03.02.2010 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YONGʻINLARNI VA ULARNING OQIBATLARINI HISOBGA OLISH, SHUNINGDEK YONGʻINLARGA DOIR AXBOROTNI TOʻPLASH HAMDA OʻZARO ALMASHISH TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish, yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashishning respublika hududida yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yongʻinlar va ularning oqibatlari davlat statistik hisobotini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yongʻinlar va ularning oqibatlari davlat statistik hisobotini yuritishning avtomatlashtirilgan kompyuter dasturini ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” va “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashishning yagona tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish (bundan buyon matnda “yongʻinlarni hisobga olish” deb yuritiladi) yongʻinlarning sabablari va kelib chiqish sharoitlarini tahlil qilish, aholi turar joylari va obyektlarning yongʻin xavfsizligi holatini baholash, yongʻinlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek yongʻinlarni oʻchirishga sharoitlar yaratish maqsadida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda, quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin — odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonish — hech boʻlmaganda quyidagi uchta omildan biri: alanga, yorugʻlik (nur) sochish, tutun ajratib chiqarish bilan kuzatiladigan, moddaning oksidlanish ekzotermik reaksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqnash — qisqa muddatli koʻrinadigan yorugʻlik (nur) sochish bilan kuzatiladigan gaz, bugʻ va havo aralashmasining yonuvchan moddaning yuzasida tez yonishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash — harakatga keltira oladigan, siqilgan gazlarning paydo boʻlishi va energiya ajralishi bilan kuzatiladigan, portlash xavfi boʻlgan muhitning tez ekzotermik kimyoviy oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinning xavfli omillari — taʼsiri odamlarning kuyishiga yoki boshqa tan jarohati olishiga, tutun asoratlari bilan zaharlanishga yoki halok boʻlishiga va (yoki) mulkiy zarar yetkazishga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin alomatlari. Yongʻinning xavfli omillariga yuqori harorat, tutun bilan qoplanish, gaz muhiti tarkibining yomonlashishi kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin oqibatlari — odamlarning halok boʻlishi; tan jarohati olishi, zaharlanishi; kuyishi, hayvonlarning nobud boʻlishi; binolar, inshootlar, tovar-moddiy boyliklar, asbob-uskunalar, hujjatlar, sanʼat asarlari, uy jihozlarining butkul yonib ketishi yoki zararlanishi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinda halok boʻlgan — bevosita yongʻin sodir boʻlgan joyda kuyish, yonish va tutun asoratlaridan zaharlanish, qurilish konstruksiyalarining qulashi oqibatida olgan tan jarohatlari va boshqa omillar natijasida yoki tibbiyot muassasalarida davolanish davrida tan jarohatini olgan kundan boshlab 30 sutka ichida halok boʻlgan shaxs. Bu vrachlar koʻrigi xulosasi yoki sud-tibbiy ekspertizasi natijasi asosida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinda jabrlangan va tan jarohati olgan — kuyish yoki boshqa tan jarohati olishi, yonish asoratlaridan zaharlanishi tufayli kamida bir kunga mehnat qobiliyatini yoʻqotgan, yoki kasalxonaga yotqizilgan, yoxud birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng qatnab davolanish (ambulatoriyada) buyurilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badan shikastlanishi (jarohat) — odam aʼzolari va toʻqimalarining anatomik butunligi yoki fiziologik faoliyatining buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar — yongʻindan zararlangan yoki nobud boʻlgan moddiy boyliklarning qiymat ifodasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobud boʻlgan moddiy boyliklar — yongʻin oqibatida oʻz qiymati va sifatini toʻliq yoʻqotgan, belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan va taʼmirlash yoʻli bilan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib boʻlmaydigan moddiy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlangan (shikastlangan) moddiy boyliklar — tiklash (taʼmirlash) yoʻli bilan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib boʻladigan moddiy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita haqiqiy talafotlar — yongʻinning xavfli omillari bevosita taʼsiri oqibatida nobud boʻlgan va (yoki) zararlangan (shikastlangan) moddiy boyliklarning pul bilan baholangan ifodasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksterritoriallik maqomiga ega obyektlar — diplomatik munosabatlar haqidagi (1961-yil 18-apreldagi) Vena konvensiyasining hamda konsullik munosabatlari haqidagi (1963-yil 24-apreldagi) Vena konvensiyasining nizomlariga asosan immunitetga ega boʻlgan chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xonalari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatxonalari va ixtisoslashtirilgan muassasalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning xonalari, agar ularning xonalariga immunitetlarning joriy etilishi shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksterritoriallik maqomiga shu jumladan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining transport vositalari ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksterritoriallik maqomi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan xodimlari va xizmatchilari egallagan turar joylarga, shuningdek ularning shaxsiy transport vositalariga joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yongʻinlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yongʻinlarni davlat statistik hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasida yongʻinlar vaziyatini baholovchi asosiy koʻrsatkichlarni tuzish uchun moʻljallangan boʻlib, quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistik hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy statistik hisobga olish ushbu Nizomning 6-bandi “b”, “v”, “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan tegishli davlat yongʻin nazorati hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi va sodir boʻlgan yongʻinlar haqidagi maʼlumotlar belgilangan shaklda ular tomonidan har oyning 10-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yongʻinlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish shakli Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va idoraviy statistik hisobga olish natijalarini umumlashtirish va ishlov berish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan avtomatlashtirilgan kompyuter dasturida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va idoraviy statistik hisobga olish natijalari boʻyicha yongʻinlar va ularning oqibatlari haqida quyidagi axborot-statistik hisobotlar tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda — mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan vakolatli organlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilda — mazkur Nizomning 6-bandi “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan vakolatli organlar tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yongʻinlarni hisobga olishni quyidagilar amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining davlat yongʻin nazorati organlari — aholi turar joylarida va davlat yongʻin nazoratini oʻzi amalga oshiradigan obyektlarda hamda transport vositalarida, agar yongʻin ular harakatlanib ketayotgan vaqtda yoki vaqtinchalik toʻxtash joylarida (ular aniqlangan joyda) sodir boʻlsa, tegishli vakolatli organlar tomonidan hisobga olinadigan transport vositalaridagi yongʻinlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasining davlat yongʻin nazorati organlari — temir yoʻl transportining harakatdagi sostavida va davlat yongʻin nazoratini amalga oshiradigan obyektlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining davlat yongʻin nazorati organlari — jazoni ijro etish muassasalarida;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati — oʻziga qarashli obyektlarda;
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati bilan tuzilgan kelishuvlar orqali yongʻin xavfsizligi sohasida nazorat funksiyalarini amalga oshiradigan boshqa vakolatli organlar — oʻrmon xoʻjaligi hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportidan foydalanishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari, barcha yongʻinlar, ularning qayerda sodir boʻlganidan, kelib chiqish sababidan va oqibatidan qatʼi nazar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi holatlar hisobga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlab chiqarishda oʻziga xos boʻlgan texnologik jarayondagi (texnologik reglamentlarda va boshqa texnik hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan) yoki sanoat uskunalari va agregatlarining ishlash sharoitida kelib chiqadigan yonishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buyum va mahsulotlarni qayta ishlash, ularning sifat xususiyatlarini oʻzgartirish (payvandlash, quritish, dazmollash, dudlash, eritish va shunga oʻxshash boshqa holatlar) maqsadida qoʻllaniladigan ochiq alanga, issiqlik yoki boshqa turli termik taʼsirlarni qoʻllash natijasida yonishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oqibati yonishga olib kelmagan portlash, chaqnash va statik elektr razryadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) elektruskuna, maishiy va sanoat elektr asboblarining elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv holatlari, agar yonish apparat, agregat va mexanizm tashqarisiga tarqalmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ovqat tayyorlash vaqtida uning yonishi hollari, agar yongʻinga olib kelmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yoʻl-transport hodisalari, aviatsiya va temir yoʻl halokatlari sabab boʻlgan transport vositalarining yonishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fors-major holatlar (terrorchilik harakatlari, harbiy harakatlar, huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus operatsiyalari, zilzila va boshqalar) sabab boʻlgan yonishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oʻz-oʻziga oʻt qoʻyish orqali oʻz joniga qasd qilish va suiqasd qilish hollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) choʻgʻ boʻlib turgan koʻmir va oʻchmagan kuldan termik kuyish, tan jarohati olish hollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslariga moddiy zarar yetkazilgan yoki boshqa oqibatlar roʻy bergan holatlardan tashqari, eksterritoriallik maqomiga ega boʻlgan obyektlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy davlatlarga qarashli transport vositalarida sodir boʻlgan yongʻinlar. Bunday yongʻinlar haqidagi maʼlumotlar tegishli diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 8-bandida sanab oʻtilgan holatlar yonishning boshqa obyektlarga tarqalishiga olib kelsa va uning oqibatida odamlarning tan jarohati olishi, halok boʻlishiga, yoxud moddiy boyliklarning nobud boʻlishi yoki shikastlanishiga olib kelsa toʻliq hisobga olinadi. Boshqa hollarda esa, ushbu Nizomning 8-bandi “j” kichik bandidan tashqari, barcha holatlar va ularning oqibatlari koʻngilsiz hodisa deb hisoblanadi va tegishli organlar tomonidan belgilangan tartibda tekshirish ishlari olib boriladi va hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda fuqarolar har bir yongʻin holati haqida yongʻindan saqlash xizmatiga, davlat yongʻin nazoratining mahalliy organlariga yoki tegishli vakolatli organlarga darhol xabar qilishlari, shuningdek ularni tekshirish jarayonida zarur boʻlgan materiallarni (hujjatlarni) taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vositalaridagi yongʻinlar, yongʻin sodir boʻlgan joyda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yongʻin holatini tasdiqlaydigan hujjat yongʻin haqidagi dalolatnoma boʻlib, u yongʻin bartaraf etilgandan soʻng bir sutka davomida ikki nusxada tuziladi va yongʻindan saqlash xizmati vakili boshchiligidagi kamida 3 nafar shaxsdan iborat komissiya tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomani tuzish komissiyasi tarkibiga obyektning maʼmuriyati (egasi) vakillari yoki jabrlanuvchilar, zarur hollarda esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, sugʻurtalovchilar, ichki ishlar organlarining tegishli xizmatlari vakillari hamda boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar, yongʻinga yongʻin oʻchirish boʻlinmasi chaqirilmagan boʻlsa va yongʻin sodir boʻlganligi haqidagi (ogʻzaki yoki yozma) maʼlumot ichki ishlar yoki davlat yongʻin nazorati organlariga obyektning maʼmuriyatidan, fuqarolardan (jabrlanuvchilardan) berilgan boʻlsa, yongʻin haqidagi dalolatnoma ikki sutkadan kechiktirilmasdan, ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan komissiya tarkibida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yongʻinda halok boʻlganlarni va tan jarohati olganlarni ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlar, yongʻinni tekshirish boʻyicha tuzilgan hujjatlarga hamda tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotlarga asosan hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinda halok boʻlgan hamda jabrlangan chet el fuqarolari davlat statistik hisobiga kiritilmaydi. Ular toʻgʻrisidagi maʼlumot tegishli diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalari yongʻinlarda jabrlangan, tibbiy yordam koʻrsatish uchun olib kelingan yoki murojaat qilgan, shu jumladan yongʻinlarda zaharlanib yoki tan jarohati olib halok boʻlganlar haqida darhol Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga xabar berishlari shart, shuningdek odamlar yongʻinlarda halok boʻlganligi yoki tan jarohati olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yongʻinlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslariga taqdim etishga majburdirlar.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yongʻindan yetkazilgan mulkiy zararni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar, qoplangan yoki qoplanmaganligidan qatʼi nazar toʻliq hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik va jismoniy shaxslarning asosiy fondlari hisoblangan bino va boshqa mol-mulki nobud boʻlishi va zararlanishi (olovdan, tutundan, katta haroratdan, yongʻin oʻchirish vositalaridan, portlashdan — agar portlash natijasida yongʻin roʻy bergan boʻlsa) yongʻin bilan hamda atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlib, talafot koʻrgan deb topilsa, yetkazilgan mulkiy zarar bevosita koʻrilgan talafotlar miqdori bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yetkazilgan mulkiy zarar miqdoridan kelib chiqib, yongʻinlar quyidagilarga boʻlinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha boʻlgan zarar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ancha miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor).
(17-bandning “a”, “b”, “v”, “g” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mulkiy zararni aniqlashda ishlab chiqarish va savdo ishlaridagi vaqtinchalik toʻxtashlar, harakatdagi sostav va boshqa texnikaning oʻzgarishi natijasida koʻrilgan (bilvosita) yoʻqotishlar va yongʻin sababli olinmagan boshqa foyda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat yongʻin nazorati organlari yongʻinlardan yetkazilgan zararni qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar va sugʻurtalovchilar tomonidan berilgan maʼlumotlar, sudlarning hukmlaridan koʻchirmalar yoki yetkazilgan moddiy zarar miqdorini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar ilova qilingan mulk egalarining yozma arizalariga asosan hisobga oladilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotda quyidagilar majburiy tartibda alohida koʻrsatiladi: yongʻindan yetkazilgan umumiy zarar, bino (inshoot) boʻyicha zarar, uskunalar va mulk boʻyicha zarar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligiga tegishli hujjatlarga imzo chekkan shaxs javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻziga qarashli obyektlarda yongʻin sodir boʻlgan yuridik shaxslar yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotni davlat yongʻin nazorati organlariga taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar davlat yongʻin nazorati organlarining soʻrovi boʻyicha sugʻurtalanuvchilarning yozma roziliklariga asosan sugʻurta shartnomalari shartlariga muvofiq yongʻinlar va ularning oqibatlari tufayli kelib chiqqan sugʻurta hodisasi boʻyicha toʻlangan sugʻurta tovonini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning sugʻurta qilinmagan va nobud boʻlgan mol-mulki, imoratlari, hayvonlarining, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarining haqiqiy bahosi haqida aniq maʼlumot boʻlmasa, mulkiy zarar miqdori oʻrtacha bozor narxi boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tugallanmagan kapital qurilish yoki taʼmirlash jarayonida sodir boʻlgan yongʻin natijasida asosiy fondlarga yetkazilgan mulkiy zarar miqdori bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yongʻinda qogʻoz pul nobud boʻlgan hollarda mulkiy zarar miqdori ularning nominal bahosidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻoz pullar va (yoki) qimmatbaho qogʻozlar tayyorlash jarayonida yongʻindan nobud boʻlgan hollarda zarar miqdori ularni tayyorlash tannarxidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yongʻin oqibatida chet el valyutasiga zarar yetkazilgan hollarda zarar miqdori yongʻin kelib chiqqan paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul birligi kursida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yongʻin oqibatida nobud boʻlgan mol-mulkning boshqa turlari boʻyicha mulkiy zarar miqdori tegishli mulkning spetsifikasidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yongʻinlarni hisobga olish uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar, tibbiyot muassasalarining mansabdor shaxslari va sugʻurtalovchilar yongʻinlar toʻliq va toʻgʻri hisobga olinishi hamda hisobot maʼlumotlari oʻz vaqtida taqdim etilishi va ularning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat yongʻin nazorati organlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda ularga qarashli tashkilotlarda yongʻinlar hisobi toʻliq va sifatli yuritilishini tekshirish huquqiga ega.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomning 6-bandi “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzlariga qarashli obyektlar va tashkilotlarda sodir boʻlgan yongʻinlar hisobi yuritilishini nazorat qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan statistik maʼlumotlar notoʻgʻri berilganligi va (yoki) ularni taqdim etish tartibi buzilganligi aniqlansa, aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun zarur choralar koʻriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tekshirish davomida aniqlangan hisobga olinmagan yongʻinlar, yongʻinlar yuzasidan notoʻgʻri berilgan maʼlumotlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan vaqtdagi yongʻinlar boʻyicha davlat statistik hisobiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 41-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)