12.09.2000 yildagi 351-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK SHISHA TOLA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shisha tola ishlab chiqarishini tashkil etish va “Xobas-TAPO” qoʻshma korxonasida tashkil etilgan nometall sentrifugalangan quvurlar ishlab chiqarishini xom ashyo bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining “Oniks” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Prayss-Daymler” (Germaniya) va “Roviteks” (Shveysariya) kompaniyalari bilan birgalikda ustav fondi 5,98 mln Germaniya markasiga teng boʻlgan hamda ulushlar 1-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston tomoni va xorijiy tomonlar oʻrtasida teng taqsimlangan texnik tola ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasi tomonidan quvvati yiliga 9,4 ming tonna texnik shisha tolasi ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 60,3 mln. Germaniya markasidan iborat asbob-uskunalar turkumini yetkazib berish va montaj qilish yuzasidan Germaniyaning “Proyektirung und Adlagenbau GmbX Bautsen” kompaniyasi bilan kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 05 foizi (“Germes” jamiyatining sugʻurta mukofotini hisobga olgan holda 50,1 mln. Germaniya markasi) — xorijiy bankining Germaniyaning “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 15, foizi (10,2 mln. Germaniya markasi) — “Proyektirung und Anlagenbau GmbX Bautsen” kompaniyasiga 8,2 mln Germaniya markasi qiymatiga ega boʻlgan “nou-xau”ni va qoʻshma korxonaga investitsiya majburiyatlari sifatida beriladigan 2,0 mln Germaniya markasi miqdoridagi pul mablagʻlarini berish yoʻli bilan “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasining xorijiy muassislari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etiladigan xorijiy kreditlarni tashkil etish boʻyicha xorijni bankka barcha xarajatlarni toʻlash, shuningdek qurilish davrida foizlarni toʻlash — xorijiy muassislarning “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasiga investitsiya majburiyatlari sifatida beriladigan mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kreditni, u boʻyicha foizlarni hamda ishlab chiqarish davridagi boshqa chiqimlarni qaytarish — 2-ilovaga* muvofiq qaytarish jadvaliga koʻra “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qayd etilsinki, “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasining xorijiy muassislari oʻz zimmalariga “Xobas-TAPO” qoʻshma korxonasi tomonidan talab etib olinmagan texnik shisha tola hajmlarini eksport qilish majburiyatini oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasi kreditlarni qaytarish davrida texnik shisha tola ishlab chiqarish uchun import xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va tez eskiradigan qismlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzsanoatqurilishbank” bir oy muddatda xorijiy bank va “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasi bilan kredit bitimlari tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Oʻzsanoatqurilishbank” majburiyatlari boʻyicha xorijiy bankka, shuningdek “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasining majburiyatlari boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishbank”ka Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit bitimlarida belgilangan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosani rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining va “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun koʻp martalik kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirmasdan rasmiylashtirish masalalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining va “Oʻzglaszayden” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni yashash joyida davlat boji undirmasdan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazsin va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-son