Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IMOM ABU MANSUR AL-MOTURIDIY TAVALLUDINING 1130 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kalom ilmining asoschilaridan biri, hadis va fiqh, olamining ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan yirik alloma, buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz maʼnaviy-ruhiy hayotidagi beqiyos oʻrni va mamlakatimiz keng jamoatchiligi takliflarini hisobga olib hamda ushbu merosni avaylab asrash, qadrlash va jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi va jamoat tashkilotlarining 2000-yilda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini keng nishonlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi hamda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari rejasi 1, 2-ilovalarga muvofiq. tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Samarqand viloyatining Registonga tutash Chokardiza qabristonidagi Imom al-Moturidiy maqbarasini rekonstruksiya qilish,
mamlakat hududidagi Imom al-Moturidiy nomi bilan bogʻliq qadamjolar, obidalar roʻyxatini aniqlash va ularni taʼmirlash-konservatsiya qilish boʻyicha belgilangan tartibda taklif tayyorlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Imom al-Moturidiy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni oʻzbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlar rejasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlangan pochta markalari va xatjildlar chiqarsin.
6. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Imom al-Moturidiy hayoti va ilmiy faoliyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
7. Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilot va jismoniy shaxslarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-dekabr,
517-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-dekabrdagi 517-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
| Karomatov H. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
| Mansurov A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| Joʻrayev N. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| Roʻziyev E. | — | Samarqand viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Shodiyev B. | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi rahbari, masʼul kotib |
| Abdullayev F. | — | Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori |
| Bahromov A. | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy |
| Boliyev A. | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi masʼul kotibi |
| Joʻrayev X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| Joʻrayev T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti |
| Ibrohimov N. | — | Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori |
| Komilov A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
| Koʻchimov D. | — | Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi raisi |
| Murod Muhammad Doʻst. | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori |
| Munavvarov 3. | — | Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasining raisi |
| Nosirov A. | — | Samarqand shahri hokimi |
| Oripov A. | — | Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi |
| Parpiyev B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Roʻzmetov A. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
| Sobirov F. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
| Toʻlaganov K. | — | Toshkent shahri hokimi |
| Xayrullayev M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori |
| Shogʻulomov R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining raisi |
| Husanboyev B. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
Eslatma: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-dekabrdagi 517-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
REJASI
| T/r |
Bajariladigan ishlar |
Bajarish muddati |
Bajarish uchun masʼullar |
| 1. |
2. |
3. |
4. |
| 1. QURILISh IShLARI | |||
| 1. | Samarqand viloyatining Registonga tutash Chokardiza qabristonidagi Imom al-Moturidiy qabrini taʼmirlash, zamonaviy meʼmorchilik anʼanalari bilan uygʻunlashgan maqbarasini barpo etish | 2000-yil avgust | Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
| 2. | Yangi maqbarani qurish smeta loyiha hujjatlarini tayyorlash | 1999-yil dekabr | Madaniyat ishlari vazirligi |
| 3. | Mamlakat hududidagi Imom al-Moturidiy nomi bilan bogʻliq qadamjolar, obidalar roʻyxatini aniqlash va ularni taʼmirlash | 2000-yil iyul | Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
| 2. XALQARO TADBIRLAR | |||
| 1. | “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan oʻrni” mavzuida, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish | 2000-yil oktyabr | Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi |
| 2. | Imom al-Moturidiy va uning davri madaniyati, ilm-fanning rivojlanishi haqidagi hujjatli maʼlumotlarni toʻplash | yil davomida | Fanlar akademiyasi |
| 3. | Oʻzbekistondagi chet el diplomatik korpuslari vakillari bilan respublika ziyolilari, din arboblari va olimlarning yubileyga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlarini oʻtkazishni tayyorlash | 2000-yil yanvar—avgust | Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti |
| 3. NAShR IShLARI | |||
| 1. | Chop etiladigan asarlar roʻyxatini tayyorlash va tasdiqlash | 2000-yil yanvar | Fanlar akademiyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oltin meros”, Imom al-Buxoriy jamgʻarmalari |
| 2. | Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi, konvertlar, plakat va albomlar, esdalik sovgʻalari, taqvim va boshqa mahsulotlar eskizlari va nusxalarini tayyorlash, ishlab chiqarish reja jadvallarini tuzish — hamda tashkiliy qoʻmitada tasdiqlash | 2000-yil fevral | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Oltin meros”, Imom al-Buxoriy jamgʻarmalari, Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi |
| 3. | “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan oʻrni” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislarini nashrga tayyorlash | 2000-yil may | Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi |
| 4. | Imom al-Moturidiy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni oʻzbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish | 2000-yil iyul | Fanlar akademiyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni |
| 4. OMMAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR | |||
| 1. | Imom al-Moturidiy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan badiiy koʻrgazma tashkil etish | 2000-yil sentyabr | Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 2. | Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlab Toshkent islom universiteti va Toshkent islom oliy maʼhadida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish | 1999-yil dekabr —2000-yil avgust | Toshkent islom universiteti, Toshkent islom oliy maʼhadi |
| 3. | Imom al-Moturidiyning hayoti va faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish | 2000-yil davomida | “Oʻzteleradio” kompaniyasi, OʻzA, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi |
| 4. | Imom al-Moturidiy hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi radioeshittirish va televizion koʻrsatuvlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish | Yil davomida | “Oʻzteleradio” kompaniyasi |
| 5. TAShKILIY MASALALAR | |||
| 1. | Tashkiliy qoʻmita majlisi kun tartibi masalalarini tayyorlash va bayon qarorlari ijrosini nazorat qilish | Doimiy | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi |
| 2. | Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash boʻyicha oʻz rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish | yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaha� hokimliklari, vazirliklar, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, idoralar, jamoat tashkilotlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi |
| 3. | Yubiley munosabati bilan savdoga chiqariladigan esdalik sovgʻalari, yodgorlik buyumlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish | 2000-yil may | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi |
| 4. | Imom al-Moturidiy va uning ijodiy faoliyati haqidagi asarlar roʻyxatini tayyorlash uchun Fanlar akademiyasi huzurida ekspertlik guruhini tuzish | 1999-yil dekabr | Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi |
| 5. | “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan oʻrni” mavzuida oʻtkaziladigan xalqaro anjumanning ilmiy dasturini tayyorlash va tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish | 2000-yil fevral | Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 6. | Xalqaro anjumanga taklif etiladigan xorijiy ishtirokchilarning roʻyxatini, ularning Oʻzbekistonda boʻlish dasturini, shu jumladan quyidagilarni tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritish: — Xorij va MDH mamlakatlari qatnashchilari roʻyxati — Oʻzbekistondan ishtirok etadigan olimlar va din arboblari roʻyxati — qabul marosimi ishtirokchilari roʻyxati — diplomatik korpuslar vakillari roʻyxati; — rasmiy delegatsiya aʼzolari roʻyxati; — ommaviy axborot vositalari vakillari roʻyxati; — kutib olish va kuzatish tartibi; — esdalik sovgʻalari roʻyxati |
2000-yil iyul | Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi |
| 7. | Toshkent aeroportining VIP zali orqali xalqaro anjuman ishtirokchilarini aeroport yigʻimlarisiz kutib olish va kuzatishni tashkil etish | 2000-yil sentyabr | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 8. | Xalqaro anjuman ishtirokchilari va mehmonlarni transport vositalari bilan taʼminlash: — aviachiptalarga buyurtma berish; — aviareyslarni aniqlash; — aviachiptalarni sotib olish; — avtotransport vositalariga buyurtma berish |
2000-yil sentyabr | Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi |
| 9. | Xalqaro anjuman ishtirokchilariga taklifnomalar joʻnatish | 2000-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 10. | Xalqaro anjuman ishtirokchilari uchun rasmiy qabul marosimi | 2000-yil sentyabr | Samarqand viloyati hokimligi, “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 6. RESPUBLIKA BUDJETI VA MAHALLIY BUDJETDAN AJRATILADIGAN MABLAGʻLAR | |||
| 1. | Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash | 2000-yil yanvar | Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
| 2. | Imom al-Moturidiy meʼmoriy maqbarasini barpo etish uchun ajratiladigan mablagʻlar smetasini tashkiliy qoʻmita muhokamasiga kiritish | 1999-yil dekabr | Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi,. Samarqand viloyati hokimligi |