Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO-IQTISODIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY HAMKORLIK BOʻYICHA OʻZBEKISTON-LATVIYA HUKUMATLARARO KOMISSIYASINING OʻZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISH TOʻGʻRISIDA
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitimni roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasi kotibiyati funksiyalarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
3. Latviya tomonining Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishini 1998-yil may oyining uchinchi oʻn kunligida Riga shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-may,
192-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-maydagi 192-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi
TARKIBI
| Gʻaniyev E.M. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, komissiya hamraisi |
| Ermetov N. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining raisi |
| Sidiqnazarov Q.M. | — | “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasining raisi |
| Sobirov M.A. | — | Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining raisi |
| Usmonov T.B. | — | Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Mustafoyev I.M. | — | Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Rahimov S.B. | — | Markaziy bank raisining oʻrinbosari |
| Mirboboyev B.A. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining oʻrinbosari |
| Umarov T.B. | — | “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi raisining oʻrinbosari |
| Pensov B.E. | — | “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari |
| Ismoilov B.A. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻztashqitrans” respublika tashqi savdo birlashmasining bosh direktori |
| Yoqubxoʻjayev S.L. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, masʼul kotib |
Keyingi tahrirga qarang.