Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.05.2001 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRIShNI, ShUNINGDEK SIRDARYo VILOYATI OQOLTIN TUMANIDAGI TARKIBI OʻZGARTIRILGAN XOʻJALIKLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi (keyingi oʻrinlarda “Loyiha” deb yuritiladi) boʻyicha oʻzaro tushunish toʻgʻrisida Memorandum imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning umumiy qiymati va Osiyo taraqqiyot bankining 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga beriladigan 36 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini hisobga olgan holda uni mablagʻ bilan taʼminlashda tomonlarning ishtiroki belgilangan (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda xoʻjaliklararo va xoʻjalik ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlarining aniq hajmlari belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish va uning marketingini tashkil etishning yangi usullarini Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sinovdan oʻtkazish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, tajriba tariqasida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Loyihani amalga oshirish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil hosilidan boshlab paxta va donning davlat xaridlari boʻyicha topshiriqlar oʻrniga 17 ming tonna paxta va 12,5 ming tonna bugʻdoy miqdorida har yilgi belgilab qoʻyilgan xarid kvotalari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha sotiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻn kun muddatda xarid kvotasidan ortiqcha sotiladigan paxtaning shartnomaviy narxlarini belgilash toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta boʻyicha xarid kvotalarini bajargan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari paxtani qayta ishlashdan olingan qoʻshimcha mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan sotib olgandan keyin oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan boshoqli don ekinlari qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid kvotalari tumanning qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida ular foydalanayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarining miqdori va sifati hisobga olingan holda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi har bir alohida xoʻjaligi paxta va bugʻdoy boʻyicha unga belgilangan xarid kvotalari bajarilishi uchun mustaqil javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oqoltin tumanining qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari uchun paxta va boshoqli don ekinlari boʻyicha xarid kvotalarini taqsimlashning, xarid kvotalari bajarilishi boʻyicha javobgarlikni nazarda tutuvchi, mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi yakunlari boʻyicha uni amalga oshirish chora-tadbirlari, shu jumladan loyihani tashkiliy boshqarish va kreditni qaytarish masalalari toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo rivojlanish banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 416-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab- quvvatlash” loyihasining asosiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‎

Loyiha komponentlari nomi

Loyiha komponent- larining umumiy qiymati

Shu jumladan:‎

OTB

Oʻzbekiston Respublikasi

jami

ulardan:‎‎

Hukumat

loyiha qatnashchilari- qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermyerlar

1.‎ Xoʻjalik ichki irrigatsiya va drenaj infratuzilmalarini yaxshilash* 43,371‎

16,042‎

27,329‎ 25,368‎ 1,961‎
2.‎ Xoʻjaliklararo irrigatsiya va drenaj infratuzilmalarini yaxshilash*‎ 12,408‎ 6,427‎ 5,981‎ 5,981‎ —‎
3.‎ Institutsional qoʻllab-quvvatlash, monitoring va baholash‎ 1,473‎ 0,419‎ 1,054‎ 1,054‎ —‎
4.‎ Mashina-traktor xizmatlari koʻrsatish ‎ 6,089‎ 5,318‎ 0,771‎ 0,771‎ —‎
5.‎ Loyihani boshqarish‎ 2,218‎ 1,305‎ 0,913‎ 0,913‎ —‎
6.‎ Loyihani amalga oshirish davrida foizlar va majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlash** 6,489‎ 6,489‎ —‎ —‎ —‎
Loyihaning umumiy qiymati 72,048 36,000 36,000 34,087 1,961

(mln AQSh dollari)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mablagʻlar amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Kredit amalda oʻzlashtirilishiga va har 6 oyda qayta koʻrib chiqiladigan foiz stavkalarining oʻzgarib turishiga qarab aniqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)