Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2009 27.04.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekistonda ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning kompleks elektron kutubxona tizimini yaratish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida
2009-yil 27-aprel, Toshkent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida”gi Bitimning 3-moddasiga muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, hamkorlikdagi texnikaviy loyihalarning tizimli va samarali bajarilishini taʼminlash yoʻli bilan ikki mamlakat oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekistonda ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning kompleks elektron kutubxona tizimini yaratish” loyihasini (bundan keyin — “Loyiha”) amalga oshirish maqsadida, Koreya Respublikasi Hukumati Koreya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shuningdek, cheklangan budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 2 million AQSH dollariga teng miqdorda grant taqdim etadi (bundan keyin — “Grant”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Grantdan aynan Oʻzbekistonda ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning kompleks elektron kutubxona tizimini yaratish maqsadida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koreya Respublikasi Hukumati Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligini (bundan keyin — “KOISA”) Loyihani amalga oshirishga koʻmaklashishga oid zaruriy ishlarni bajaruvchi masʼul tashkilot sifatida tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini (bundan keyin — “Agentlik”) Grantdan maqsadli foydalanishni amalga oshiruvchi masʼul tashkilot sifatida tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOISA va Agentlik Loyiha bajarilishi tafsilotlari toʻgʻrisida mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan Muzokaralar bayonnomasini imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. (1) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati quyidagi zarur chora-tadbirlarni koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Grant doirasida keltirilayotgan asbob-uskunalar va materiallarni oʻz vaqtida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi ichida transport orqali tashuvni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Loyihani amalga oshirish doirasida Grant hisobidan keltirilayotgan asbob-uskunalar va materiallarni bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) hamda Oʻzbekiston hududida sotib olinadigan tovar, ish va xizmatlarga qoʻshilgan qiymat soligʻidan (QQS) oʻrnatilgan tartibda ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) KOISA bilan imzolangan shartnomalarga muvofiq loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Koreya fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasida ularning daromadlari va mol-mulkiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlari, ichki soliqlar va boshqa toʻlovlardan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) (v) bandda qayd etilgan Koreya fuqarolariga loyiha doirasida KOISA bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va unda boʻlish uchun lozim boʻlgan shart-sharoitlarni yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Loyihani samarali amalga oshirish uchun Grant doirasida keltirilgan asbob-uskunalar va materiallar butligini taʼminlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanishini kafolatlash; shuningdek,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Grant asosida qoplanadigan xarajatlardan tashqari, Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha xarajatlarni qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Grant doirasida taqdim etilgan asbob-uskunalar va materiallar Oʻzbekiston Respublikasidan reeksport qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar mazkur Bitim bilan bogʻliq yoki Loyihani amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan har qanday masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. (a) Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Bitim, agar Tomonlardan biri navbatdagi muddat tugashidan olti (6) oy oldin ikkinchi Tomonni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali Bitimni toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirmasa, 2009-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Bitimning muddatidan oldin toʻxtatilishi Loyihani tugallanishiga olib kelmaydi, shuningdek, Bitim muddatining tugashi oxiriga yetmagan Loyihani tugallanishiga taʼsir etmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Bitimga diplomatik kanallar orqali almashuv notalari shaklida rasmiylashtirilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolat olgan quyidagi imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-aprelda Toshkent shahrida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)