12.03.2010 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUGATILGAN “OʻZBEKTOʻQIMACHIMASH” ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASINING ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARINING BIR QISMIDA ZAMONAVIY TOʻQIMACHILIK ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb etish va tugatilgan “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasining ishlab chiqarish maydonlarining bir qismida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb etish va tugatilgan “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, U.Nosir koʻchasi, 53b-uyda joylashgan 3 (temirchilik — presslash sexi) va 8 (asbobsozlik-mexanika sexi) — ishlab chiqarish korpuslarini (keyingi oʻrinlarda 3 va 8-ishlab chiqarish korpuslari deb yuritiladi) ularning bazasida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish sharti bilan “BF Textile Produktion” masʼuliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxonaga sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “BF Textile Produktion” masʼuliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxona oʻz zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 va 8-ishlab chiqarish korpuslarini mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan 5,443 mlrd soʻm miqdoridagi baholash qiymati boʻyicha, toʻlovlarni 7 yil mobaynida yarim yillik teng ulushlar bilan toʻlagan holda, sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-sentabrgacha sotib olinayotgan 3 va 8-ishlab chiqarish korpuslari bazasida bir yilda kamida 5 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yigiruv-toʻquv korxonasini tashkil etish shaklidagi 7,0 mln AQSH dollariga teng summalik investitsiya majburiyatlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 300 ta yangi ish oʻrni yaratish majburiyatlarini qabul qilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda “BF Textile Produktion” masʼuliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxona bilan, ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shartlarda investitsiyalar kiritish jadvalini tasdiqlangan holda, 3 va 8-ishlab chiqarish korpuslarining oldi-sotdi shartnomasini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BF Textile Produktion” masʼuliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxona qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini zarur tarzda bajarishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yengilsanoatservis” unitar korxonasining ikki qavatli maʼmuriy binosi tutashib ketgan hududlar bilan birga investitsiya majburiyatlari bajarilgandan soʻng keyinchalik sotib olish sharti bilan “BF Textile Produktion” masʼuliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxonaga belgilangan tartibda ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda tugatilgan “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasi hududining tasdiqlangan bosh rejasiga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son