Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO-IQTISODIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY HAMKORLIK BOʻYICHA OʻZBEKISTON-LATVIYA HUKUMATLARARO KOMISSIYASINING OʻZBEKISTONGA OID QISMINI TUZISH TOʻGʻRISIDA
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitimni roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Latviya hukumatlararo komissiyasi kotibiyati funksiyalarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
3. Latviya tomonining Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishini 1998-yil may oyining uchinchi oʻn kunligida Riga shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-may,
192-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-dekabrdagi 520-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)