Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK, BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ULGURJI VA CHAKANA SAVDONI LIBERALLASHTIRISH HAMDA UNI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROIT YARATISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 23-FEVRALDAGI PF–3722-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-noyabrdagi 242-son hamda “Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-martdagi 52-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Respublika tashqarisida tovarlar sotishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 11-noyabrdagi 546-son qarori;
“Oʻzoziqovqattaʼminot” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-fevraldagi 47-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 8-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-may,
99-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda):
a) 1-ilovaning 3-bandidagi “Oʻzbeksavdo” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 5-bandidagi “Oʻzbeksavdo” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT,2011-y., 34-35-son, 350-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq savdosida mulkchilik munosabatlarini, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-martdagi 125-son qarorida:
b) 2-band chiqarib tashlansin;
v) 4-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish markaziy apparati tuzilmasi xodimlarining cheklangan soni (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 40 nafar etib hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi bilan mustaqil” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 7-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
7. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlari normativlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 167-son qaroriga 1-ilovadagi “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, “Oʻzmaishiyuyushma” va “Oʻzbekbirlashuv” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda):
a) 4-band chiqarib tashlansin;
13. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 3-banddagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tumanlar (shaharlar) hokimliklarida ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsat guvohnomasi” soʻzlari “tegishli litsenziya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Tovarlar faqat tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida ulgurji sotilishi mumkin”;
g) 47-banddagi “savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yigʻimi” soʻzlari “alohida tovarlar turlari bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Demografiya va isteʼmol bozorini oʻrganish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi 448-son qaroriga 1-ilovadagi “Fayziyev Z.O. – “Oʻzbeksavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadagi 63 va 64-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
20. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 4-ilovadagi “Bekchanov M. — “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi raisi, Fayziyev Z.O. — “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 31-ilovadagi “Fayziyev Z.O. — “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 32-ilovadagi “Azamatov M.R. — “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasining savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, kengash kotibi”, “Fayziyev Z.O. — “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi”, “Bekchanov M. — “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 195-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2011-y., 34-35-son, 350-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)