22.12.2006 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUDLAR TOMONIDAN AMNISTIYA AKTLARINI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, jinoyat ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan jinoyat, jinoyat-protsessual, boshqa qonunchilikning amnistiya aktini qoʻllash shartlari va tartibiga doir normalari asosan toʻgʻri qoʻllanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, amnistiya aktlarining ayrim bandlarini muayyan ishlar boʻyicha qoʻllashda sudlar baʼzi qiyinchilikka uchrayotganligi bu masalada qoʻshimcha tushuntirish berilishini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, amnistiya akti maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan muayyan toifa shaxslarga nisbatan davlat tomonidan koʻrsatiladigan insonparvarlik ifodasi boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad mazkur shaxslarga nisbatan maʼmuriy yoki jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllamagan holda ularning axloqan tuzalishi uchun imkoniyat berish yoxud bunday choralar qoʻllanilgan shaxslar holatini yengillashtirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amnistiya akti maʼmuriy va jinoyat qonuni normalaridan farq qilib, amal qilish davrida sodir etilgan qilmishga nisbatan emas, balki kuchga kirgunga qadar sodir etilgan qilmishga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya akti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilayotgan (tortilgan) shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat kodeksi 68, 76 va 79-moddalariga muvofiq, amnistiya akti qoʻllanilishi natijasida quyidagi huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkum asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ozod etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazoning qisqartirilishi (kamaytirilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismi yengilrogʻi bilan almashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanishi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, amnistiya akti yuridik mohiyatiga koʻra, nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan hujjat boʻlsa-da, biroq uni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror har bir shaxsga nisbatan alohida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat-protsessual qonuniga muvofiq amnistiya aktini qoʻllash masalasi, jinoyat protsessi bosqichidan qatʼiy nazar, faqat sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga, jumladan, quyidagilarni koʻrib chiqish tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni sudga qadar yuritish bosqichida — amnistiya aktiga asosan muayyan shaxsga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud muhokamasi bosqichida — amnistiya aktiga asosan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish yoki jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqarish yoxud mahkumni jazodan ozod qilish yoinki muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish, jazoni qisqartirish (kamaytirish) toʻgʻrisidagi masalani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmni ijro etish bosqichida — amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan ozod qilish yoki muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni qisqartirish (kamaytirish) toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini.
(5-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Amnistiya aktini qoʻllash har doim jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy holati bilan bogʻliq boʻlishi tufayli, sudlar har bir holda u qonunga koʻra sudlangan yoki sudlanmagan hisoblanishini aniqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 77-moddasiga muvofiq, agar ayblov hukmi chiqarilgan va unda shaxsga nisbatan jazo tayinlangan boʻlsa, shaxs sudlangan hisoblanadi. Biroq qonunga koʻra, shaxsga nisbatan jazo tayinlangan hollarda ham, agar sud JK 69-71-moddalariga asosan, shuningdek amnistiya aktini qoʻllagan holda hukmda uni ushbu jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qilgan boʻlsa, shaxs sudlanmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga nisbatan amnistiya aktiga asosan jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi chiqarilgan holda ham u sudlanmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunga koʻra, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq boʻlgan barcha huquqiy oqibatlar barham topadi. Shuning uchun ham amnistiya aktini qoʻllash chogʻida qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik inobatga olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat qonuni oʻzgarishi natijasida jinoyat hisoblanmay qolgan (JK 13-moddasi ikkinchi qismi) qilmish uchun sudlangan shaxs ushbu sudlanganlik uchun belgilangan tugallanish yoki olib tashlanish muddatlari oʻtgan-oʻtmaganligidan qatʼi nazar, sudlanmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar amnistiya aktida yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, amnistiya akti muqaddam amnistiya aktiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi rad etilgan yoki amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoxud jazodan ozod etilgan va amnistiya akti qoʻllanilgandan soʻng qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi Umumiy qismi normalariga muvofiq, amnistiya akti shaxs muqaddam amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan-etilmaganligidan qatʼi nazar, quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat qonuni oʻzgarishi natijasida shaxs muqaddam jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan qilmish jinoyat deb hisoblanmay qolgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya akti qoʻllanilgan paytdan boshlab shaxs amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan jinoyat uchun qonunda belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddatlariga teng vaqt oʻtgan boʻlsa (agar amnistiya aktida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs muqaddam boshqa davlat (shu jumladan, sobiq SSSR)ning amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va amnistiya aktida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar tekshirish natijalari boʻyicha shaxsga nisbatan oʻtmishda amnistiya akti qoʻllanilganligi toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash imkoni boʻlmasa, amnistiya akti qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davomli va uzoqqa choʻzilgan jinoyatlarga xos xususiyat jinoiy harakat (harakatsizlik)ning uzoq vaqt mobaynida sodir etilishi boʻlib, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllashda jinoyat boshlangan va tugallangan vaqt aniqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli jinoyatning boshlanishi deb umumiy qasd bilan qamrab olingan bir necha bir-biriga aynan oʻxshash harakatlardan birinchisi sodir etilgan payt, tugashi deb oxirgi jinoiy harakat sodir etilgan payt hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoqqa choʻzilgan jinoyat jinoiy harakat (harakatsizlik) boshlangan paytdan boshlanib, aybdorning jinoyatni tugatishga qaratilgan harakati yoki jinoyat sodir etilishiga toʻsqinlik qilgan voqea boshlangan paytda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli va uzoqqa choʻzilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan amnistiya akti, faqat bu jinoyatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar tamomlangan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar shaxsning harakatlari bir xil huquqiy oqibat tugʻdiruvchi, yaʼni shaxsni faqat jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni yoxud jazo qoʻllanilishi istisno etilishini nazarda tutuvchi bir necha amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, sud shaxs sodir etgan oxirgi jinoyatdan keyin kuchga kirgan amnistiya aktini qoʻllashi kerak. Biroq, agar amnistiya aktlarida faqat jazo muddatlari kamaytirilishi nazarda tutilgan boʻlsa, barcha amnistiya aktlari xronologik ketma-ketlikda qoʻllanilishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning harakatlari turlicha huquqiy oqibat tugʻdiruvchi, yaʼni ayrimlari shaxsni jinoiy javobgarlikdan, boshqalari esa jazodan ozod etishni yoki jazo muddatlari kamaytirilishini nazarda tutuvchi bir necha amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushgan hollarda shaxsning ahvolini koʻproq yaxshilaydigan amnistiya akti qoʻllanilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida JPK 587-moddasiga muvofiq prokurorga taqdimnoma bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun bunday taqdimnomaga amnistiya aktini qoʻllash masalasi qoʻyilayotgan shaxs arizasi ham ilova qilinishini talab etishi tufayli, surishtiruvchi, tergovchi dastlab unga ariza berish huquqi va kelib chiqishi mumkin boʻlgan protsessual oqibatlarni tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Prokuror surishtiruvchi, tergovchining taqdimnomasiga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi va u sud tomonidan JPK 63-bobida nazarda tutilgan tartib va qoidalarga binoan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma kiritish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan materiallarni yoki jinoyat ishini umumiy asoslarda yuritish uchun surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud emasligi sud majlisi davomida aniqlansa, tergovga qadar oʻtkazilgan materiallar yoki jinoyat ishi sud ajrimi bilan prokurorga yuboriladi.
(13 va 14-bandlar Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar shaxs ishni sudga qadar yuritish bosqichida qandaydir sababga koʻra ariza berishdan (JPK 588-moddasi) bosh tortsa va bunday ariza bilan ish sudga kelib tushgandan soʻng murojaat etsa, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish masalasi sud tomonidan JPK 84-moddasining ikkinchi qismi, 401 va 421-moddalariga muvofiq hal etiladi. Mazkur masala amnistiya akti ish ayblov xulosasi bilan sudga kelib tushgandan keyin qabul qilingan hollarda ham shu tariqa hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayblanuvchi, sudlanuvchi (u vafot etgan holda — yaqin qarindoshlaridan biri) eʼtiroz bildirsa, jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda jinoyat ishini yuritish umumiy tartibda olib boriladi va yetarli asoslar mavjud boʻlganda, sud aybdorni jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi yoki jazo tayinlamagan holda ayblov hukmi (JPK 463-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari) yoxud oqlov hukmi chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazodan ozod qilishni, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish yoki qisqartirish (kamaytirish)ni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qoʻllash uchun sudlanuvchi(mahkum)ning roziligi talab etilmaydi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sudga qadar yuritish bosqichida va birinchi instansiya sudida (sud maslahatxonaga kirgunga qadar) amnistiya aktini qoʻllash masalasini hal etish uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybini boʻyniga olgan-olmaganligi ahamiyat kasb etmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonunga koʻra amnistiya aktini qoʻllash uchun jabrlanuvchining roziligi talab etilmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi taqdimnomasi, prokurorning iltimosnomasi, sudning amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan jabrlanuvchi ular ustidan umumiy asoslarda shikoyat berishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Amnistiya akti qoʻllanilishiga eʼtiroz bildirgan shaxs tomonidan ayblov hukmi chiqarilgandan soʻng jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatish toʻgʻrisida ariza berilishi, agar hukmni bekor qilish uchun boshqa asoslar boʻlmasa, uning apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida bekor qilinishiga olib kelmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqich sudida amnistiya aktiga asosan jinoyat ishi tugatilishiga rozilik bergan shaxsning ishni ayb mazmuni boʻyicha koʻrib chiqishni talab etgan shikoyati ham sud qarorining bekor qilinishiga, agar buning uchun boshqa asoslar boʻlmasa, sabab boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shuni nazarda tutish lozimki, muayyan shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining unga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash chogʻida ishtiroki masalasi sud tomonidan JPK 410-moddasi, 590-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar birinchi bosqich sudi sudlanuvchining eʼtirozi boʻlmagan holda shaxsni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga xilof ravishda ayblov hukmi chiqargan boʻlsa, garchi unda mahkumni jazodan ozod qilish nazarda tutilgan yoki jazo tayinlanmagan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish JPK 84-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan tugatilishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jinoyat ishining amnistiya aktiga asosan tugatilishi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi masalaning jinoyat protsessida hal etilishi imkoniyatini istisno etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishida fuqaroviy daʼvo mavjud boʻlganda sud amnistiya akti asosida jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda daʼvo koʻrilmasdan qoldirilganligini koʻrsatadi. Ayni paytda, JPK 276-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, manfaatdor shaxslarga bunday daʼvoni fuqarolik sudida ishlarni yuritish tartibida taqdim etish huquqi tushuntiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jinoyat kodeksining 76-moddasi, JPK 463-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari birinchi bandlariga asosan sud:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar amnistiya akti yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda ushbu hukm boʻyicha tayinlangan jazodan ozod qilishni nazarda tutsa — shaxsni jazodan ozod qilib;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 3-apreldagi 2-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar amnistiya akti jazo tayinlanishini istisno etsa — jazo tayinlamasdan, ayblov hukmi chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar amnistiya aktida yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda shaxs qaysi jazo turidan (asosiy yoki qoʻshimcha) ozod qilinishi aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, sud uni ham asosiy, ham qoʻshimcha jazodan ozod qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar amnistiya aktida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, shaxsga nisbatan takroran amnistiya akti qoʻllanilgan paytda ham shunday qoidaga amal qilish lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Amnistiya akti qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi sud xulosasi jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrimning, shuningdek hukmning tavsif qismida, uni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori - qaror qismida bayon etiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan amnistiya aktining jazo muddatini qisqartirishni nazarda tutuvchi bandini qoʻllash chogʻida jazoning amnistiya akti chiqqan kunga qadar amalda oʻtalgan muddati chegirib tashlangandan soʻng qolgan qismi qisqartiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi va birinchi va ikkinchi kichik xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 3-apreldagi 2-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Amnistiya akti tatbiq etilmaydigan shaxslar doirasi amnistiya aktida belgilanadi va u qatʼiy boʻlib, kengaytirilgan holda sharhlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasini hal etishda sudlar Jinoyat-ijroiya kodeksining ushbu masalani alohida jazo turlari boʻyicha tartibga soluvchi normalariga rioya etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 77-moddasi, JIK 5-moddasiga muvofiq qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar jazo oʻtovchi hisoblanmaydilar. Shuning uchun ham ularning hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar namoyon etgan xulq-atvorlari ularni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasi hal etilayotgan paytda inobatga olinishi mumkin emas. Ushbu qoida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan vaqtda yangi jinoyat sodir etganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Amnistiya aktini mahkumning shaxsini belgilovchi maʼlumotlarni aniqlamay turib qoʻllash mumkin boʻlmaganligi tufayli, sudlar tegishli organlardan zarur maʼlumotlarni (uning sudlanganligi, unga nisbatan intizomiy chora, amnistiya akti qoʻllanilganligi haqida) talab qilib olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shuni eʼtiborga olish lozimki, amnistiya akti qoʻllanilishini istisno etuvchi muayyan shartlar belgilangan hollarda amnistiya aktini, agar unda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday shartlar (masalan, jazo oʻtash tartibini muttasil buzish, shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish) amnistiya akti kuchga kirgunga qadar yuzaga kelgandagina qoʻllamaslik mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jinoyat ishining amnistiya akti asosida tugatilishi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlarni istisno etishi tufayli alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari (JK 96-moddasi) qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilgandan soʻng ruhiy kasallikka yoʻliqqan va majburiy davolanishga yuborilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash masalasi sud tomonidan shaxs tuzalgandan keyin JPK 579-moddasida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qonunga koʻra, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash yoki ish boʻyicha boshqacha qaror qabul qilish masalasini (JPK 395—401-moddalari) sudya yakka tartibda, uni sud majlisiga kiritmagan holda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi va JPK 84-moddasi ikkinchi qismi talablariga muvofiq, sudlanuvchiga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash masalasi hal qilinayotgan paytda sud majlisida prokuror, sudlanuvchi, uning qonuniy vakili va himoyachisining (himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno) ishtiroki majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi mahkumning harakatlarini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelganda va bu modda shaxsni jinoiy javobgarlikdan, jazodan ozod etishni yoki jazo qoʻllanilishini istisno etishni nazarda tutuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushgan hollarda, tegishli instansiya sudi birinchi instansiya sudi qilmishni toʻgʻri kvalifikatsiya qilganda qabul qilishi shart boʻlgan qaror chiqarishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya, nazorat instansiyasi sudida ayblov hukmi oʻzgartirilgan hollarda amnistiya akti qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi qaror, muqaddam u sud tomonidan JPK 5361-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilganligidan qatʼiy nazar, ajrim (qaror)ning qaror qismida koʻrsatilishi shart.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 6-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar sud amnistiya aktini qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan qoʻllagan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi jabrlanuvchining shikoyati yoki prokuror protesti boʻlgan taqdirda, hukmning jazo tayinlash qismini bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrishga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi esa sud raisi yoki prokurorning protesti asosida sud qarorlarining jazo tayinlash qismini bekor qilib, jinoyat ishini yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq agar apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qoʻllanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan, hukmni oʻzgartirishga — undan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda belgilangan muddat (miqdor) doirasida jazo tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni eʼtiborga olish lozimki, JPK 500, 513-moddalarida belgilangan bir yillik muddat amnistiya akti qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan asossiz qoʻllanilgan hollarga ham taalluqlidir. Bunday hollarda yuqori instansiya sudi hukmni oʻzgartirishga — undan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qoʻllanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki tugatilgan hollarda fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari, ashyoviy dalillar taqdiri toʻgʻrisidagi masalalar sud tomonidan JPK 401-moddasi birinchi qismi, 211-moddasi 14, 6-bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi,
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son