23.02.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2080
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUDJET TASHKILOTLARIDA ISHLOVCHI AYOLLARGA HOMILADORLIK VA TUGʻISH BOʻYICHA NAFAQA, FUQAROLARNING AYRIM TOIFALARIGA UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASH BOʻYICHA IMTIYOZLAR OʻRNIGA QONUNchilik HUJJATLARIDA NAZARDA TUTILGAN OYLIK KOMPENSATSIYA PUL TOʻLOVLARI HAMDA BOLA TUGʻILGANIDA BERILADIGAN BIR YOʻLA NAFAQANI TOʻLASH BOʻYICHA XARAJATLARNI MOLIYALASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2080]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 5-fevraldagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqa toʻlash boʻyicha xarajatlar 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar tegishli budjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari boʻyicha xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) hisobidan pensiya oluvchilarga — Pensiya jamgʻarmasi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa oluvchilarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoki nafaqa olmaydigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga — Pensiya jamgʻarmasi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqa toʻlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar ushbu budjet tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2009-yilning 31-dekabriga qadar (shu kuni ham) qonunchilikka muvofiq hisoblangan, ammo toʻlanmagan budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqa oʻrnatilgan tartibga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlanishi shart.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani tayinlash va toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali belgilangan tartibda xarajatlar smetasini taqdim etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun budjet mablagʻlari har yilgi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani moliyalashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Budjet tashkilotlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash uchun budjetdan talab qilinadigan mablagʻlarni aniqlashga buyurtmanomani (bundan buyon matnda buyurtmanoma deb yuritiladi) “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmanoma budjet tashkilotlari tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) budjetida turuvchilar — tegishli tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjeti va Toshkent shahar budjetida turuvchilar — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalariga;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida turuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli tarkibiy boʻlinmalariga taqdim qilinadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlari buyurtmanomalarni budjet mablagʻlarini bosh taqsimlovchi orqali taqdim qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni toʻlashga xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi navbatda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifining tegishli moddalari boʻyicha ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlarga koʻzda tutilgan va moliya yilining yakunlangan oy boʻyicha boʻshab qolgan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari mustaqil ravishda xarajatlar smetasiga ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari boʻyicha mablagʻlarni kamaytirish va tegishlicha ushbu budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa xarajatlari uchun mablagʻlarni koʻpaytirish yoʻli bilan kiritiladigan oʻzgartirishlarni “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli iqtisodiyot va moliya organlari kerakli hisob-kitoblar asosida tegishli mahalliy budjetlarda ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa xarajatlari uchun mablagʻlarni koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlik kiritish huquqiga egadirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish haqi xarajatlari boʻyicha boʻshab qolgan budjet mablagʻlari mavjud boʻlmagan yoki budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻliq taʼminlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda, budjet mablagʻlari qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomda belgilangan tartibda budjetdan ajratiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Budjet tashkilotlaridan “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali olingan buyurtmanomalar asosida tegishli iqtisodiyot va moliya organlari jamlangan buyurtmanomalarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasiga qadar yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organiga taqdim qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari budjet tashkilotlari va quyi turuvchi iqtisodiyot va moliya organlaridan olingan buyurtmanomalarni tekshiradilar va tekshirish natijalari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar jamlangan buyurtmanomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qilish uchun tayyorlaydilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya organlariga belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan buyurtmanomalar iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan hisobot oyi buyurtmanomasiga qoʻshilmaydi, balki keyingi oyning buyurtmanomasiga qoʻshiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar olingan buyurtmanomalar asosida “DMBAT-2” dasturiy majmuasida jamlashni amalga oshiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda uch kun muddat ichida:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti xarajatlar yoyilmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlarning xarajatlar parametriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlanishini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani moliyalashtirish tartibi
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Har oy, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmagan holda Jamgʻarma fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash uchun talab qilinadigan mablagʻlarni aniqlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga tegishli moliya yili uchun budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazib berilgandan keyin Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalarida ochilgan har bir shaxsiy hisobvaraqlar kesimida yuqorida koʻrsatilgan xarajatlarni toʻlash uchun xarajatlarning yoyilmasi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar yil mobaynida yuqorida koʻrsatilgan toʻlov va nafaqa oluvchilar miqdorining oʻzgarishi xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlarning oshishiga (kamayishiga) olib kelsa, tegishli tashkilotlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish uchun oluvchilarning oʻzgargan miqdoriga zarur boʻlgan mablagʻlarning asoslangan hisob-kitoblarini taqdim qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Nazorat va javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori v.b. Sh. MANSUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Budjet tashkilotining shtampi


‎‎‎_______________________________ ga

Tegishli iqtisodiyot va moliya organining shtampi yoki belgisi

(iqtisodiyot va moliya organining nomi)

__________________________boʻyicha

(tashkilotining toʻliq nomi)

‎‎Boʻlim_______________
‎‎Bob________________‎‎_
‎‎Paragraf____________



‎Olindi ________________________

‎‎(buyurtmanoma olgan iqtisodiyot va moliya organi xodimining imzosi)

‎‎
‎Ishlovchilarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni,



‎________________________________‎‎

‎‎Shu jumladan, ayollar:

________________________________‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20__ yil _____________ uchun
‎budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlashga budjetdan talab qilinadigan mablagʻlarni aniqlashga
‎BUYURTMANOMA

T/r‎Koʻrsatkichlar‎Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oluvchilar soni‎Haqiqiy xarajatlar, soʻmda ‎
1‎2‎34‎
1.‎Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa — hammasi ‎

shu jumladan:‎

1.1‎

budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha tejab qolingan mablagʻlar hisobidan qoplanadigan qismi ‎

x‎
1.2‎

qoʻshimcha talab qilinadigan (yetmaydigan) budjet mablagʻlari‎

x‎
Tashkilot rahbari‎

________________‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

Bosh hisobchi‎

________________

(imzo)‎‎

Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya
‎‎raisi (vakil qilingan)

________________‎

(imzo)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ORQA TOMONI

‎‎Budjet mablagʻlaridan budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani olish uchun budjet tashkiloti xodimlarining
‎R E E S T R I
‎20__ yil ____________ uchun

T/r‎F.I.Sh.‎Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqami*‎Hujjatning nomi**‎Hujjatning seriyasi va raqami‎Hujjat berilgan sana‎Kim tomonidan berilgan‎Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri‎Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari‎Nafaqani hisoblash uchun oʻrtacha oylik ish haqi (soʻmda)‎Toʻlov summasi (soʻmda)
1‎2‎3‎4‎5‎67‎8‎9‎10‎11‎
‎‎Tashkilot rahbari

________________________

M.Oʻ.

(imzo)

‎‎Bosh hisobchi

‎‎____________________________

(imzo)

‎‎Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya ‎‎raisi (vakil qilingan)


‎‎‎___________________________

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqamini koʻrsatish majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Hujjat nomi (mehnatga layoqatsizlik varaqasi).
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20__ yil _____________ uchun
‎_________________________ viloyat, tuman (shahar) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash uchun mablagʻlarni aniqlashga yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organiga
‎Jamlanma buyurtmanoma*

T/rBoʻlimBobParagrafHomiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oluvchilar miqdoriHaqiqiy xarajatlar, soʻmda Shu jumladan
budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha tejab qolingan mablagʻlar hisobidan qoplanadigan qismiqoʻshimcha talab qilinadigan (yetmaydigan) budjet mablagʻlari
1‎2‎3‎4‎5‎6‎78‎
1‎
2‎
…‎

Jami


Iqtisodiyot va moliya organi rahbari



‎‎‎__________________

(imzo)

M.Oʻ.

Iqtisodiyot va moliya organining budjet boʻlimi boshligʻi




‎‎‎__________________

(imzo)

Jamlanma buyurtmanomani tuzuvchi masʼul xodim


‎‎‎________________

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Har oy, hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasigacha taqdim qilinadi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 278-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2080-1, 18.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 8-son, 64-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.09.2025-y., 10/25/2080-1/0849-son)