Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAMDA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 29 DEKABRDAGI PF-4158-SON FARMONI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKIChLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 22 DEKABRDAGI PQ-1245-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 29-dekabrdagi PF-4158-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aviatsiya kerosiniga aksiz soligʻi joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-iyuldagi 271-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-fevral,
22-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandi “k1” kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“k1) yuridik shaxslar oʻrtasida, jismoniy shaxslar oʻrtasida, yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida vatanimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalaridan, shuningdek yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari, xorijiy yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari hamda jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelingan, ularni import qilish (olib kelish) sanasidan bir yildan kam muddat oʻtgan yangi yengil avtotransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarni, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya etish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garov, lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“uch va undan koʻp bolali oilalar uchun — 140 foiz”;
beshinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
ilovaning nomlanishida “16 yoshgacha bolalari boʻlgan” soʻzlari “voyaga yetmagan bolalari boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
jadvalning 4.3-satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
4.3. |
— uch va undan koʻp bolali oila | |
x |
”; |
jadvalning 4.4-satri chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustuni 6-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“banklardagi hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1.5-bandning 1.5.13-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.5.13. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq”;
b) 2.3-bandning 2.3.21-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.3.21. Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq”.
5. Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEU avto” aksiyadorlik jamiyatining ichki bozorda sotiladigan avtomobillariga aksiz soligʻi stavkalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1999-yil 4-maydagi 213-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 50-modda):
a) Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratishi tartibida:
tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga va ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga koʻrsatmalar tegishli ravishda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi xatboshidagi “homiladorlik va tugʻish nafaqasi, bola tugʻilganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-banddagi “yoki homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Tartibga 3-ilovada:
“ijtimoiy taʼminot boʻlimi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“homiladorlik va tugʻish nafaqasi, chaqaloq tugʻilganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Tartibga 4-ilovada:
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“hokimligi ijtimoiy taʼminot boʻlimi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ijtimoiy taʼminot boʻlimi xodimining” va “ijtimoiy taʼminot boʻlimi mudirining” soʻzlari tegishli ravishda “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining xodimi” va “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi mudirining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi Nizomda:
tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga va ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga koʻrsatmalar tegishli ravishda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi xatboshidagi “homiladorlik va tugʻish nafaqasi, bola tugʻilganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-banddagi “yoki homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
29-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Nizomga 3-ilovada:
“ijtimoiy taʼminot boʻlimi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“homiladorlik va tugʻish nafaqasi, chaqaloq tugʻilganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 4-ilovada:
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“hokimligi ijtimoiy taʼminot boʻlimi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ijtimoiy taʼminot boʻlimi xodimining” va “ijtimoiy taʼminot boʻlimi mudirining” soʻzlari tegishli ravishda “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining xodimi” va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi mudirining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyundagi 263-son qarori 7-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 52-modda) “2010” raqami “2015” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 52-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda; 2016-y., 8-son, 77-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)