OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI BOʻYIChA YOʻRIQNOMA ILOVASIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1845-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 26-noyabrdagi 69/1-q/q, 63-q/q, 33-q/q-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1845-3, 04.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 303-modda) asosan hamda taʼlim muassasalarida toʻplangan tajribalarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 39, 36/QQ va 01-275-son qarori (roʻyxat raqami 1845, 2008-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovasining 1-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) oliy maʼlumot (madaniyat va sport hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi taʼlim muassasalarida akademik litsey, kasb-hunar kollejining taʼlim yoʻnalishlaridan kamida bittasi yoki bilim sohasi boʻyicha oliy maʼlumot);
b) taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejining soha yoʻnalishi boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
89 Q/Q-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
01 Q/Q-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
01 Q/Q-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 44-modda)