Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 13 NOYABRDAGI PQ-1227-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi D.O. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-dekabr,
336-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida TASIS dasturini amalga oshirishni taʼminlashda vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 29-maydagi 274-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 5-son, 20-modda):
a) 2-banddagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasidagi loyihalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomning 3, 6 va 34-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” hamda “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 16-modda):
a) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qaroriga 4-ilovadagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus davlat komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi 295-son qaroriga 3-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son,53-modda):
“Asqarov M.A. — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining shuʼba mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini roʻyobga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qaroriga 2-ilovadagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga 5-ilovadagi “Nurmurodov M.B. — Moliya vaziri” hamda “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Gʻulomov R.A. — Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
1, 23 va 46-ilovalardagi “Xaitov A.A. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-ilovadagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-ilovadagi “Safoyev N.S. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-ilovadagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-ilovadagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” hamda “Pogrebnyak A.G. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari tegishli ravishda “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining birinchi oʻrinbosari” hamda “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-ilovadagi “Abdualiyev A.X. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” hamda “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi” hamda “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-ilovadagi “Xaitov A.A. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif razryadlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-oktabrdagi 482-son qaroriga ilovaning VII boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“VII. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi
|
1. |
Boshqarma boshligʻi |
19 |
|
2. |
Boʻlim mudiri |
18 |
|
3. |
Bosh mutaxassis |
17 |
|
4. |
Yetakchi mutaxassis |
16 |
|
5. |
Inspektor |
10” |
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida:
a) 41-banddagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 42-bandning uchinchi xatboshidagi va 43-banddagi “Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“57. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari hamda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi rahbarligida Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, axborot-tahlil departamentlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa markaziy iqtisodiy idoralar tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Prezidiumi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradilar”;
g) 59 va 60-bandlardagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 67-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Majlis protokoli Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti va Umumiy boʻlim tomonidan majlis tugagandan keyin bir sutka muddatda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi”;
e) 85-bandning ikkinchi xatboshidagi “Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan 2018-yil 13-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 1-maydagi 74-son qaroriga ilovada:
“Xoʻjayev B.A.” soʻzi “Bekenov S.X.” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Ashrafxonov B.B.” soʻzi “Gʻulomov R.A.” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Asqarov M.A. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“vaziri vazifasini bajaruvchi” soʻzlari “vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qosimov N.S.” soʻzi “lavozimiga koʻra” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha loyihaning DTIA (DTIH)ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatni uch kun muddatda tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan ikki kun muddatda kelishish uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga beradi”;
b) 27-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 28-oktabrdagi 233-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovaning “Bajaruvchilar” ustunidagi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga koʻrsatmalar Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-martdagi 61-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 34-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti uch kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan shakl boʻyicha loyihaning TIAni tasdiqlash toʻgʻrisida hujjat tayyorlaydi hamda Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan ikki kun muddatda kelishish uchun Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga beradi”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-iyundagi 173-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
II boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
II. Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi | |
| 200. | “1-SON ZARCARLIK KORXONASI” davlat korxonasi |
| 201. | “KUMUSH” masʼuliyati cheklangan jamiyat QK |
| 202. | “FONON” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi davlat korxonasi |
| Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi | |
| 203. | “SSP-EXPOCONTACT” unitar korxonasi |
quyidagi mazmundagi II-1 boʻlim qoʻshilsin:
|
II-1. Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari kompleksi | |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | |
|
204. |
“OʼZEKSPOMARKAZ” OAJ |
|
205. |
“INTERSERVIS” davlat korxonasi |
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga ilovadagi “Asqarov M.A. — Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita rahbarining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita rahbarining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumatga qarashli moliyaviy tashkilotlar va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb etish va ulardan samarali foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 12-avgustdagi 229-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” hamda “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” hamda “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari “Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 17-son, 194-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son; 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son; 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)