Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.07.1999 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SIMENS” AKSIYADORLIK JAMIYATI BILAN TOShKENT ShAHRIDAGI ShAHARLARARO-XALQARO EWSD STANSIYASINI KENGAYTIRISh QOʻShMA LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining “Simens” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan Toshkent shahridagi shaharlararo-xalqaro EWSD stansiyasini kengaytirish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent telegraf-telefon stansiyasi loyiha boʻyicha buyurtmachi va kreditlar boʻyicha qarz oluvchi etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati qarz oluvchi majburiyatlari boʻyicha kafolatchi etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida, buyurtmachining manfaatlarini nazarda tutib, “Simens” aksiyadorlik jamiyati bilan 2285,3 ming EVRO (4469,7 ming Germaniya markasi) miqdorida kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 1942,5 ming EVRO miqdoridagi 85 foizi — KfV banki (Germaniya)ning “Germes” (Germaniya) eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostidagi, toʻlash muddati 5 yil boʻlgan mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Milliy bank krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 342,8 ming EVRO miqdoridagi 15 foizi — KfV banki (Germaniya)ning toʻlash muddati 5 yil boʻlgan mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Milliy bank krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqlarini va jalb qilinadigan kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash Toshkent telegraf-telefon stansiyasining oʻz mablagʻlari hisobiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan xorijiy bank bilan belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsin va mablagʻlarni Toshkent telegraf-telefon stansiyasiga qayta moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Milliy bankning toʻlov majburiyatlari boʻyicha xorijiy bankka va Toshkent telegraf-telefon stansiyasining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Milliy bankka beriladigan kafolatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy bankni qoniqtiradigan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasiga mazkur loyiha doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar va xizmatlar) bojxona toʻlovlari va qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-son