18.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2044
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son MBMS) “Ko‘chmas mulk qiymatini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son MBMS) “Ko‘chmas mulk qiymatini baholash” (keyingi o‘rinlarda 10-son MBMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
6. 10-son MBMSni amaliyotda qo‘llashda ushbu 10-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son MBMS) “Ko‘chmas mulk qiymatini baholash”ga
ILOVA
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar 10-son MBMSni qo‘llash tartibini belgilaydi.