Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MUSTAQILLIK KUNI VA NAVROʻZ UMUMXALQ BAYRAMLARIGA TAYYORGARLIKNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Milliy mustaqillik gʻoyalari va xalqimiz anʼanalarini keng targʻib qilish, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlarida Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlariga bagʻishlangan madaniy-ommaviy tadbirlarning yuqori tashkiliy darajada tayyorlanishi va chuqur gʻoyaviy mazmun bilan oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlarini tashkil etish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari hamda jamgʻarmalar bilan birgalikda tuman, shahar va viloyatlar markazlarida Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlarining keng nishonlanishini tashkil etish;
Mustaqillik kuni va Navroʻz bayramlarini nishonlashda Oʻzbekiston taraqqiyotida, jamiyatni demokratik yangilashda, maʼnaviy-axloqiy yuksalishda, xalqimiz mentalitetida, milliy oʻzligini anglashda, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini kuchaytirishda, respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda yuz bergan tarixiy oʻzgarishlarni keng va toʻliq ochib berish;
har yili oʻtkaziladigan tadbirlar mazmuni va mavzuyida mustaqillik yillarida hayotning barcha sohalarida, yangilanish va islohotlarning tanlangan yoʻlini amalga oshirishda, milliy davlatchiligimizni rivojlantirishda, xalqimizning turmush darajasini oshirish va sharoitlarini yaxshilashda Oʻzbekiston erishgan aniq yutuqlarni, respublika shaharlari, tumanlari va aholi yashash joylarini obod qilishdagi ijobiy oʻzgarishlarni aks ettirish;
Nukus shahrida, viloyat markazlarida va Toshkent shahrida oʻtadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshi shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;
bayram tadbirlarini oʻtkazishda zarur darajada xavfsizlikni taʼminlash.
3. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlarini moliyaviy taʼminlash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mahalliy budjet mablagʻlari, ishlab chiqarish korxonalari, xoʻjaliklar va jamgʻarmalarning homiylik yordami hisobidan;
Toshkent shahrida — respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramini tashkil etish haqida” 1995-yil 23-fevraldagi 68-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 15-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-iyul,
357-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-iyuldagi 357-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlarini tashkil etish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Respublika komissiyasining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| Mirziyoyev Sh.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi |
| Azizxoʻjayev A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Sultonov X.M. | | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha), komissiya raisining oʻrinbosari |
| Qurbanov Sh.E | | Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
| Komissiya aʼzolari: | ||
| Fayzullayev R.F. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| Shoabdurahmonov R.M. | — | Toshkent shahar hokimi |
| Abdurahmonov M. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Aʼzamov Q.A | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| Almatov 3. | — | Ichki ishlar vaziri |
| Bahromov A. | — | “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi raisi |
| Boqiboyev E.J. | — | “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
| Vohidov E.V. | — | Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri (kelishuv boʻyicha) |
| Gadoyboyev A. | — | “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi |
| Jahongirova D. | — | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi |
| Joʻrayev T.I. | — | Xalq taʼlimi vaziri |
| Inoyatov R.R. | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisi |
| Yoʻldoshev B.S. | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
| Koʻchimov A. | — | “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi |
| Kaipbergenov T. | — | Oʻzbekiston xalq shoiri |
| Zokirov F.K. | — | Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi |
| lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| Matlyubov B.L. | — | Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
| Minovarov Sh. | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
| Mirjalilov M. | — | “Oʻzulgurjisavdo” kompaniyasi raisi |
| Murod Muhammad Doʻst | — | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
| Nazirov F.Gʻ. | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Oripov A. | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| Safoyev S.S. | — | Tashqi ishlar vaziri |
| Sayfullayev B. | — | M.Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti rektori |
| Tyan V.N. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
| Usmonov A. | — | “Xalq soʻzi” “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri |
| Muhammadjonov Sh.Sh. | — | “Toshshaharyoʻlovchitrans” kompaniyasi raisi |
| Shogʻulomov R.Sh. | — | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
| Yusupov K. | — | Davlat sport qoʻmitasi raisi |
| Qoʻziyev T. | — | Badiiy akademiya raisi |
| Gʻulomov Q.Gʻ. | — | Mudofaa vaziri |
| Qosimov R.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Hazratqulov M. | — | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Xusanboyev B M | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Hamidov R. | — | Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻi |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari | ||
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.