14.11.2007 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi boʻlib, u davlat tomonidan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻlim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qabul qilingan Qonun bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosining kiritilishi bu huquq himoyasining real kafolati boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo oʻlim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan kiritilgan favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni muddat belgilanmagan holda jamiyatdan ajratishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddasi ikkinchi qismi) va odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan terrorizm (JK 155-moddasi uchinchi qismi) sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 50-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan yigirma yildan ortiq, biroq yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadigan uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir koʻrinishi boʻlib, u faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish va odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan terrorizm sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi sud tomonidan ushbu jinoyatlarga nisbatan qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi istisno etilgan (masalan, tugallanmagan jinoyat uchun), shuningdek ish holatlariga koʻra sud aybdorga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi yoki oʻn besh yildan yigirma yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi maqsadga muvofiq emasligi haqidagi xulosaga kelgan hollarda tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllash masalasini hal etishda sud mazkur jazo, faqat ish boʻyicha aybdor tomonidan gʻayriinsoniy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilganligidan, shuningdek jinoyatni sodir etgan shaxs jamiyat uchun mutloq xavfli ekanligidan dalolat beruvchi va unga nisbatan boshqa jazo tayinlanishi imkoniyatini istisno etuvchi alohida holatlar boʻlganda, tayinlanishi mumkinligini inobatga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanayotganda sud hukmning tavsif qismida bunday qaror qabul qilinishi sabablarini koʻrsatib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tugallanmagan jinoyat uchun tayinlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra, umrbod ozodlikdan mahrum qilish va uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazolari ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan ham tayinlanishi mumkin emas. Bunda oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan bunday jazolar tayinlanishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi qoida birinchi instansiya sudi tomonidan aybdorning hukm chiqarish kuniga qadar, apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan holda — ish apellyatsiya instansiyasida koʻrilgan kunga qadar boʻlgan yoshidan kelib chiqib qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlardan hech boʻlmaganda bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi toʻrtinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlardan hech boʻlmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi beshinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyatlar majmuiga kiruvchi JK 97-moddasi ikkinchi qismi yoki 155-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlardan birortasi boʻyicha ham uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmagan boʻlsa, uzil-kesil jazo jazolar toʻla yoki qisman qoʻshilganda ham, yengilroq jazo ogʻirrogʻi bilan qoplangan holda ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati yigirma yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxs qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bir necha jinoyat sodir etgan boʻlib, ulardan ayrimlari u voyaga yetmagan, boshqalari voyaga yetgan yoshda sodir etilgan boʻlsa, voyaga yetmagan yoshda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo JK 82—86-moddalari qoidalari boʻyicha, voyaga yetgan yoshda sodir etilgan jinoyatlar uchun JK 59-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlari qoidalari boʻyicha tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hukmlar jami boʻyicha jazo tayinlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlardan hech boʻlmaganda bittasi boʻyicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 60-moddasi uchinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlardan hech boʻlmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 60-moddasi toʻrtinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. JK 64-moddasi oltinchi qismiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga nisbatan jazoni ijro etish muddatini qoʻllashni lozim topmagan hollarda ham sud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirishi kerak (JK 69-moddasi beshinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, qonunga koʻra (JK 64-moddasi yettinchi qismi, 69-moddasi oltinchi qismi), javobgarlikka tortish muddati, shuningdek jazoni ijro etish muddati tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi. Shuning uchun ham sud terrorizm jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan, jinoyat sodir etilgan vaqtdan qatʼi nazar, umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hukm eʼlon qilingandan soʻng raislik etuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga JPK 473-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan afv toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi va muddatlarini tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumning afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi JK 76-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarning eʼtibori shunga qaratilishi kerakki, afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qonunda belgilangan va jazoning amalda oʻtalgan qismi inobatga olingan holda sanaladigan muddatlar oʻtgandan soʻng berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JK 50-moddasiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumlar jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus tartibli koloniyalarda, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsga nisbatan koloniya turi, sodir etilgan jinoyat ogʻirligi va mahkumning shaxsidan kelib chiqqan holda, JK 50-moddasi yettinchi qismi “b”, “v”, “g” bandlariga muvofiq belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari Jinoyat-ijroiya kodeksining beshinchi boʻlimida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shuni taʼkidlash lozimki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi avf etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga nisbatan qonunda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqish, bir turdagi koloniyadan boshqa turdagi koloniyaga oʻtkazish masalalari boʻyicha alohida jihatlar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻlim jazosiga mahkum etilgan shaxsga nisbatan 2008-yil 1-yanvarga qadar ijro etilmagan hukm JK 13-moddasi talabiga muvofiq qonunda belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son