Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida:
1. 2002-yilning 1-avgustidan boshlab nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari olib keladigan yuridik shaxslar uchun isteʼmol tovarlari importiga amaldagi bojxona toʻlovlari bilan bir qatorda toʻlanadigan yigʻim joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-avgustidan boshlab isteʼmol tovarlarini olib kelish chogʻida yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi, ilovada koʻrsatilgan tovarlar bundan mustasnodir.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga bojxona qonunchiligini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovarlar olib kelinishi faktlari aniqlangan, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda huquqbuzarlik buyumlarini musodara etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-iyul,
PF-3105-son
Import qilinganida amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar saqlanib qoladigan isteʼmol tovarlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
|
№ |
Tovarlarning nomi |
Bojxona toʻlovi turi | ||||||||||
|
1. |
Import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmonlar va tibbiy ahamiyatdagi buyumlar | Qoʻshilgan qiymat soligʻi | ||||||||||
|
2. |
Insonparvarlik yordami sifatada va begʻaraz texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar | Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, bojxona poshlinasi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻim | ||||||||||
|
3. |
Olib kelinadigan kompyuter texnikasi va uning butlovchi qismlari, dasturiy vositalar | Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona poshlinasi | ||||||||||
|
4. |
Erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan va olib kelinadigan tovarlar | Boyuxona poshlinasi | ||||||||||
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar | Bojxona poshlinasi | ||||||||||
|
6. |
Koʻrgazmalar uchun eksponatlar, reklama va taqdimotlar sifatida olib kelinadigan tovarlar | Bojxona poshlinasi | ||||||||||
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalari asosida poshlinasiz olib kelish huquqiga ega boʻlgan xorijiy davlatlar vakillari, jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy yoki shaxsiy foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlar | Bojxona poshlinasi | ||||||||||
|
8. |
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan va bojxona qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqarish yoki oʻzgacha tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar | Bojxona poshlinasi | ||||||||||
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi PF-3158-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 201-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 120-modda, 10-11-son, 201-modda, 12-son, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 177-modda)