Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.06.1998 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

1998 — 2000-YILLAR DAVRIDA ChORVAChILIK, PARRANDAChILIK VA BALIQChILIK UChUN OMIXTA EM IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRISh VA UNING SIFATINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning omixta yemga bo‘lgan ehtiyojini to‘liqroq ta’minlash va omixta yemning sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998 — 2000-yillarda omixta yem ishlab chiqarish yuzasidan “O‘zdonmahsulot” va “O‘zbaliq” davlat korporatsiyalariga beriladigan topshiriq 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozuqa ekinlariga ajratilgan yerlarga 2-ilovaga muvofiq asosiy ekin sifatida ekish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari o‘rib-yig‘ib olingandan keyin 3-ilovaga muvofiq takroriy ekish hisobiga don uchun makkajo‘xori ekish va makkajo‘xori yalpi doni hosiliga ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makkajo‘xoridan omixta yem ishlab chiqarish uchun foydalanish maqsadida yetishtirilgan mahsulotning 50 foizi darajasidagi miqdori “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan xarid qilinishi haqidagi topshiriq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin shartnoma narxlari bo‘yicha makkajo‘xori donini xarid qilish yuzasidan xo‘jaliklar bilan bir oy muddatda shartnomalar tuzsin, xarid qilinadigan mahsulot qiymatining 40 foizi miqdorida xo‘jaliklarga belgilangan tartibda avans berilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda xo‘jaliklar bilan oldindan tuzilgan shartnomalar asosida chatishtirilgan makkajo‘xori urug‘ini keltirish va urug‘likni 4-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha xo‘jaliklarga sotishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalarga va “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga, 5-ilovaga muvofiq korxonalarni omixta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish sharti bilan, aksiyalarning ikkinchi emissiyasi hisobiga xorijiy investorlarga va erkin aksiyalar paketlarini 1998-yilda strategik investorlarga sotishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovada ko‘rsatilgan korxonalar omixta yem ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, xomashyo va komponentlarni keltirishda bojdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi balanslarni ishlab chiqishda omixta yem ishlab chiqarish uchun “O‘zdonmahsulot” va “O‘zbaliq” davlat korporatsiyalariga komponentlar ajratilishini nazarda tutsin, “Yog‘moytamakisanoat” va “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmalari esa ularning 6-ilovaga muvofiq hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi ishlab chiqarishning spirtdan keyingi chiqindilarini (quyqalarini) bevosita joylardagi chorvachilik xo‘jaliklariga uzluksiz yetkazib bersinlar, “Qo‘qon” ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqiladigan quritilgan quyqaning barcha hajmini esa 7-ilovaga muvofiq miqdorda omixta yem ishlab chiqarish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga shartnomalar bo‘yicha yetkazib bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-yillarda omixta yem ishlab chiqarish yuzasidan “O‘zdonmahsulot” va “O‘zbaliq” davlat korporatsiyalariga berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ

Ishlab chiqarish‎ 1997-yil amalda‎ 1998-yil‎ 1999-yil‎ 2000-yil‎
Omixta yem — hammasi‎ 688,6‎ 900‎ 1200‎ 1500‎
“O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi‎ 684,0‎ 880‎ 1178‎ 1475‎
shu jumladan:‎
qoramollar uchun‎ 496‎ 640‎ 772‎ 921‎
qo‘y-echkilar uchun‎ —‎ 30‎ 30‎ 35‎
cho‘chqalar uchun‎ 10‎ 20‎ 30‎ 40‎
parrandalar uchun (donadorlashtirilgan)‎ 170‎ 180‎ 330‎ 454
baliqlar uchun (donadorlashtirilgan)‎ 8,0‎ 10‎ 16‎ 25‎
“O‘zbaliq” davlat korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgani (donadorlashtirilgan)‎ 4,6‎ 20‎ 22‎ 25‎

(ming tonna)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda asosiy maydonlarda don uchun makkajo‘xori ekish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZI

Viloyatlar‎‏

1998-yil‎‎

1999-yil‎‎

2000-yil‎‎‎

Ekin maydoni, ming gektar

Hosildorlik, gektariga sentner‎

Yalpi hosil, ming tonna

Ekin maydoni, ming gektar

Hosildorlik, gektariga sentner

Yalpi hosil, ming tonna

Ekin maydoni, ming gektar

Hosildorlik, gektar sentner

Yalpi hosil, ming tonna‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 36‎ 30‎ 108‎ 36‎ 35‎ 126‎ 36‎ 40‎ 144‎
Andijon‎ 2‎ 45‎ 9‎ 2‎ 47‎ 9,4‎ 2‎ 55‎ 11‎
Buxoro‎ 3‎ 35‎ 10,5‎ 3‎ 40‎ 12‎ 3‎ 45‎ 13,5‎
Jizzax‎ 6‎ 30‎ 18‎ 6‎ 35‎ 21‎ 6‎ 40‎ 24‎
Qashqadaryo‎ 7‎ 35‎ 24,5‎ 7‎ 38‎ 26,6‎ 7‎ 40‎ 28‎
Navoiy‎ 3‎ 35‎ 10,5‎ 3‎ 35‎ 10,5‎ 3‎ 40‎ 12‎
Namangan‎ 6‎ 45‎ 27‎ 6‎ 50‎ 30‎ 6‎ 55‎ 33‎
Samarqand‎ 7‎ 35‎ 24,5‎ 7‎ 40‎ 28‎ 7‎ 45‎ 31,5‎
Surxondaryo‎ 3‎ 40‎ 12‎ 3‎ 40‎ 12‎ 3‎ 45‎ 13,5‎
Sirdaryo‎ 5‎ 35‎ 17,5‎ 5‎ 35‎ 17,5‎ 5‎ 38‎ 19‎
Toshkent‎ 10‎ 45‎ 45‎ 10‎ 50‎ 50‎ 10‎ 55‎ 55‎
Farg‘ona‎ 4‎ 45‎ 18‎ 4‎ 50‎ 20‎ 4‎ 55‎ 22‎
Xorazm‎ 8‎ 43‎ 34,4‎ 8‎ 46‎ 36,8‎ 8‎ 54‎ 43,2‎

JAMI:

100 35,9 358,9 100 40 399,8 100 45 449,7
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 1) Makkajo‘xori urug‘i respublikaning o‘zida ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 50 foizi omixta yem ishlab chiqarish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalari tomonidan shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda asosiy maydonlarda don uchun makkajo‘xori takroriy ekish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Viloyatlar

1998-yil‎‎

1999-yil

2000-yil‎‎

Ekin maydoni, ming gektar

Hosildorlik, gektariga sentner

Yalpi hosil, ming tonna

Ekin maydoni, ming gektar

Hosildorlik, gektariga sentner

Yalpi hosil, ming tonna

Ekin maydoni, ming gektar

Hosildorlik, gektariga sentner

Yalpi hosil, ming tonna

Andijon‎ 2‎ 30‎ 6‎ 4‎ 30‎ 12‎ 8‎ 30‎ 24‎
Buxoro‎ 2‎ 23‎ 4,6‎ 4‎ 23‎ 9,2‎ 10‎ 23‎ 23‎
Jizzax‎ 2‎ 23‎ 4,6‎ 3‎ 23‎ 6,9‎ 6‎ 23‎ 13,8‎
Qashqadaryo‎ 4‎ 25‎ 10‎ 4‎ 25‎ 10‎ 10‎ 25‎ 25‎
Navoiy‎ 2‎ 23‎ 4,6‎ 3‎ 23‎ 6,9‎ 6‎ 23‎ 13,8‎
Namangan‎ 3‎ 30‎ 9‎ 4‎ 30‎ 12‎ 10‎ 30‎ 30‎
Samarqand‎ 3‎ 23‎ 6,9‎ 4‎ 23‎ 9,1‎ 10‎ 23‎ 23‎
Surxondaryo‎ 3‎ 25‎ 7,5‎ 4‎ 25‎ 10‎ 10‎ 25‎ 25‎
Sirdaryo‎ 3‎ 23‎ 6,9‎ 3‎ 23‎ 6,9‎ 6‎ 23‎ 13,8‎
Toshkent‎ 3‎ 30‎ 9‎ 3‎ 30‎ 9‎ 8‎ 30‎ 24‎
Farg‘ona‎ 3‎ 30‎ 9‎ 4‎ 30‎ 12‎ 10‎ 30‎ 30‎
JAMI: 30‎ 26 78,1 40 26‎ 104 94 26,1 245,4
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 50 foizi omixta yem ishlab chiqarish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalari tomonidan shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda duragay makkajo‘xori urug‘larini keltirish va ularni takror ekish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIG‘I

Viloyatlar 1998-yil 1999-yil 2000-yil
Andijon‎ 80‎ 160‎ 320‎
Buxoro‎ 80‎ 160‎ 400‎
Jizzax‎ 80‎ 120‎ 240‎
Qashqadaryo‎ 160‎ 160‎ 400‎
Navoiy‎ 80‎ 120‎ 240‎
Namangan‎ 120‎ 160‎ 400‎
Samarqand‎ 120‎ 160‎ 400‎
Surxondaryo‎ 120‎ 160‎ 400‎
Sirdaryo‎ 120‎ 120‎ 240‎
Toshkent‎ 120‎ 120‎ 320‎
Farg‘ona‎ 120‎ 160‎ 400‎
JAMI: 1200* 1600* 3760*

tonna

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Soya va paxta shrotini eksportga sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga, shuningdek “O‘zdonmahsulot”ning o‘z mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga omixta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilishi kerak bo‘lgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI

“Osiyo-Afrosiyob” aksiyadorlik jamiyati, Samarqand shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpoq don mahsulotlari” non ishlab chiqarish aksiyadorlik uyushmasining bosh korxonasi, Nukus shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qorako‘l don mahsulotlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Buxoro viloyati, Qorako‘l shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pon don mahsulotlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Namangan viloyati, Pop shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xovos don mahsulotlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Sirdaryo viloyati, Xovos shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillar davrida omixta yem ishlab chiqarish uchun respublika ichidagi resurslarni ajratish va ularni “O‘zdonmahsulot” va “O‘zbaliq” davlat korporatsiyalariga yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIG‘I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏ 1998-yil 1999-yil‎‎ 2000-yil‎‎
“O‘zdonmahsulot”davlat korporatsiyasi “O‘zbaliq”davlat korporatsiyasi “O‘zdonmahsulot”‎ davlat korporatsiyasi “O‘zbaliq”‎ davlat korporatsiyasi “O‘zdonmahsulot”‎ davlat korporatsiyasi “O‘zbaliq”‎ davlat korporatsiyasi
Respublika ichidagi resurslar‎
Bug‘doy‎ 120‎‎ —‎ 150‎ —‎ 200‎ —‎
Makkajo‘xori‎ 193,5‎ 2,5‎ 249,3‎ 2,7‎ 344‎ 3‎
Arpa‎ 93,6‎ 6,4‎ 93‎ 7‎ 91,9‎ 8,1‎
Paxta shroti‎ 30‎ 2‎ 63,3‎ 6,7‎ 82,4‎ 7,6‎
Soya shroti‎ 39‎ —‎ 58,3‎ 1,7‎ 78‎ 2‎
Go‘sht-suyak uni‎ 0,7‎ —‎ 0,9‎ —‎ 1‎ —‎‎
Kepaklar‎ 359‎ 3‎ 376,8‎ 3,2‎ 405,9‎ 4,1‎
Tegrimon gardi‎ 23‎ —‎ 30‎ —‎ 40‎ —‎‎
Ohaktosh‎ 15‎ —‎ 24‎ —‎ 25‎ —‎‎
Tuz‎ 8‎ —‎ 12‎ 19‎ —‎‎
Omixta yem ishlab chiqarish‎ 880‎ 20‎ 1178‎ 22‎ 1475‎ 25‎

ming tonna

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 268-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zmevasabzovotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqarishdan keyingi chiqindilar (quyqalar) yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIG‘I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar nomi 1998-yil 1999-yil 2000-yil
Andijon biokimyozavodi‎ 145,0‎ 162,5‎ 175,0‎
“Qo‘qon” IB‎ 180,4‎ 40,4‎ —‎
“Biokimyozavod” AJ‎ 109,6‎ 109,6‎ 109,6‎
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi bo‘yicha hammasi‎ 435,0 312,5 284,6
“Toshkentvino” OT AJ‎ 103,7‎ 106,3‎ 110,0‎
“Zarafshon-Kaliforniya” QK‎ 53,7‎ 63,1‎ 65,6‎
“Shaxrud” OTAJ‎ 6,2‎ 12,5‎ 15,0‎
“Namanganvino” OTAJ‎ 10,0‎ 12,5‎ 15,0‎
Xovrenko nomidagi OTAJ‎ 18,7‎ 20,0‎ 21,2‎
“Bulung‘urvino” OTAJ‎ 7,5‎ 12,5‎ 15,0‎
“O‘zmevasabzovotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bo‘yicha hammasi‎ 199,8 226,9 241,8
Respublika bo‘yicha jami:‎ 634,8‎ 539,4 526,4
bundan tashqari:‎
“Qo‘qon” ishlab chiqarish birlashmasi bo‘yicha quruq quyqa ishlab chiqarish‎ 6,0‎ 20,0‎ 24,0‎

(ming tonna)