31.08.2006 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TASARRUFIDAGI LITSEY VA LITSEY-INTERNATLAR NEGIZIDA AKADEMIK LITSEYLAR TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-iyuldagi PQ-427-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ravishda takomillashtirish, iqtidorli yoshlarning bilim olishlariga shart-sharoitlar yaratib berish va ularni akademik litseylarda taʼlim-tarbiya olishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, qishloq va suv xoʻjaligi, Sogʻliqni saqlash vazirliklarining hamda Aloqa va axborotlashtirish agentligining oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi litsey, litsey-internatlar negizida ilovaga muvofiq akademik litseylar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda akademik litseylar uchun tasdiqlangan namunaviy ustavlar asosida yangi tashkil etilayotgan akademik litseylarning ustavini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning quvvatidan kelib chiqqan holda 2006/2007 oʻquv yili uchun birinchi kursga oʻquvchilarni qabul qilishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning oʻqituvchilar tarkibini tanlov asosida malakali, chuqur kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsey va litsey-internatlardagi 11-sinf oʻquvchilari oʻqishni umumiy oʻrta taʼlim oʻquv dasturi boʻyicha tugatishlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2007—2009-yillar investitsiya dasturlarini shakllantirishda, ilovadagi akademik litseylarni Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan 2004—2009-yillarda respublika boʻyicha akademik litseylarni ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturida koʻzda tutilgan akademik litseylarda joylashtirilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, zarur hollarda, 2004—2009-yillarda respublika boʻyicha akademik litseylarni ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturiga Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy barpo qilinadigan oʻquvchi oʻrni quvvatlari doirasida oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha 1 oy muddatda taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlarning xarajatlar smetasiga hamda 2006-yil uchun tasdiqlangan Davlat budjetining maorif sohasi parametrlari doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-avgustdagi 188-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlar hamda ular negizida tashkil etilayotgan akademik litseylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Mavjud litsey va litsey-internatlar nomi‎

Akademik litseylar nomi‎

1.‎

Andijon davlat universiteti qoshidagi litsey-internat‎

Andijon davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey‎

2.‎

Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi litsey-internat‎

Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

3.‎

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi litsey-internat‎

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

4.‎

Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi litsey-internat‎

Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

5.‎

Buxoro davlat universiteti qoshidagi litsey-internat‎

Buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey‎

6.‎

Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi‎

Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

7.‎

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qoshidagi litsey-internat‎

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

8.‎

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi litsey‎

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

9.‎

Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi litsey-internat‎

Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

10.‎

Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi litsey-internat‎

Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

11.‎

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi litsey-internat‎

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

12.‎

Toshkent moliya instituti qoshidagi litsey‎

Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

13.‎

Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi litsey‎

Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi akademik litsey‎

14.‎

Toshkent aviatsiya instituti qoshidagi maxsus avia litsey‎

Toshkent aviatsiya instituti qoshidagi akademik litsey‎

15.‎

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi litsey‎

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey‎

16.‎

Fargʻona davlat universiteti qoshidagi litsey-internat‎

Fargʻona davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey‎

17.‎

Fargʻona politexnika instituti qoshidagi litsey-internat‎

Fargʻona politexnika instituti qoshidagi 3-son akademik litsey‎

18.‎

Qarshi davlat universiteti qoshidagi litsey-internat‎

Qarshi davlat universiteti qoshidagi 4- son akademik litsey‎

19.‎

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi litsey-internat‎

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎

20.‎

Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi litsey‎

Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey‎