Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.04.1997 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMOM AL-BUXORIY TAVALLUDINING HIJRIY-QAMARIY TAQVIM BOʻYIChA 1225 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadis ilmining ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan yirik alloma, buyuk vatandoshimiz Imom al-Buxoriy ilmiy-diniy merosining xalqimiz maʼnaviy-ruhiy hayotidagi beqiyos oʻrnini va mamlakat keng jamoatchiligining takliflarini hisobga olib hamda ushbu merosni asrab-avaylash, qadrlash va jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998-yilda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225 yilligi mamlakatimizda keng nishonlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita oʻn besh kun muddatda tegishli vazirliklar va idoralar, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklarining takliflari asosida oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va ularni bajarishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy maqbarasi va masjidini taʼmirlash hamda bu yerda qadimiy milliy meʼmorchilik anʼanalari bilan uygʻunlashgan zamonaviy inshootlardan iborat betakror muhtasham yodgorlik majmuini barpo etish uchun loyihaviy takliflarni tayyorlovchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ikki oy muddat ichida YUNESKO ekspertlarini va xalqaro tashkilotlarning, jumladan, shahzoda Charlz Uelskiyning Meʼmorlik instituti va Oksford islom tadqiqotlari markazi (Buyuk Britaniya) mutaxassislarini jalb qilgan holda tegishli takliflarni tayyorlasin va tasdiqlashga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mamlakat hududidagi Imom al-Buxoriy nomi va davri bilan bogʻliq qadamjolar, obidalar roʻyxatini aniqlasin va ularni taʼmirlash-konservatsiyalash boʻyicha belgilangan tartibda taklif tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuidagi taʼmirlash-qurilish ishlarini 1998-yilning avgust oyigacha tugallashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuidagi yangi inshootlar qurilishini 1998-yilgi investitsiya dasturida belgilangan tartibda inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda va YUNESKOning xalqaro tadbirlari doirasida 1998-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida “Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi 1997-1998-yillarda Imom al-Buxoriy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni oʻzbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlarning rejasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi 1998-yilda Imom al-Buxoriy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beruvchi 2 qismli hujjatli ilmiy-ommabop film yaratsin va uning xorijiy tillarga dublyaj qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bagʻishlangan pochta markalari, otkritkalar, xatjildlar chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Imom al-Buxoriy hayoti va ilmiy faoliyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorda koʻrsatilgan tadbirlarni va tashkiliy qoʻmita tasdiqlaydigan ishlarni amalga oshirish xarajatlari teng ulushlarda respublika budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ishga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, homiylar, shu jumladan, xorijiy homiylarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1- ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 217-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imom al-Buxoriy maqbarasi majmuini taʼmirlash va barpo etish boʻyicha taklif tayyorlovchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Joʻrayev ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri, komissiya raisi ‎
T. Nabiyev ‎ —‎‎ Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari ‎
A. Abdullayev ‎ —‎‎ Islom tadqiqotlari markazi direktori ‎
F. Ashrafiy ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi ‎
M. Ahmedov ‎ —‎ Samarqand davlat meʼmorchilik-qurilish institutining meʼmorchilik fakulteti dekani ‎
P. Zohidov ‎ —‎‎ Meʼmorchilik doktori ‎
A. Muhammadjonov ‎ —‎‎ OʻzFA tarix instituti direktori ‎
E. Nurillayev ‎ —‎‎ “Oʻzbektaʼmirshunoslik” instituti bosh meʼmori ‎
X. Toʻxtaboyev ‎ —‎‎ “Oltin meros” jamgʻarmasi raisi ‎
T. Qoʻziyev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi ‎