O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ AHOLI YaShASh JOYLARINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TA’MINLAShNI YaNADA YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 405-sonli “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan topshiriqlar 1 va 2-ilovalar*ga muvofiq;
qishloq aholi yashash joylari ro‘yxati va ularni ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashning belgilangan muddatlari 3 va 4-ilovalar*ga muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, loyihalashtirish tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilda respublika qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash darajasini 85 foizgacha va tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasini 82 foizgacha yetkazishni hisobga olgan holda joriy yilning 1-oktabrigacha — 2010-yilgacha bo‘lgan davrda suv bilan ta’minlash va shu yil 1-dekabrgacha — gazlashtirish, shuningdek mazkur qarorga ilovalarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarni bajarish mintaqaviy va respublika sxemalarini ishlab chiqsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika va mintaqaviy sxemalari asosida:
1999-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va 2000-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda — tabiiy gaz bilan ta’minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash mintaqaviy dasturlarini har yili aniqlasinlar va respublika investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar taqdim etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi:
har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda mahalliy budjetlar, tashkilotlar va korxonalar, aholi mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni va boshqa manbalarni jalb qilishni hisobga olib, mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilangan holda, mazkur qaror va mintaqaviy dasturlar ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlaydigan miqdorlarda kapital qo‘yilmalarning tegishli limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar;
investitsiyalar va grantlarni, shuningdek qishloqda suv va gaz ta’minotini rivojlantirish uchun imtiyozli shartlarda kreditlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy investorlar bilan doimiy asosda ish olib borsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
5. Qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida qishloq suv ta’minoti idoraviy tizimlarini kommunal xizmat ko‘rsatish hududiy organlari balansiga berish yo‘li bilan ichimlik suv ta’minoti sohasida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish va mintaqaviy va mintaqalararo magistral suv quvurlaridan foydalanishning yagona tizimini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
6. Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 5-ilova berilmaydi.
Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi:
bir hafta muddatda Komissiya tarkibida qishloq aholi yashash joylarini gazlashtirish va ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha ikkita ixtisoslashtirilgan ishchi guruh tuzsin;
qishloq suv ta’minoti idoraviy tizimlarini kommunal xizmat ko‘rsatish hududiy organlari balansiga berish va magistral suv quvurlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etsin, ushbu ishlarning 1999-yil 1-oktabrgacha tugallanishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash mintaqaviy dasturlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirsin va ularning natijalarini har chorakda o‘z yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsin.
7. Aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashayotgan qishloq tumanlarini rag‘batlantirish maqsadida hisobot yilida aholini ichimlik suv bilan ta’minlash va uy-joy fondini tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasi o‘sishining eng yuqori foizi uchun uchtadan har yili beriladigan Respublika mukofotlari belgilansin.
Belgilansinki:
mansabdor shaxslar — tuman hokimi, tuman hokimining kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga mutasaddilik qiluvchi o‘rinbosari, tuman kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, gaz ta’minoti tuman korxonalari, “Suvoqova” tuman bo‘linmalari, gaz quvurlari va suv quvurlari tarmoqlari qurilishini amalga oshirayotgan pudrat tashkilotlarning birinchi rahbarlari;
tashkilotlar — gaz ta’minoti tuman korxonasi, “Suvoqova” tuman bo‘linmasi (uchastkasi), pudrat qurilish tashkiloti mukofotlanadi, mablag‘lar alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Har yili to‘lanadigan Respublika mukofotlari miqdori 6-ilovaga* muvofiq belgilansin. Respublika budjeti mablag‘lari Respublika mukofotlarini to‘lash manbai etib belgilansin.
* 6-ilova berilmaydi.
Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aholi yashash joylarini gaz va suv bilan ta’minlash dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun qishloq tumanlarini mukofotlash shartlari va tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda olis, borish qiyin bo‘lgan va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylari suv va energiya ta’minoti muammolarining tejamli texnik yechimlari bo‘yicha 3 oy muddatda tavsiyanomalar tayyorlasinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan tavsiyanomalarga muvofiq borish qiyin bo‘lgan, olis va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va energiya ta’minotining muqobil manbalari bilan ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
9. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-martdagi 117-son qaroriga 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 1-iyun,
278-son