Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 04.01.2010 yildagi PQ-1254-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 03.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1254-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-ilovalardagi “Hakimov Sh.X. — Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” soʻzlari “Bosh vazir oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asqarov M.A.– Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra – Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rahimov B. – Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra – Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 4-ilovadagi “Abdualiyev A.X.– Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra – Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchinin yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qaroriga 2- ilovadagi “Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va oʻzlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i) Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma axborot-tahlil departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilayotgan Investitsiya dasturlari, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan oʻtkazish, jumladan ularni amalga oshirishda kutilayotgan natijalarni kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflari boʻyicha xulosalar tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishning samarali va oʻta maqbul sxemalarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, ishchi organ-boshqaruvchi idora tomonidan belgilangan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining investitsiya loyihalarini, shu jumladan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni oʻz vaqtida tayyorlash va amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan aniq investitsiya loyihalari boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “i1” kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i1) Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda – toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni. amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiyaviy muhit, jumladan investitsiyalash masalalarining asosiy tartibotlari, shuningdek taklif qilinayotgan investitsiya hajmi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzish va shartnomalarning shartlariga rioya qilish, oʻz vaqtida moliyalashtirishni ochish hamda xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda TIA (TIH), yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish masalalari boʻyicha hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 18-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda kiritilgan hujjatlar asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga mutasaddilik qiluvchi Bosh vazir oʻrinbosari tasdiqlaydigan qoʻshma xulosa tayyorlaydilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har oyda Vazirlar Mahkamasining har oyda Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga maʼlumotlar bazasiga kiritilgan investitsiya takliflarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tarmoq jadvallaridan orqada qolinganda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi sabablarini va qoloqlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar koʻrsatgan holda axborot kiritadi. Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 32-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga belgilangan shakl boʻyicha davlat tashqi qarzi va geografiyasi boʻyicha axborot taqdim etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 33-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi har oyda monitoring natijalarini Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 35-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga Investitsiya dasturining aniq qismini va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdagi muammoli masalalarni koʻrsatgan holda umumlashtirilgan monitoring natijalarini, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar va zarur chora-tadbirlarni taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“36. Har oyda tegishli qaror qabul qilish uchun tegishli axborot-tahlil departamenti Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi Prezidiumiga koʻrib chiqish uchun xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb qilgan holda investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringining umumlashtirilgan natijalarini kiritadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986- son qaroriga 2-ilovadagi “Boqiyev F.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot- tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining har yillik majlisini tayyorlash va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2009-yil 3-iyuldagi PQ-1149-son qaroriga 1-ilovadagi “Asqarov M.A.— Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarorining 5-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qarorining 3-bandi, shuningdek qarorga ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)