O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
PQ-1250-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1250-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmetkombinat” AIB ishlab chiqarishini 2007 — 2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 10-iyuldagi PQ-669-son qarorining 5-bandida “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya” so‘zlari “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarori:
3-bandining beshinchi xatboshidagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiya” so‘zlari “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi” so‘zlari “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Direksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 561-modda)