʻzdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma);
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma);
qoldiq balans qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumotnoma;
avtomototransport vositasini taraflar oʻrtasidagi baholash dalolatnomasi;
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar shartnomani imzolashdan avval avtomototransport vositasi topshirilgan boʻlsa);
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa);
taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
118. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 117-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda baholovchi tashkilotning hisoboti va yuqori turuvchi tashkilotining ruxsati (agar yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlsa) ham talab qilinadi.
119. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini sotish bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 578-modda) talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
120. Notarius avtomototransport vositalari bilan bogʻliq boʻlgan qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlarni ham tasdiqlashlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9-§. Koʻchmas mulklarni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlash
121. Koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma shu mulk joylashgan hududdagi notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday shartnomani notarial tasdiqlash paytida notarius ipotekaga qoʻyilayotgan mulk ipotekaga qoʻyuvchi shaxsga tegishli ekanligini, uni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini, boshqa ipotekaga qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligini, qarzlari yoʻqligini, ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaxslarning huquq layoqatlarini, jismoniy shaxslarning shaxsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
122. Koʻchmas mulk, shu jumladan, binolar, inshootlar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek uylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda koʻchmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin.
123. Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar:
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining koʻchmas mulk ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qoʻllaniladi.
124. Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qoʻyilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi oʻz ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qoʻyishi mumkin.
125. Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchidan quyidagilarni talab qiladi:
ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (xususiylashtirilgan ipoteka narsasi uchun mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi), oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma, mulk huquqi yoki merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan notarial tasdiqlangan boshqa bitimlar);
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi va kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
Keyingi tahrirga qarang.
arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi koʻchmas mulkning buzilishi yoki buzilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy roʻyxatga olingan shaxslar toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
garov mulkini sugʻurta etilganligi haqidagi guvohnoma (sugʻurta polisi) va (yoki) sugʻurta shartnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar);
ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi;
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qoʻyilganda, shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy roʻyxatga olingan va xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
Keyingi tahrirga qarang.
agarda ipotekaga qoʻyilayotgan turar joyda doimiy roʻyxatga olingan shaxslar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan boʻlsa, tegishlicha ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligi;
Keyingi tahrirga qarang.
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari, shuningdek vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjati (ishonchnoma);
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka narsasi ashyoviy huquq boʻlgan (xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va hokazo) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
davlat boji (tarif boʻyicha haq) toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlardan:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
kadastr hujjatlari yigʻmajildining nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasining nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
asosiy majburiyat toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasi;
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchilarning taʼsis hujjatlarining nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxalari qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlariga muvofiq notarius tomonidan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
126. Ipoteka shartnomasini tasdiqlashda davlat boji (tarif boʻyicha haq) shartnoma summasidan, yaʼni ipotekaga qoʻyilayotgan narsaning bahosidan olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
127. Ipoteka shartnomalarini tasdiqlashda davlat notariusi ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyadi.
Xususiy notarius ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyishni soʻrab davlat notariusiga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
128. Ipoteka shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qoʻyuvchi haqidagi toʻliq maʼlumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar;
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk ipotekaga qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar ipoteka narsasi ipotekaga qoʻyuvchiga ijara huquqi asosida tegishli boʻlsa, ijara muddati;
ipoteka narsasi kim tomonidan baholanganligi haqidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
majburiyat koʻrsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;
ipoteka narsasi sugʻurta qilinganligi haqidagi maʼlumot va sugʻurta polisining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka narsasining navbatdagi ipotekaga qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligi, boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi, ipotekaga qoʻyuvchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ipoteka narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi olinganligi haqida maʼlumot;
shartnomani notarial tasdiqlash uchun ipotekaga oluvchi yoki ipotekaga qoʻyuvchi zimmasiga qoʻyilgan xarajatlar;
ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchilarning huquq va majburiyatlari;
shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida maʼlumot;
shartnoma nusxalarining soni, tomonlarga berilganligi, shuningdek notarial idorada nusxa qolganligi haqida maʼlumot;
notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;
taraflar kelishuvga erishgan boshqa maʼlumotlar.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi maʼlumot ham ushbu shartnoma matnida koʻrsatib oʻtilishi lozim.
129. Notarius tomonidan tasdiqlanadigan ipoteka shartnomasi maxsus reyestrda roʻyxatga olinadi.
130. Notarial idorada ipoteka shartnomalarini hisobga olish uchun alifbo kitobi yuritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
131. Ipoteka narsasini almashtirish zaruriyati tugʻilgan hollarda, ipoteka narsasi ipotekaga oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius ipotekaga oluvchining ipoteka narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasi asosida ipoteka narsasini almashtirish toʻgʻrisida bitimni tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida ham bitim tuziladi.
Ipoteka shartnomasi boʻyicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida bitim tuzish uchun sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi, asosiy majburiyat toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish haqida ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha bitim talab etiladi. Ushbu hujjatlar ipoteka shartnomasiga qoʻshib tikiladi. Bu haqda reyestrga va alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
132. Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas. Qonun hujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ham ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
10-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
133. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
ijaraga berilayotgan mulk davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, uning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
134. Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
135. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng koʻp (oxirgi) muddatlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat oʻtishi bilan shartnoma bekor boʻladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-§. Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
136. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulkning ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi va Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Keyingi tahrirga qarang.
ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy roʻyxatda turuvchi shaxslar haqida fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki uy daftaridan koʻchirma hamda doimiy roʻyxatga olingan shaxslarning roziligi;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan koʻchmas mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma va ularning roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
137. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalarni) ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;
vakilga berilgan ishonchnoma;
yuridik shaxs vakolatli organlarining koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar shartnomani imzolashdan avval ijara obyekti topshirilgan boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12-§. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash
138. Korxonani ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga oʻtkazishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Ijaraga beruvchi oʻz qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga oʻtkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi boʻlmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birortasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga oʻtkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial tasdiqlanishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
139. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash paytida notarius ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining shartnomani tuzishga vakolati bor yoki yoʻqligini tekshiradi.
Notarius tomonidan Fuqarolik kodeksining 579—586-moddalari mazmuni, shuningdek korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.
140. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda quyidagilar talab qilinadi:
ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
vakilning vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxonaning inventarizatsiya dalolatnomasi;
korxonaning ijara haqi miqdorini belgilovchi dalolatnoma;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan korxonani topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
ijaraga beruvchining kreditorlik qarzlari va kreditorlari haqida maʼlumot;
kreditorlarga berilgan xabarnoma va ularning roziligi;
korxonaning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan korxona bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
141. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-§. Lizing shartnomasini tasdiqlash
142. Lizing — moliya ijarasining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi.
143. Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra yoki mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u boʻyicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.
144. Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. Lizing oluvchi lizing obyektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.
145. Davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
146. Lizing beruvchi va lizing oluvchi oʻrtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilganda, notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
lizing beruvchi va lizing oluvchining taʼsis hujjati;
lizing oluvchi va lizing beruvchining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) toʻgʻrisidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
lizing obyektini sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjat;
sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi (agar lizing obyekti lizing shartnomasi notarial tasdiqlangunga qadar sugʻurtalangan boʻlsa);
Keyingi tahrirga qarang.
vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma);
lizing obyektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);
lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak).
Keyingi tahrirga qarang.
147. Lizing shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
lizing obyektining tavsifi (lizing obyektining miqdori, sifati, roʻyxati, qiymati va boshqalar);
lizing toʻlovlarining umumiy summasi, yaʼni shartnoma bahosi;
lizing beruvchi va lizing oluvchi haqidagi toʻliq maʼlumotlar;
sotuvchi haqida maʼlumot;
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bogʻliq majburiyatlari;
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va taʼmirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
shartnomaning amal qilish muddati;
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul taraf.
Lizing obyekti avtomototransport vositasi boʻlganda, shartnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda shartnoma notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerakligi koʻrsatilishi lozim. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
lizing obyektini lizing oluvchining mulk huquqiga oʻtkazish yoki sotib olish tartibi va muddatlari;
lizing shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;
lizing obyektini sugʻurta qilish;
fors-major holatlar;
agar qoʻshimcha xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanish imkoniyati boʻlmasa, lizing beruvchi tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishi tartibi;
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
lizing obyektini lizing oluvchining roziligi bilan lizing beruvchi tomonidan keyinchalik garovga (ipotekaga) qoʻyish;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal etish tartibi.
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
148. Lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli boʻladi.
149. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi oʻrtasida tuzilib, unga koʻra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirigʻiga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun oʻz mulki qilib oladi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
150. Avtomototransport vositalarining lizing shartnomasini rasmiylashtirishda notarius ushbu avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
151. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalarining lizing shartnomasi qatʼiy hisobda turuvchi maxsus gerbli (maxsus) blankalarda tuzilib tasdiqlanishi lozim. Bunda lizing shartnomasining tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi shart.
Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositasining lizing shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undiriladi.
14-§. Renta shartnomasini tasdiqlash
152. Fuqarolik kodeksining 512-moddasiga asosan renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) koʻchmas yoki koʻchar mol-mulkni boshqa tarafga (renta toʻlovchiga) beradi, renta toʻlovchi esa olingan mol-mulk oʻrniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablagʻ berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot boʻlgan muddat mobaynida toʻlash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yoʻl qoʻyiladi. Umrbod renta fuqaroni oʻz qaramogʻiga olgan holda umrbod taʼminlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
153. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi lozim. Bunda ushbu koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlov bor yoki yoʻqligi tekshirilishi lozim.
Renta shartnomasi koʻchmas mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi. Koʻchar mulk renta shartnomasini tasdiqlash joyi taraflarning xohishiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
154. Renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta toʻlovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini toʻlash boʻyicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi, basharti Fuqarolik kodeksining 32-bobi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
155. Renta toʻlash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulk berilganida, renta oluvchi renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishini taʼminlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi. Bu holda renta shartnomasi boʻyicha renta toʻlovchi tomonidan renta oluvchiga renta toʻlovini vaqti-vaqti bilan toʻlash majburiyati koʻrsatilgan boʻlsa, renta toʻlovchi tomonidan majburiyati toʻliq bajarilgunga qadar notarius ushbu koʻchmas mulkka taqiq qoʻyadi.
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa koʻchar mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sugʻurtalashga majbur boʻladi.
156. Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun renta toʻlovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlaydi.
157. Doimiy rentani faqat fuqarolar va tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar olishlari mumkin, basharti, bu hol qonun hujjatlariga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos boʻlsa.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta shartnomasi boʻyicha renta oluvchining huquqlari ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yoʻli bilan topshirilishi va vorislik boʻyicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda, boshqa shaxslarga oʻtishi mumkin.
158. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi oʻzgarsa, toʻlanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda oʻzgaradi.
Agar shartnomada taraflar toʻlov vaqtlarini belgilamasalar (masalan, har oyda yoki har yilda bir marotaba), doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan toʻlanadi.
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan toʻlovchining doimiy rentani sotib olishga boʻlgan huquqi va renta oluvchining doimiy renta toʻlovini talab qilishga boʻlgan huquqi tushuntiriladi.
159. Doimiy haq toʻlanadigan rentaning bahosini shartnomada taraflar belgilaydilar.
Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmasa, sotib olish yillik renta toʻlovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.
Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmaganda, sotib olish bahosiga yillik renta toʻlovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning Fuqarolik kodeksi 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius doimiy renta toʻlash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi renta toʻlovchi zimmasida boʻlishini tushuntiradi.
160. Umrbod rentani oluvchilar boʻlib mulkni renta toʻlovi evaziga topshirayotgan fuqaro tomonidan shartnomada koʻrsatilgan bir yoki bir necha shaxs hisoblanishi mumkin. Agar renta oluvchilar bir nechta fuqaro boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak, Fuqarolik kodeksining 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
Agar umrbod renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan toʻlanadi.
Umrbod renta shartnomasini tasdiqlashda notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 525—529-moddalari talablarini tushuntiradi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.
Mulk huquqining kelgusida renta toʻlovchiga oʻtishini nazarda tutuvchi renta shartnomasini tasdiqlash paytida notarius bunday mulkni oldi-sotdi shartnomasi uchun talab qilinadigan zarur hujjatlarni talab qiladi.
15-§. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash
161. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida obyektlar, qimmatli qogʻozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
162. Koʻchmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Koʻchmas mulkka mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.
163. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash shu mol-mulk joylashgan hududdagi notarial idora tomonidan amalga oshiriladi. Bunda koʻchmas mulkning ushbu mulk boshqaruvning muassisiga tegishliligi, shu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
164. Taqiq va xatlov mavjud boʻlgan hollarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi faqat kreditor rozi boʻlgan taqdirdagina tasdiqlanadi. Taqiq hamda xatlov sud va tergov organlari tomonidan qoʻyilgan taqdirda, shartnoma taqiq va xatlov olib tashlangandan soʻng rasmiylashtiriladi.
165. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda Fuqarolik kodeksining 850—852-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlar talab etiladi.
166. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
shartnoma boʻyicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk roʻyxati;
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
agar haq toʻlash shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haqning miqdori va shakli.
Shartnomada yuqorida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
167. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng koʻp muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda notarius Fuqarolik kodeksining 849 — 861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish obyektiga qarab shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligini, roʻyxatdan oʻtkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida koʻrsatiladi.
16-§. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash
168. Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotganda (sud tartibida, ixtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriladi va ular oʻrtasida taqsimlanadi.
169. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi toʻgʻrisidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat;
muassislar (ishtirokchilar)ning ustav fondidagi (kapitalidagi) hissalari shakllanganligi haqidagi maʼlumotnoma (guvohnoma);
debitor va kreditorlar roʻyxati;
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv maʼlumotnomasi;
tugatuvchining yuridik shaxsning tugatilishi haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga berilgan eʼlon nusxasi;
oxirgi moliyaviy hisobot yiliga boʻlgan buxgalteriya balansi;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
taqsimlanayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
taqsimlanayotgan mol-mulk koʻchmas mulk boʻlganda, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
shartnoma narsasi koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi boʻlganda, mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi toʻgʻrisidagi tegishli davlat notarial idorasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
mol-mulkning inventarizatsiya dalolatnomasi;
tugatilayotgan yuridik shaxsning oraliq tugatish balansi;
tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish balansi;
tugatilayotgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlangan mol-mulkning topshirish va qabul qilish dalolatnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash
170. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
171. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi boʻyicha xohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.
Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini taʼminlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Lozim boʻlsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.
172. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz olgan shaxs tomonidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga koʻra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish toʻgʻrisidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76—80-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 19-modda) muvofiq ijro xatini yozadi.
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Fuqarolik kodeksining 734-moddasida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
18-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
173. Fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yozilishi shart.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablarini koʻrsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin. Bunday holatda, notarius Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
174. Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs;
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosxoʻrlari;
toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;
savodsiz boʻlgan shaxslar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaxslar;
yolgʻon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
175. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
176. Vasiyat qiluvchining xohishiga koʻra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan ogʻzaki soʻraydi va tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy roʻyxatga olingan manzilni koʻrsatgan holda xatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yigʻmajildda saqlanadi.
177. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.
Notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu xususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Vasiyat qiluvchi oʻzida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida bu nusxaga ham yozib qoʻyiladi.
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq xohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani Qonunning 73-moddasiga amal qilgan holda vasiyatnoma tasdiqlangan yoki u saqlanayotgan notarial idoraga topshiradi.
178. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning bittadan nusxasi vasiyat qiluvchi doimiy roʻyxatga olingan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Ushbu vasiyatnoma vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat notariusi saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib koʻrishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
179. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida koʻrsatib oʻtishi lozim.
Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga oʻzgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlar vasiyat qiluvchining doimiy roʻyxatga olingan joydagi meros rasmiylashtiriladigan davlat notarial idorasiga oʻn kun muddatda yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu maʼlumotlarni olgan davlat notariusi ularni vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash
180. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
181. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan oʻz xususiyatiga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
182. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Bu holda, notarius yuridik shaxsning ustavini (nizomini) tekshiradi.
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.
183. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.
184. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchining soʻzlariga asosan yozilgan hollarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonchnoma beruvchi masʼuldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qoʻyiladi.
185. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy roʻyxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
186. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi koʻrsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bogʻliq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini koʻrsatishi shart.
187. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlangan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, bitimning birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
188. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
189. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalarni tasdiqlash avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Taqiq va xatlovning yoʻqligi haqidagi maʼlumot besh kun muddatda amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
190. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Notarius tomonidan mazkur ishonchnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu ishonchnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
191. Ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi.
192. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undiriladi.
193. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
194. Notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlash paytida ishonchnoma beruvchi eri yoki xotinining mulkni tasarruf etishga roziligi haqidagi arizasi olinib, imzosi shahodatlantiriladi.
Agar er yoki xotin ishonchnoma tasdiqlanayotgan vaqtda notarial idoraga kelmagan hollarda ishonchnoma matnida Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida va tasdiqlovchi yozuvda esa ishonchnoma beruvchining nikohdan oʻtganlik holatini koʻrsatib oʻtishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
195. Agar koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnoma berayotgan fuqaroning eri yoki xotini yoʻq boʻlsa (beva boʻlsa yoki boʻydoq), bu haqda notariusga yozma ariza taqdim etadi. Bunda, fuqaroning eri (xotini) yoʻqligi (boʻydoq, beva ekanligi) notarius tomonidan aniqlanadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi.
196. Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini ishonchnoma matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
197. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, ishonchnomani tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
198. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
199. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.
200. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos boʻlgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
201. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs oʻz vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʻlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin.
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
202. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy roʻyxatga olingan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, taʼmirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq koʻrsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaxs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi koʻrsatib oʻtiladi. Notarial idorada qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma boʻyicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qoʻyiladi. Asosiy ishonchnomaning nusxasi notarial idorada qoldiriladigan oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qoʻshib tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
203. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qoʻyiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yigʻma jildga tikib qoʻyiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
204. Koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda, notarius uning bekor qilinganligi haqida mulk roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga (ishonchnoma boʻyicha toʻliq maʼlumotlar bilan) zudlik bilan xabar berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasi notariuslarning xabarnomalari asosida taqiq va xatlov bazasiga mol-mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnoma bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotni (bekor boʻlgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) kiritishi shart.
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi toʻgʻrisidagi notariuslarga beriladigan tegishli maʼlumotlarda, agar ushbu mol-mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomani bekor qilinganligi haqida maʼlumot boʻlsa, bu haqdagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
20-§. Meros mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish
205. Qonunning 52-moddasiga muvofiq meros ochilgan joydagi davlat notariusi, basharti qonun boʻyicha merosxoʻrlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar boʻlmasa yoki nomaʼlum boʻlsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini soʻrab davlat notariusiga murojaat etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
206. Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda unga murojaat etilgan kundan boshlab uch kun ichida meros mol-mulk joylashgan hududdagi davlat notariusiga yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yigʻinining raisiga (oqsoqoliga) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi.
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish haqida topshiriq olgan davlat notariusi yoki fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) topshiriq olgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
207. Meros mol-mulkini qoʻriqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qoʻriqlanishini taʼminlovchi quyidagi chora-tadbirlarni koʻradi:
meros ochilgan joyini aniqlaydi;
yashash joyi maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkni roʻyxatga olinishi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
oʻlim faktini tasdiqlash uchun oʻlim haqidagi guvohnomani yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi;
meros mol-mulkni qoʻriqlashga dastlabki chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmaganligini, agar koʻrilgan boʻlsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan koʻrilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
meros boʻlib qolgan mol-mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisida merosxoʻrlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
208. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar oʻz xohishlari bilan roʻyxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, notarius ushbu mol-mulkni roʻyxatga oladi.
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni roʻyxatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik toʻgʻrisida dalolatnomani tuzadi va merosxoʻrlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan daʼvo bilan sudga murojaat etish yoki daʼvoni taʼminlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish huquqlarini tushuntiradi.
Agar roʻyxatga olish uchun joyiga chiqilganda, roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk mavjud boʻlmasa va merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan boʻlsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi toʻgʻrisida yoki mol-mulk olib ketilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxoʻrlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
209. Roʻyxatga olish dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
meros mol-mulk toʻgʻrisidagi xabar yoki uni qoʻriqlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
roʻyxatga olish sanasi, roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
roʻyxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
qayd etilgan barcha predmetlarning batafsil tavsifi.
210. Roʻyxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxoʻrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga koʻra roʻyxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv boʻlmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Agar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
211. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, bino va inshootlar ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasi tomonidan, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
212. Roʻyxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, roʻyxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Roʻyxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Qoʻshnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga daʼvo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Roʻyxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarga, uchinchisi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxoʻrlarga beriladi.
213. Meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha notarial harakatni roʻyxatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
214. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablagʻlari merosxoʻrlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mulkini davlat foydasiga oʻtish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisobraqamiga topshiriladi.
215. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan toʻlov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qogʻozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida roʻyxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va roʻyxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxoʻrlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mol-mulki davlatga oʻtish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli depozitariylarda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Eng kam ish haqining oʻn baravaridan kam boʻlgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
Roʻyxatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) tegishli bankka saqlash uchun topshirishdan oldin notarius notarial idorada olib boriladigan qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni roʻyxatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning roʻyxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
216. Agar roʻyxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega boʻlmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud boʻlsa, merosxoʻrlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxoʻrlar boʻlmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
217. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosxoʻrlarga, ular boʻlmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
218. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni koʻrsatiladi.
219. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli boʻlgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari roʻyxatga olinadi va merosxoʻrlarga saqlash uchun beriladi. Merosxoʻrlar boʻlmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
220. Marhumning mol-mulki tarkibida boʻlgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltigʻi va portlovchi moddalar maxsus roʻyxat boʻyicha ichki ishlar organlariga topshiriladi.
221. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan orden, medallar, faxriy unvonlar, koʻkrak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash toʻgʻrisidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila aʼzolarida qoldiriladi yoki merosxoʻrlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
222. Mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus toʻplamlari, qimmatbaho toʻplamlar kiritiladi.
223. Merosxoʻrlar oʻrtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga kiritilishi toʻgʻrisida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
224. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) roʻyxatga olinishi shart.
225. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qoʻlyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud boʻlsa, ushbu hujjatlar alohida roʻyxatga olinib, merosxoʻrlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxoʻrlar mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat notariusi ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
226. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda, davlat notariusi meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Davlat notariusi Fuqarolik kodeksiga koʻra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
227. Davlat notariusi meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga oʻtkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari toʻgʻrisida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
228. Davlat notariuslari merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulk hisobidan meros mol-mulk bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
229. Agar shaxs notarial idoraga dafn etish boʻyicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxoʻrlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish toʻgʻrisida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) boʻlsa va ular xarajatlarni toʻlashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida merosxoʻrlarga nisbatan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun davlat notariusi dafn tashkil qilish boʻyicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining maʼlumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxoʻrlarni chaqirish boʻyicha eʼlonlarning nashr etilganligi uchun toʻlov qogʻozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
230. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar.
Meros ochilgan joy boʻyicha davlat notariusi meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qatʼi nazar, davlat notariusi tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza toʻgʻrisida davlat notariusi vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxoʻrlarni xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21-§. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish
231. Meros ochilgan joydagi davlat notariusi merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi.
Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar notariuslar yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tegishli tartibda shahodatlantirilgan boʻlishi lozim.
Merosxoʻr shaxsan oʻzi meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, uning imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxoʻrning shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan boʻlsa, merosxoʻrning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan boʻlsa ham ariza davlat notariusi tomonidan qabul qilinadi, merosxoʻrga esa arizani notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki davlat notarial idorasiga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
232. Merosxoʻr oʻzining vorislikka chaqirilganini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab olti oy ichida merosdan voz kechishga haqli. Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda, bu muddat sud tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan boʻlsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
233. Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli. Bu holda merosdan voz kechishga qonunda belgilangan muddatda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʼi nazar, voz kechishga haqli.
Merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
234. Merosxoʻr merosdan voz kechish uchun oʻziga berilgan muddat oʻtganidan keyin bunday huquqni yoʻqotadi. Agar merosxoʻr meros qoldirilgan mol-mulkni egallashga amalda kirishgan yoki uni tasarruf etgan yoxud oʻzining ana shu mol-mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni olish uchun murojaat etgan boʻlsa ham merosdan voz kechish huquqini koʻrsatilgan muddat oʻtmasidanoq yoʻqotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
235. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishni soʻrab davlat notarial idorasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qoʻyiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
236. Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining vafot etgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb eʼlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxoʻrlari vorislikka chaqiriladilar. Bu holda ularning har biridan keyin alohida meros ishi ochiladi.
237. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.
Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxoʻrlar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
238. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmasa yoki merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan eʼtiboran bir yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga oʻtadi.
239. Davlat notariusi qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish paytida meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joyi va vaqtini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
240. Meros qoldiruvchining vafot etganligi va meros ochilgan vaqt meros qoldiruvchining oʻlimi haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
241. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi hisoblanadi.
Merosning ochilish joyi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maʼlumotnomalari asosida tasdiqlanadi.
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi. Merosxoʻrlarda ushbu hujjatlar mavjud boʻlmaganda, davlat notariusi merosning ochilish joyini aniqlash toʻgʻrisida sud hujjati nusxasini talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
242. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy boʻyicha notarial idoraga murojaat etgan merosxoʻrlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi boʻyicha beriladi.
243. Meros tarkibi meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
244. Meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatlari tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tugʻilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
245. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan oʻtgan boʻlsa ham u meros olishga chaqiriladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda boʻlgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxoʻr deb hisoblanmaydilar.
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun boʻyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tugʻishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Qonun boʻyicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxoʻrlar boʻlmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega boʻladi.
246. Oʻzini meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb hisoblayotgan shaxs merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berilishini soʻrab murojaat etsa, notarius uni meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil meros qoldiruvchining qaramogʻida turganligi, shuningdek meros ochilgan kunda mehnatga layoqatsiz ekanligini tekshirishi lozim.
Meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.
Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi boʻyicha tekshiriladi.
247. Agar qonun boʻyicha bir yoki bir nechta merosxoʻrlar ularni meros olishga chaqirish uchun asos boʻladigan qarindoshlik yoki boshqa munosabatlar isbotini keltirish imkoniyatidan mahrum boʻlishsa, bunda ular meros qabul qilgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan barcha merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) yozma roziligi bilan merosxoʻrlar tarkibiga kiritilishlari mumkin. Bu rozilik yozma ariza koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Merosxoʻrlar shaxsan oʻzlari meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxoʻrlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ushbu ariza notarius yoki shahar (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
248. Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish paytida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning mavjudligini, merosning ochilgan vaqti va joyini, meros mol-mulkining tarkibi va u joylashgan joyini, merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning bekor qilinmaganligi tekshiriladi. Vasiyatnomada uning bekor qilinmaganligi haqida belgi qoʻyilganligidan qatʼi nazar, notariusda shubha tugʻilgan taqdirda, vasiyatnomaning bekor qilinmaganligi qayta tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
249. Omonatni bank muassasalariga qoʻygan omonatchi oʻzining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaxslarga berish yoki davlatga oʻtkazish haqida vasiyat qoldirgan boʻlsa va bu omonat Fuqarolik kodeksining 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina oʻzining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.
Banklarda saqlanayotgan omonatga vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishda Fuqarolik kodeksining 1142-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
250. Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qatʼi nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
251. Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz boʻlishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtadi.
252. Agar vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar majburiy ulushga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini oʻn kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Agar vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxoʻrlarning xohishi boʻyicha) merosxoʻrlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini koʻrsatib oʻtishi zarur boʻlsa, davlat notariusi ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
253. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berishda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati davlat notarial idorasida qoldiriladi.
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻtadigan merosxoʻrga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi.
254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa koʻchmas mol-mulk kirsa, davlat notariusi meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasini talab qiladi, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan joyi boʻyicha davlat notarial idora tomonidan ushbu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
255. Agar meros tarkibiga kiradigan korxonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosxoʻrlari kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosxoʻrlarga tegishli boʻlgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.
256. Meros mol-mulki tarkibida avtomototransport vositalari mavjud boʻlsa, davlat notariusi meros qoldiruvchiga ushbu avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni tekshiradi va uning nusxasini meros ishiga tikib qoʻyadi. Ushbu avtomototransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshirish Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 253-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
257. Agar meros mulki tarkibiga ov miltigʻi kirsa, bunda notarius ichki ishlar organlari tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxoʻrdan talab qiladi.
258. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar kiradi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi tegishli depozitariylardan olingan depo hisobvaragʻining koʻchirmasiga asosan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qogʻozlar turi sifatida aksiyalar balki toʻliq shirkat, kommandit shirkat, qoʻshimcha masʼuliyatli yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi aʼzosining (ishtirokchi, hissa qoʻshuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (aʼzoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning taʼsis hujjatlari yoki bu haqda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxoʻrlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa, notarius koʻrsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda koʻmak berishi lozim. Merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan keyin ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
259. Fermer xoʻjaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xoʻjaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot qilgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxoʻri ega boʻladi.
260. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qogʻozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qogʻozlarga nisbatan esa tashkilotning qimmatli qogʻozlarining maxsus reyestr yurituvchisi — depozitariyning maʼlumotnomasini talab qiladi. Omonat daftarchalari nusxalari va maʼlumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
261. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qoʻyilgan boʻlsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish toʻxtatib turiladi.
262. Koʻchmas mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada, u joylashgan manzil boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida, avtomototransport vositalariga nisbatan esa DYHXX organlarida oʻn kun muddat ichida davlat roʻyxatidan oʻtishi lozimligi matnda koʻrsatiladi hamda notarius tomonidan tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
263. Merosxoʻrlarning xohishiga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning hammasiga bitta beriladi.
264. Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxoʻrlarning doimiy roʻyxatga olingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
265. Maʼlum meros mulkiga yoki meros mulkining maʼlum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganda, kelgusida avvalgi guvohnomada koʻrsatilmagan boshqa meros mulklariga yoki meros mulkining maʼlum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi qoʻshimcha guvohnomalar beriladi.
266. Boshqa mulkka qoʻshimcha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish holatida ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxoʻrlar kelganida, ular ham meros qabul qilgan merosxoʻrlarning yozma ravishdagi roziligi bilan qoʻshimcha mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishlari mumkin.
267. Baʼzi bir merosxoʻrlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori koʻrsatiladi.
268. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat boʻlgan hollarda, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosxoʻrlarning talabiga va ularning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlariga muvofiq notarius ular oʻrtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini boʻlish sud tartibida amalga oshiriladi.
269. Davlat notarial idorasida meros ishlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.
270. Meros ishlarini hisobga olish kitobida quyidagilar qayd etiladi:
merosni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalarni berish hamda meros mulki hisobiga xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisidagi farmoyishlar;
merosdan voz kechish haqidagi arizalar;
kreditorlarning daʼvolari;
meros mol-mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi arizalar (shu mulkni saqlash uchun qabul qilingan choralar).
Qayd etilgan arizalar asosida vafot etgan shaxsning nomiga meros ishi ochiladi. Shundan keyingi barcha arizalar (qoʻshimcha arizalar, boshqa merosxoʻrlar va kreditorlardan olingan arizalar) ham meros ishlarini hisobga olish kitobida qayd etiladi. Barcha arizalarda ular olingan vaqt va meros ishining raqami koʻrsatiladi.
Meros ishiga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va unga taalluqli barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
22-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
271. Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Uy-joyga (uy-joyning bir qismiga), kvartiraga, dala hovliga, bogʻ hovliga, garajga, shuningdek boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma shu mol-mulklar joylashgan yerdagi notarius tomonidan beriladi.
272. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
273. Ulushiga guvohnoma berilayotgan mulkning tarkibiga koʻchmas mulk, avtomototransport vositalari va maxsus hisobda turadigan (roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan) boshqa mulk kirgan taqdirda, notarius ushbu mulk er-xotinning umumiy mulki ekanligini tekshiradi.
Koʻchmas mulkka va (yoki) avtomototransport vositalariga mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish paytida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi va (yoki) transport vositasining qayd etish guvohnomasi talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
274. Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berganligi haqida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga yozib qoʻyadi.
275. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Xabarnomada er-xotinning ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilishi soʻralayotgan umumiy mulk koʻrsatiladi, mazkur shaxsning mulk talab qilishi boshqa merosxoʻr tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxoʻrlar notarial idoraga kelganlarida esa davlat notariusi ularni oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi. Boshqa merosxoʻrlar oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning arizasiga rozi boʻlsalar, bu haqda shu arizaga imzo qoʻyadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
276. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida mol-mulkning toʻliq tavsifi koʻrsatiladi.
277. Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar orasida voyaga yetmaganlar boʻlgan taqdirda, vafot etgan shaxsning eri yoki xotiniga umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma voyaga yetmaganlarning doimiy roʻyxatga olingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organining yozma roziligi bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
278. Er yoki xotinga ularning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish paytida ulardan birining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirma, uning vafot etgan shaxs bilan nikohda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat, er-xotin mulkni nikoh davomida orttirilganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
279. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga, avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida, DYHXX organlarida roʻyxatga olinishi haqida yozib qoʻyadi va tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
23-§. Koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash
280. Qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa koʻchmas mulk sotib olish yoki qayta taʼmirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini taʼminlash uchun koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududdagi davlat notariusi koʻchmas mulkka nisbatan taqiq qoʻyadi va bu haqda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga xabarnoma yuboradi. Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qoʻyilganligi haqida belgi qoʻyiladi va taqiqlar hisobini olib borilishi belgilangan davlat notarial idorasiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) maʼlumot yuboriladi.
Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) muvofiq ularga davlat notariusi tomonidan garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qoʻyiladi va bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qoʻyilib, u roʻyxatda turgan tegishli DYHXX organiga hamda taqiqlar hisobini olib borilishi belgilangan davlat notarial idorasiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) maʼlumot yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
281. Taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatini kechiktirish sharti bilan koʻchmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda, toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar bitimlarda koʻrsatilgan mulkka tegishli tartibda taqiq qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
282. Xususiy notariuslar tomonidan tasdiqlangan bitimlar boʻyicha kelib tushgan xabarnomalarga asosan xususiy notariuslar joylashgan hududdagi davlat notariuslari xabarnomalarda koʻrsatilgan tegishli mulklarga taqiq qoʻyadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
283. Davlat notarial idorasi ipoteka shartnomasi boʻyicha koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanganligi toʻgʻrisida koʻchmas mulk joylashgan yerdagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
284. Sud, tergov, prokuratura organlari, sud ijrochilari va davlat notariuslari tomonidan koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi toʻgʻrisidagi xabarlar taqiqlar va xatlovlarni roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi. Ushbu xabarlar alifbo kitobiga ham yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
285. Davlat notariuslari banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoxud garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi xabarni, shuningdek xususiy notariuslarning tegishli xabarnomalarini olganlaridan soʻng koʻchmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaxsga oʻtkazilishiga qoʻyilgan taqiqni olib tashlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqiq olib tashlanganligi haqida tegishli idoralarga xabar qilinadi, bu haqda alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi.
Davlat notariusi sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochisining taqiq va xatlovni olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan xabarnomalarini olgandan keyin bu haqda taqiqlar va xatlovlarni roʻyxatga olish kitobiga va alifbo kitobiga yozib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
286. Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini ushbu hujjatlar qonunga zid boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamda ularning nusxalari va ulardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan hollardagina shahodatlaydi.
287. Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
288. Matni noaniq boʻlgan, oʻchirilgan, qoʻshimcha soʻzlar yozilgan, hujjatga doir maʼlumotlar toʻliq yozilmagan hamda nazarda tutilmagan boshqa oʻzgartirishlar qilingan, lekin tegishli tartibda izoh berilmagan hujjatlarning nusxalari shahodatlanmaydi.
289. Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
290. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
291. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki koʻchirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
292. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki koʻchirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.
25-§. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
293. Notarius mazmuni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.
294. Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
295. Jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra oʻz qoʻli bilan imzo qoʻya olmaydigan shaxs uchun imzo qoʻygan shaxsning imzosini shahodatlash paytida notarius imzo qoʻygan shaxsning va imzo qoʻyishni iltimos qilgan shaxsning ham shaxsini aniqlaydi, ularning muomala layoqatini tekshiradi.
296. Tegishli davlat tashkilotlaridagina qayd etiladigan holatlar tasdiqlangan (masalan, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma) hujjatdagi imzoning haqiqiyligi notarius tomonidan shahodatlantirilishi mumkin emas. Bunday hujjatdagi imzoning haqiqiyligi, agar bu hujjat chet el davlati sudiga yoki boshqa idoralariga taqdim etish uchun moʻljallangan holdagina shahodatlantirilishi mumkin.
297. Yuridik shaxsning taʼsis hujjatidagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda, ularning ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida kiritilayotgan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkning tegishliligini tasdiqlovchi hujjat yoki taʼsis hujjati, vakil orqali rasmiylashtirilgan hollarda esa uning vakolati tekshiriladi va bu haqda notariusning tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
298. Banklarga taqdim qilinadigan kartochkalarda yuridik shaxs mansabdor shaxslarining va yakka tartibdagi tadbirkorning imzolari namunalarini shahodatlash paytida notariuslar ularning imzosi haqiqiyligini va imzo qoʻyish huquqi vakolatini tekshiradilar.
Vakolatlarning tasdigʻi sifatida quyidagilar taqdim etiladi:
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
bank kartochkasi va bittadan fotosurat.
Bank kartochkalaridagi imzolar haqiqiyligi shahodatlantirilganda bitta bankda bitta hisob raqami ochish uchun taqdim etiladigan bank kartochkalari uchun bitta reyestr raqami beriladi.
Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmagan shaxslarning bank kartochkasidagi imzolarining haqiqiyligini shahodatlash mumkin emas. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan (bankrot deb topilgandan) soʻng yuridik shaxsni tugatish komissiyasi tomonidan tayinlangan shaxsning (tugatuvchining) (sud boshqaruvchisining) bank kartochkasidagi imzosini haqiqiyligini tasdiqlashda yuqorida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek yagona hisobvaraqni ochish toʻgʻrisida bankka taqdim etilgan xatning nusxasi ham talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
299. Bank kartochkalaridagi yuridik shaxs mansabdor shaxsining va yakka tartibdagi tadbirkorning imzolarining haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash
300. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
301. Tarjima notariusga maʼlum boʻlgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus maʼlumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
302. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning toʻgʻriligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga koʻra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, yaʼni ikkala matn tik chiziq bilan boʻlingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa oʻng tomonda boʻlishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qoʻyiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga oʻzlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzo qoʻyadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qoʻyiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
303. Notarial harakat bajarilayotganda ayni vaqtda hujjatning tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, u holda notariusning tasdiqlovchi yozuvida ikkita notarial harakat amalga oshirilayotganligi koʻrsatiladi. Bunda, davlat boji (tarif boʻyicha haq) ikkita notarial harakat uchun undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
304. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
305. Notarius murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
28-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
306. Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
307. Notarius murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
29-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
308. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdigʻi sifatida guvohnoma beradi.
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
309. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qoʻyilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qoʻyilishi kerak.
30-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
310. Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
311. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaxsning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
312. Notariusga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq boʻlsa, varaqlari raqamlanib, ip oʻtkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yoʻq boʻlsa, notarius hujjatdan nusxa olib, uni notarial idoraning yigʻmajildlariga tikib qoʻyadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
313. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji (tarif boʻyicha haq) olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
31-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish
314. Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga olganligi haqida imzosi qoʻyilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalarni uzatish uchun texnik vositalardan foydalanishga ketgan xarajatlarni notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs toʻlaydi.
315. Notarius notarial harakatlar bilan bogʻliq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorga arizani topshirish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga arizani topshirish va hokazo) boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham topshirishi mumkin.
316. Arizalar notarial idoraga kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻyilib topshiriladi. Ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Ariza pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv xati bilan yuboriladi. Kuzatuv xatining notarial idorada qoladigan nusxasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan reyestrning raqami koʻrsatiladi va davlat boji (tarif boʻyicha haq) toʻlanganligi yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
317. Ariza bergan shaxsning iltimosiga koʻra unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
318. Guvohnomada arizaning mazmuni koʻrsatilishi lozim. Arizalar va guvohnomalar berilganligi haqida reyestrga yozib qoʻyiladi.
32-§. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
319. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
320. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.
321. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor oʻzi toʻlashi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni notariusning depozitiga qoʻyishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin boʻlmasa:
majburiyat bajarilishi lozim boʻlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs boʻlmasa;
kreditor muomalaga layoqatsiz boʻlsa va uning vakili boʻlmasa yoki vakil rozi boʻlmasa;
majburiyat boʻyicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yoʻqligi koʻrinib turgan boʻlsa, xususan, bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar oʻrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
kreditorning ijroni qabul qilishdan boʻyin tovlashi yoki u tomonidan boshqacha yoʻl bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
322. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni notariusning depozitiga qoʻyish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
323. Qonunning 74-moddasiga asosan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi notarius tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
koʻchmas mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — mol-mulk turgan joyda;
tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan boshqa majburiyatlari boʻyicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga maʼlum boʻlsa;
pul majburiyati boʻyicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs boʻlsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan boʻlsa, ijro etish joyi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.
324. Davlat notariuslari pul summalari va qimmatli qogʻozlarni hududiy adliya boshqarmasi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
Xususiy notarius qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankda depozit hisob raqami ochadi hamda pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
325. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari nusxasi;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
depozitariy tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy majlisning oʻtkazilishi haqida hamma taʼsischilar yoki barcha aksiyadorlarga yuborilgan xabarnomalar reyestri;
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (taʼsischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
326. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar, qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshiriladigan kreditorlarning roʻyxati;
barcha kreditorlarga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yuborilgan xabarnomalar va (yoki) kreditorlar tomonidan qabul qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
327. Notarius mazkur Yoʻriqnomaning 325 va 326-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
328. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
majburiyat qanday sabablarga koʻra bevosita bajarilmaganligi.
329. Arizalar ikki nusxada taqdim etiladi va bu haqda alohida yuritiladigan reyestr kitobiga har bir kreditor boʻyicha alohida yozuv kiritiladi.
330. Pul summalari boʻyicha qabul qilingan arizaning orqa tomoniga notarius pul summalarining qabul qilinganligi haqida tasdiqlovchi yozuvni yozadi.
Depozitga qimmatli qogʻozlar qabul qilinganda arizaning orqa tomoniga qimmatli qogʻozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
331. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilishda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji (tarif boʻyicha haq) undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
332. Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar olinganligi toʻgʻrisida kreditorni xabardor qiladi.
Qarzdor kreditorning manzilini koʻrsatmasa va bu manzil notariusga maʼlum boʻlmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning oʻziga yuklatilishi toʻgʻrisida notarius ogohlantiradi.
333. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
334. Pul summalari va qimmatli qogʻozlar notarial idoraga pochta orqali yoki kredit tashkilotidan kelgan taqdirda, tushgan summadan tegishli davlat boji (tarif boʻyicha haq) ushlab qolinganidan keyin qolgan summa depozitga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
335. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida notariusning xabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Vakil orqali murojaat qilinganda esa vakilning vakolati tekshiriladi.
336. Davlat notariusi kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya boshqarmasiga kreditorlarning roʻyxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish haqida xat yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
337. Hududiy adliya boshqarmasi davlat notariusining xati asosida pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasini yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
338. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
339. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar hududiy adliya boshqarmalarining va xususiy notariusning mulki hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
340. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
33-§. Ijro xatlarini yozish
341. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
342. Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
343. Ijro xati olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.
344. Ijro xati yozish mumkin boʻlgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
345. Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, lavozimi;
Keyingi tahrirga qarang.
undirib oluvchining nomi va manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
qarzdorning nomi va manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
Keyingi tahrirga qarang.
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan, toʻlanishi kerak boʻlgan penya va foizlar;
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
346. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy boʻlmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qoʻshib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
347. Bir xil shakldagi hujjatlar boʻyicha (masalan, bank qarzlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar va kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida notarial idorada qarzdorlarning roʻyxatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning toʻliq nomi va manzili, toʻlov muddatlari, ijro yozuvi boʻyicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
34-§. Vekselni protest qilish. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash
348. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hech qanday shart bilan bogʻlanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
349. Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
350. Toʻlanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel boʻyicha toʻlash vaqti oʻtgan kunning ertasiga topshiriladi.
351. Veksellarga toʻlanmaganlik toʻgʻrisidagi protest notariuslar tomonidan toʻlovchining turar joyi boʻyicha yoki toʻlov joyi boʻyicha (domitsillashtirilgan veksellar, yaʼni toʻlash uchun uchinchi shaxsning qoʻlida boʻlgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi koʻrsatilmagan aksept veksellarga protest esa toʻlovchi joyi boʻyicha solinadi.
352. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda toʻlovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni toʻlovchi shaxs) vekselni toʻlash yoki vekselni akseptlash toʻgʻrisidagi talabni qoʻyadi.
Agar toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlagan taqdirda notarius unga protest qoʻymay, vekselni uni toʻlagan shaxsga qaytaradi, vekselning oʻziga toʻlov va belgilangan forma boʻyicha tegishli boshqa summalar olinganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi.
Agar toʻlovchi oʻtkaziladigan vekselga aksept toʻgʻrisida belgi qoʻydirgan boʻlsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.
353. Toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoxud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va reyestrda tegishli yozuvni amalga oshiradi, shuningdek vekselning oʻziga u toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qoʻyadi.
354. Toʻlovchining qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan taqdirda vekselga toʻlov yoki aksept toʻgʻrisidagi talab qoʻyilmagan holda protest solinadi, yaʼni protest toʻgʻrisidagi dalolatnomaga va reyestrga tegishli belgi qoʻyiladi.
355. Protestlangan veksel vekselni saqlovchiga yoki unga vakolatli shaxsga beriladi.
356. Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
35-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
357. Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi.
Roʻyxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
358. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
359. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga koʻra qaytariladi.
36-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish
360. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
361. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
362. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan koʻchirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa notarial idorada qoldiriladi.
IV-bob. Chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi. Xalqaro shartnomalar
363. Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi.
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
364. Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
365. Davlat notariusi Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomalar, shu jumladan, meros mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan shartnoma tuzgan chet el davlatining fuqarosi vafot etganligi toʻgʻrisida xabar olgandan keyin (vafot etgan shaxsning mol-mulki Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasiga amal qilgan holda ana shu meros mol-mulkni qoʻriqlash yuzasidan zarur choralarni koʻradi. Notarius meros mol-mulkning miqdori va qiymatini belgilaydi, merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi, vasiyatnoma bor yoki yoʻqligini tekshiradi, vafot etgan fuqaro davlatining diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga bu haqda zudlik bilan xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
366. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mulk toʻgʻrisida ish yuritish vafot etgan shaxs fuqarosi boʻlgan chet el davlati muassasalarining vazifasiga kiritilgan boʻlsa, meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkni davlat notariuslari ana shu davlatning diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarining talablariga muvofiq ularga topshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
367. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlati qonunida koʻzda tutilgan shakl boʻyicha tuzilgan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi vafot etgandan keyin uni ochish va eʼlon qilish uchun notarial idoraga taqdim etilgan taqdirda davlat notariusi vasiyatnomaning mazmunini eʼlon qiladi, vasiyatnomaning holati va mazmuni toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada vasiyatnoma tuzilgan kun, taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning muhrlangan yoki ochiq holda taqdim etilganligi, unda oʻchirilgan joylar, tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar boʻlganligi yoki yoʻqligi koʻrsatib oʻtiladi. Bayonnoma davlat notariusi va vasiyatnomani taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ana shu shaxslar tomonidan vasiyatnomaning har bir varagʻiga imzo qoʻyiladi. Agar vasiyatnoma notariusda muhrlangan holda saqlanib kelgan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan barcha harakatlarni notariusning bir oʻzi bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
368. Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
369. Oʻzbekiston Respublikasi davlat notariuslari va xususiy notariuslar ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisida chet el adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Topshiriq quyidagi hollarda bajarilmaydi:
topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki davlat xavfsizligiga tahdid solsa;
topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralarining vakolat doirasiga kirmasa.
370. Chet el adliya organlarining ayrim notarial harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat notariuslari va xususiy notariuslar ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlar bilan chet el adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
371. Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralarining chet el adliya organlari bilan oʻzaro aloqalari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Notarial idoralarning chet el konsullik va diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
372. Davlat notariuslari chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan chet davlatlar organlarini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Dalillar bilan taʼminlash harakatlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
373. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish paytida xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
V-bob. Yakuniy qoida
374. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda, 20-son, 160-modda, 28-29-son, 245-modda, 42-43-son, 373-modda; 2011-y., 40-son, 439-modda; 2012-y., 21-son, 239-modda, 31-son, 360-modda; 2013-y., 40-son, 533-modda; 2014-y., 24-son, 294-modda; 2015-y., 10-son, 123-modda, 51-son, 636-modda; 2016-y., 50-son, 569-modda, 52-son, 606-modda; 2017-y., 14-son, 240-modda, 25-son, 566-modda, 34-son, 900-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)