Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKYENGILSANOAT” UYuShMASI TOMONIDAN XORIJIY KOMPANIYALAR IShTIROKIDAGI QOʻShMA LOYIHALAR AMALGA OShIRILIShIGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi korxonalarini texnik qayta jihozlash asosida respublikada yuqori sifatli poyabzal va ularni tayyorlash uchun charm tovarlari, Yevropa andozalaridagi chinni buyumlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997 — 1999-yillarda “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining charm-poyabzal tarmogʻini yanada rivojlantirish va importning oʻrnini bosuvchi charm, poyabzal va chinni buyumlar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni yaratish boʻyicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi:
xorijiy firmalar, mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor vazirliklari, idoralari bilan birgalikda loyiha-smeta, texnik hujjatlarni ishlab chiqishni, loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashni, dastur koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ekspertizadan oʻtkazish va loyihalarning samaradorligini baholash uchun zarur hujjatlar belgilangan tartibda oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1998-1999-yillar uchun respublika investitsiya dasturini shakllantirishda unga mazkur qarorga ilovada koʻrsatib oʻtilgan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi obyektlarini kiritishni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga loyihalarning samaradorligi va oʻzini qoplashini tasdiqlovchi ekspertiza asosida “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan korxonalariga korxonalarni texnik qayta jihozlash va ularning zarur aylanma mablagʻlarini shakllantirish uchun chet el va milliy valyutada kreditlar ajratish tavsiya etilsin;
5. Charm zavodlarida asbob-uskunalarning samarali ishlashiga erishish, respublikada hosil boʻladigan charm xomashyosidan maksimal darajada foydalanish hamda charm tovarlari va boshqa materiallar importining oʻrnini bosishni taʼminlash maqsadida:
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi charm xomashyosini, shu jumladan qoramollar terisini birinchi navbatda respublika charm-poyabzal tarmogʻining qayta ishlovchi korxonalariga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining limitlari boʻyicha sotilishini taʼminlasin.
6. “Oʻzbekyengilsanoat” va “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari bir oy muddatda aholiga tegishli boʻlgan mollarning goʻsht kombinatlari hamda tuman kushxonalarida soʻyilishini ragʻbatlantiruvchi qoidalarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi “Charm” aksiyadorlik kompaniyasining tayyorlov tashkilotlarining aholi va xoʻjaliklar bilan charm xomashyosi uchun hisob-kitob qilishlari tartibini ishlab chiqsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-iyun,
326-son