Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.05.1999 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999—2001 YILLARDA XORAZM VILOYATIDA BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini va aholi farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999—2001-yillarda Xorazm viloyatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi birlashmalar koʻrsatib oʻtilgan Dasturni roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorazm viloyati hokimligi Dastur qoidalarining belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlash boʻyicha mukammal chora-tadbirlar koʻrsin, bunda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida eʼtibor bersin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, istiqbolsiz, iqtisodiy jihatdan nochor, zarar koʻrib ishlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mehnatga layoqatli aholini, birinchi navbatda yoshlarni va tarkibiy qayta oʻzgartirishlar natijasida boʻshab qolgan xodimlarni ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, qurilish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, kasanachilik mehnati sohalarida kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— turizm va uning infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xalq hunarmandchiligining, shu jumladan zargarlik, badiiy buyumlar va shu kabilarni ishlab chiqarish boʻyicha, tarixiy anʼanalarini qayta tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy infratuzilmani, birinchi navbatda qishloq joylarda, rivojlantirish hisobiga aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, yoshlar oʻrtasida maʼrifiy, madaniy-tarbiyaviy va sport-ommaviy ishlarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda tegishli yillar uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda budjetdan kapital qoʻyilmalarning zarur limitlarini, shuningdek budjetdan tashqari jamgʻarmalar, tashkilotlar va korxonalar, xorijiy investitsiyalar hamda boshqa manbalar mablagʻlarining ushbu Dasturning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydigan miqdorlarda jalb etilishini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— amaldagi qonun hujjatlariga va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq, mulkiy paylar va oila pudratini joriy etish asosida jamoa xoʻjaliklarini qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— istiqbolsiz, zarar koʻrib ishlayotgan xoʻjaliklar negizida, yangidan oʻzlashtirilayotgan va oʻzlariga ajratilayotgan yer uchastkalarida uy-joylar qurish huquqisiz qoʻshimcha ravishda ajratilayotgan yerlar hisobiga dehqon va fermer xoʻjaliklari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shu yilning 1-oktabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining va yangi tashkil qilinayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun qayta taqsimlanayotgan yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha jadvalni va chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻrta, kichik va mikrobiznesni rivojlantirish boʻyicha mufassal chora-tadbirlar koʻrsinlar, buning uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— budjetdan tashqari jamgʻarmalar va tijorat banklari tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning 2-ilovaga* muvofiq oʻz vaqtida ajratilishini va oʻzlashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan va boshqa sohalardan boʻshab qolgan xodimlarni, ularni kichik, oʻrta va mikrobiznes sohalariga ishga joylashtirish uchun, biznes-maktablarda hamda biznes-inkubatorlarda oʻqitish va qayta tayyorlashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralarni jalb qilgan holda, Pitnak shahridagi Xorazm avtomobil zavodining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelgusida foydalanish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999-2000-yillarda Urganch tuzatish-ekskavator zavodida ekskavatorlar ishlab chiqarishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi 2000-yil investitsiya dasturiga kiritish uchun “Klaas” (Germaniya), “Keys” (AQSh) va “Lemken” (Germaniya) firmalari bilan tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarish moʻljallanayotgan murakkab import texnikasiga butlovchi buyumlarni “Urganchozuqamash” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni tashkil etishning texnik-iqtisodiy asoslarini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida mintaqada yengil va qayta ishlash sanoatini, kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni hisobga olgan holda Urganch davlat universitetida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Urganch davlat universiteti huzurida Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilari tarkibi malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorazm viloyati hokimligi mazkur qarorning monitoring tizimini tashkil etsin va joriy yilning uchinchi choragidan boshlab har chorak yakuni boʻyicha uning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zarar koʻrib ishlayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini tugatish tartibini hamda ular negizida tashkil etiladigan dehqon va fermer xoʻjaliklariga servis xizmati koʻrsatish masalalari boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov, shuningdek Xorazm viloyati hokimi I.O. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-son