Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.03.2007 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOREYA XALQARO SOGʻLIQNI SAQLASH JAMGʻARMASI DOKTOR LI DJONG-VUK XOTIRASI JAMGʻARMASI GRANT MABLAGʻLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi — Doktor Li Djong-Vuk xotirasi jamgʻarmasining Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun ajratilgan grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi bilan Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi – Doktor Li Djong-Vuk xotirasi jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim doirasida Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun 500 000 AQSH dollari miqdorida grant ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasini amalga oshirish boʻyicha masʼul ijrochi hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 1 va 2-ilovalar*ga muvofiq keltirilayotgan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar, xizmatlar) soliq solishdan hamda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar, xizmatlar)ni “Toshkent” aeroportida hamda temir yoʻllar stansiyalarida saqlashning barcha davrida toʻlovlar undirmasdan yuklash-tushirish hamda omborlarga joylashtirish ishlarini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalar berish va ular muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov va S.T.Inomova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son