Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2009 YILDA SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish mexanizmini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 2-apreldagi 94-son qaroriga muvofiq hamda raqobatbardoshli, eksportga yoʻnaltirilgan va importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada ragʻbatlantirish, tarmoq ichida va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari oʻrtasida mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha maxsus komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarori bilan maʼqullangan 2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi):
Mahalliylashtirish dasturining 2a-ilovasiga Butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 1-ilovaga* muvofiq yangi loyihalarini kiritish toʻgʻrisidagi;
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mahalliylashtirish dasturining 3a-ilovasiga Mahsulotlarning tayyor turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2-ilovaga* muvofiq yangi loyihalarini kiritish toʻgʻrisidagi;
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mahalliylashtirish dasturidan korxonalarning tugatilganligi, ichki bozorda ehtiyojning yoʻqligi, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxi va sifati boʻyicha raqobatga bardoshli emasligi sababli 3-ilovaga* muvofiq loyihalarni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror bilan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshiruvchi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar bojxona toʻlovlari boʻyicha — ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, soliqlar boʻyicha esa — 2009-yil 1-dekabrdan boshlab qoʻllanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihaning tashabbuskorlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzasidan ishlab chiqarishni tashkil etish hamda prognoz hajmlarini bajarishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-dekabr,
314-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 542-modda)