20.02.2004 yildagi 79-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

TOSHKENT SHAHRINING YUNUSOBOD TUMANIDA UNIVERSAL SPORT SAROYI QURISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oʻsib kelayotgan avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy shugʻullanishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Universal sport saroyi qurish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi “Universal sport saroyi” qurilishining buyurtmachisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ToshkentboshplanLITI” davlat korxonasi bosh loyihalashtiruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GABUS” qurilish-investitsiya firmasi bosh pudratchi qurilish tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yilning IV choragi qurilish tamomlanadigan muddat etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Universal sport saroyini loyihalashtirish va qurishga subpudratchi tashkilotlarni aniqlash, qurilish materiallari, konstruksiyalar va asbob-uskunalar, shu jumladan xorijiy sheriklarning qurilish materiallari, konstruksiyalari va asbob-uskunalarini sotib olish “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, bosh loyihalashtiruvchi va bosh pudratchi qurilish tashkiloti bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlov savdolari asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi bosh loyihalashtiruvchi bilan birgalikda ikki oy muddatda texnik-iqtisodiy hisob-kitob ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektning muhimligini va qurilishning muddati qisqa ekanligini hisobga olib “Universal sport saroyi” obyekti qurilishi texnik-iqtisodiy hisob-kitobning belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi taʼminlangan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitob ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga koʻrsatib oʻtilgan obyekt qurilishi zonasiga tutashgan bir gektar yer maydonini biriktirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzmontajmaxsus-qurilish” uyushmasining “Oʻztaʼminotbutlash” ochiq aksiyadorlik jamiyati istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Universal sport saroyi” obyekti qurilishi uchun foydalanishga moʻljallangan respublikaga olib kelinadigan 1-ilovaga* muvofiq metall mahsulotlar va materiallar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal sport saroyini jihozlash uchun olib kelinadigan 2-ilovaga* muvofiq sport inventari, elektron tablo va almashtirib ishlatiladigan asbob-uskunalar boʻyicha bojxona bojlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Universal sport saroyini qurish va uni jihozlashda foydalanishga moʻljallangan import boʻyicha olinadigan (1 va 2-ilovalarga muvofiq) metall mahsulotlari, materiallar, sport inventari, elektron tablo va almashtirib ishlatiladigan asbob-uskunalar oʻzgaga berilgan va boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda ular boʻyicha bojxona toʻlovlarining hisoblangan summasi undirib olinadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jarima jazolari qoʻllangan holda respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.F.Fayzullayev va M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 20-fevral,

79-son