21.12.2009 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

MOL-MULKNI BAHOLASH STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH, TASDIQLASH, ULARGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-dekabrdagi 322-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom mol-mulkni baholashning yangi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek mol-mulkni baholashning amaldagi standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) mol-mulkni baholash standartlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish yoki qayta koʻrib chiqish, ularni kelishish, tasdiqlash va normativ-huquqiy hujjat sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatli va masʼul davlat organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mol-mulkni baholash standartlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulkni baholash standartlari baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik oʻzgarishi munosabati bilan yoki vakolatli organning tashabbusi bilan amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ belgilangan tartibda tasdiqlangan mol-mulkni baholash standartlarini baholash tashkilotlariga yetkazadi va ularga rioya etilishini nazorat qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mol-mulkni baholash standartlarini amalda qoʻllash maqsadida unga ilova sifatida ushbu standartlarning ajralmas qismi hisoblangan va ular bilan birgalikda amal qiladigan tegishli metodik koʻrsatmalar ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mol-mulkni baholash standartlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mol-mulkni baholash standartlari quyidagilarni belgilaydigan oʻzaro bogʻliq normalar va qoidalar kompleksini ifodalaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash tushunchalari va prinsiplari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash faoliyatida qoʻllaniladigan atamalar va tariflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymat turlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich axborotga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashni oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash usullarini qoʻllash xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baholash tushunchalari va prinsiplari baholash faoliyati va mol-mulkni baholash standartlari asoslanadigan asosiy yuridik va iqtisodiy tushunchalarni izohlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Atamalar va tariflar mol-mulkni baholash standartlarida foydalaniladigan asosiy va maxsus atamalarning mohiyati va maʼnosini ochib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qiymat turlariga qoʻyiladigan talablar standartlarni qoʻllash uchun mol-mulkni baholash standartlari bilan belgilangan qiymatning bozor va bozor bazalaridan farq qiladigan muhim belgilarini belgilaydi va izohlaydi, shuningdek mol-mulkni baholash standartlarida nazarda tutilgan qiymatlar turlari oʻrtasidagi farqni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshlangʻich axborotga qoʻyiladigan talablar baholash obyektini baholash uchun zarur boʻlgan axborotning xususiyati, mazmuni va hajmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholashni oʻtkazish tartibi baholash obyektini baholashda ish-harakatlarning bosqichlari va izchilligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Baholash usullarini qoʻllash xususiyatlari baholash maqsadidan va baholash obyektining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baholashning u yoki bu usulini tanlash tartibini ochib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Baholash natijalarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar baholash toʻgʻrisidagi hisobotni bayon qilish shaklini, taqdim etiladigan axborotning son va sifat izchilligini hamda mantiqan oʻzaro bogʻliqligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mol-mulkni baholash standartlarida baholash jarayonini tartibga solishga yoʻnaltirilgan boshqa talablar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mol-mulkni baholash standartlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mol-mulkni baholash standartlari talablarini bayon qilish har xil talqin qilishni istisno etadigan qisqa va aniq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hajmi va mazmuniga qarab mol-mulkni baholash standartlari oʻz nomiga ega boʻlgan ayrim boʻlimlarga boʻlinadi. Boʻlimlar rim raqamlari bilan raqamlanishi kerak, barcha boʻlimlarning kichik bandlari arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mol-mulkni baholash standartining har bir bandida tugallangan bitta normativ koʻrsatma boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalarning namunalarini ilovalarda joylashtirish, matnda esa tegishli havolalarni koʻrsatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mol-mulkni baholash standartini rasmiylashtirish normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilishning belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mol-mulkni baholash standartlarini kelishish va tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mol-mulkni baholashning ishlab chiqilgan standartlari, agar mol-mulkni baholash standartining loyihasida boshqa vazirliklar va idoralarning manfaatlari yoki vakolatiga daxl qiladigan normalar mavjud boʻlsa, kelishish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mol-mulkni baholashning kelishiladigan standarti loyihasida tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzolari qoʻyilgan loyihaning kelishilganligini koʻrsatadigan yakunlovchi qoidalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mol-mulkni baholash standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mol-mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mol-mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mol-mulkni baholashning yangi standarti tayyorlanishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan mol-mulkni baholash standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi takliflar yangi standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka oʻzgartirish kiritish mol-mulkni baholash standartlariga tegishli boʻlsa, vakolatli organ oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etadi. Mol-mulkni baholash standartlari qonunchilikka muvofiqlashtirilguniga qadar ushbu standartlar qonunchilikka zid boʻlmagan qismi boʻyicha amal qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik oʻzgarishi munosabati bilan yoki vakolatli organning tashabbusi bilan mol-mulkni baholash standartlarini qayta koʻrib chiqishda mol-mulkni baholashning ayrim standartlari amal qilishini toʻxtatish zaruriyati yuzaga kelsa vakolatli organ Adliya vazirligiga mol-mulkni baholash standarti oʻz kuchini yoʻqotganligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni taqdim etadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yoki kelishgan holda qabul qilingan mol-mulkni baholash standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish ushbu vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yoki kelishgan holda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 567-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)