22.12.2009 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“QISHLOQ QURILISH INVEST” INJINIRING KOMPANIYASINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan hamda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasining oʻz ishlab chiqarish bazasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “TAPOiCh” davlat aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Qishloq qurilish bank” ATB “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasining TAPOiCh” DAB tomonidan Toshkent shahri, Elbek koʻchasi, 61-uy manzilida joylashgan, 1,8 ga yer uchastkasiga ega boʻlgan yogʻochga ishlov berish fabrikasi (texnologik uskunalarisiz)ni “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan 1048,3 mln soʻm miqdorida belgilangan qiymatda sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “TAPOich” davlat aksiyadorlik jamiyati bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisob raqami mablagʻlari hisobiga yogʻochga ishlov berish fabrikasi hududidan texnologik asbob-uskunalar demontaj qilinishi va olib chiqib ketilishini, keyinchalik belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son