25.04.1997 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

ANDIJON VILOYATIDAGI “XOʻJAOBOD” KONIDA YER OSTI GAZ OMBORI QURILISHINI TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]

Qish davrida Fargʻona vodiysi aholisini va xalq xoʻjaligi obyektlarini tabiiy gaz bilan yanada toʻlaroq va ishonchli taʼminlash maqsadida Andijon viloyatidagi “xoʻjaobod” konida yer osti gaz ombori qurilishini jadallashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekneftgaz” Milliy korporatsiyasining “BSI Industries, Inc.” (AQSH) firmasi bilan ushbu loyiha boʻyicha injiniring, asbob-uskunalar yetkazib berish, shef-montaj va qurilish ustidan nazorat yuzasidan, mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlaridan tashqari, 69136 mln AQSH dollariga teng summaga kontrakt tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod yer osti gaz ombori qurilishi loyihasi boʻyicha “Oʻztransgaz” davlat birlashmasi buyurtmachi etib belgilansin, unga “Oʻzbekneftgaz” Milliy korporatsiyasi va “BSI Industries, Inc.” firmasi oʻrtasidagi kontraktni bajarishga oid majburiyatlar yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu loyihani moliyaviy taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt bahosining 85 foizini — 58,7 mln AQSH dollarini va AQSH Eksport-import bankining sugʻurta mukofotini — 4,5 mln AQSH dollarini oʻz ichiga oluvchi AQSH Eksport-import bankining 63,2 mln AQSH dollari summasidagi krediti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” davlat birlashmasining 15,79 mln AQSH dollari summasidagi oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditni toʻlash “Oʻztransgaz” davlat birlashmasi mablagʻlari hisobidan ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi AQSH Eksport-import banki krediti boʻyicha qarz oluvchi etib belgilansin, keyinchalik kredit “Oʻztransgaz” davlat birlashmasiga qayta moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” Milliy korporatsiyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda AQSH Eksport-import banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin va bitim tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga AQSH Eksport-import bankiga ushbu loyiha uchun jalb qilinayotgan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishbank”, Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda kontraktni roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “BSI Industries, Inc.” firmasi va uning ushbu loyiha boʻyicha xorijiy subpudratchilari kontraktni amalga oshirishning butun davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona poshlinalaridan, shu jumladan, kontraktni amalga oshirish bilan bogʻliq qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallarni olib kelish va qayta olib ketish poshlinalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha yakka tartibda va guruh boʻlib keluvchi xodimlar uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yigʻimlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyida roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, “BSI Industries, Inc.” firmasi yoki uning ushbu loyiha boʻyicha subpudratchilarining buyurtmanomalari boʻyicha kelayotgan asbob-uskunalar va materiallarga, shu jumladan, qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallarga bojxona hujjatlari oʻz vaqtida (koʻpi bilan uch kunda) rasmiylashtirilishi va ularning belgilangan joyga toʻsiqlarsiz yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan “BSI Industries, Inc.” firmasi, ushbu loyiha boʻyicha uning xorijiy pudratchilari va subpudratchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutada haq toʻlanadigan mahsulot yetkazib berish, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarni, qoʻshimcha qiymat soligʻiga tortishdan ozod etgan holda, eksportga mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish sifatida hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekneftgaz” Milliy korporatsiyasi sugʻurta kompaniyasini tender asosida tanlagan holda obyektni sugʻurtalashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-apreldagi 213-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod yer osti gaz ombori qurilishi loyihasi boʻyicha AQSH Eksim-banki kreditini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI

Kontrakt qiymati‎ 69136000 AQSH dollari‎
Kredit summasi‎ 63226000 AQSH dollari*‎
Kredit foiz stavkasi; Yiliga‎ 7,41%**‎

‎‎Kredit berish muddati 7,5 yil, shu jumladan, imtiyozli davr 2 yil‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

(ming AQSH dollari)‎‎

‎‏‎ Yillar Hammasi
1997‎ 1998‎ 1999‎ 2000‎ 2001‎ 2002‎ 2003‎ 2004‎
Asosiy qarz‎ 0‎ 0‎ 6323‎ 12645‎ 12645‎ 12645‎ 12645‎ 6322‎ 63226‎
Kredit uchun foizlar va majburiyat uchun komissiya‎ 0‎ 1601‎ 4085‎ 3957‎ 3565‎ 2614‎ 1665‎ 716‎ 18203‎
Jami:‎ 0‎ 1601‎ 10408‎ 16603‎ 16210‎ 15259‎ 14310 7038‎‎ 81429‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: * Shu jumladan, kontrakt qiymatining 85% — 58765600 AQSH dollari va AQSH Eksim-bankining sugʻurta mukofoti — 4460400 AQSH dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**AQSH kaznacheylik stavkasi qarz beruvchi bank bilan kredit bitimini tasdiqlashda aniqlanilishi kerak.