Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2019 03.09.1999 yildagi 412-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISh IShLAB ChIQARIShINI TAShKIL ETISh VA BOShQARIShNING ChET EL TAJRIBASINI O‘RGANISh VA ULARNING YANGI USULLARINI HAMDA ILG‘OR QURILISh TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh IShLARINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish va boshqarishning ilg‘or xorijiy tajribasini hisobga olgan holda qurilishda investitsiya munosabatlarini yanada takomillashtirish va bozor islohotlarini chuqurlashtirish, qurilish ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish hamda qurilish sohasida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi huzurida Qurilish ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning chet el tajribasini o‘rganish va ularning yangi usullarini hamda ilg‘or qurilish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha doimiy ishlovchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya deb ataladi) ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi masalalar bo‘yicha chet el tajribasini o‘rganishni tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“loyiha-menejment” asosida investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish, texnik-iqtisodiy asoslashlar, biznes-rejalar tuzish, xalqaro amaliyotga, shuningdek xalqaro moliyaviy va kredit muassasalari mezonlariga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar sohasida davlat buyurtmasini va davlat xaridlarini, shartnoma munosabatlarini, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini, narx belgilash ustidan monitoringni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnika va qurilish-montaj ishlarining texnologiyasi, qurilish materiallarining ilg‘or turlari qo‘llanishini iqtisodiy asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning ilg‘or usullarini, ilg‘or qurilish texnologiyalarini joriy etish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish, shu jumladan lizing bo‘yicha qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, texnologiya asbob-uskunalari olish masalalarida joylardagi davlat boshqaruvi va hokimiyati organlariga, investitsiya jarayoni qatnashchilari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qurilish ishlab chiqarishi sohasida chet el tajribasini umumlashtirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish, jahon amaliyotining ilg‘or yutuqlarini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) zamonaviy texnikaviy darajadagi tegishli axborot bazasini tashkil etish va axborotning qurilish jarayoni qatnashchilari o‘rtasida keng yoyilishni ta’minlash, chet el injiniring firmalari va qurilish kompaniyalarining tajribasini o‘rganish, mahalliy mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarda o‘qitish va tajriba almashish bo‘yicha seminarlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini hamda ilg‘or qurilish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba to‘g‘risidagi axborotlarni elchixonalar va tegishli vakolatxonalar orqali olishda Komissiyaga har tomonlama yordam bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari chet el tajribasini o‘rganish va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini joriy etish, ilg‘or qurilish texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tarkibini ikki hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya qurilish va loyiha tashkilotlarini, qurilish materiallari korxonalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash uchun chet el investitsiyalarini imtiyozli shartlarda jalb etish ishlarini xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa chet el investorlari bilan doimiy ravishda o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Komissiya o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik yuritish va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-son