06.11.2009 yildagi 292-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHSULOTNI TAQSIMLASH TOʻGʻRISIDAGI BITIMNI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBI-GʻARBIY HISOR MINTAQASIDAGI ODAMTOSH, GUMBULOQ VA JARQUDUQ-YANGI QIZILCHA GAZ KONDENSATI KONLARINI KOMPLEKS OʻZLASHTIRISHNI JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd” kompaniyasi bilan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirib borishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 23-martdagi PQ-1078-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishini va ularni foydalanishga topshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Istisno tariqasida, “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” masʼuliyati cheklangan jamiyatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishi uchun ish loyihasi asosida bir bosqichli tartibda loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlarini bir vaqtda qurgan holda normativ muddat doirasida shunday obyektlarni loyihalashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya qilinishi ustidan arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-noyabrdagi 292-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftgaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda Bitim deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Bitimni amalga oshirish doirasida oʻzlashtiriladigan boshqa konlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” masʼuliyati cheklangan jamiyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni loyihalashtirish topshirigʻi — Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishining ish loyihasini ishlab chiqishga qoʻyiladigan asosiy birlamchi talablarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy loyihalar — tashqi infratuzilma obyektlari qurilishi uchun bajariladigan toʻliq hajmdagi ish loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish loyihasi — cheklangan qiymatli va ish hujjatlari bilan birga asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat boʻlgan loyiha hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hujjatlari — ayrim binolar va inshootlarga ish chizmalari turkumi, qurilishni amalga oshirish uchun yetarli hajmdagi ish turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvchi qoʻmita — Bitimga muvofiq yuqori boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi — prinsipial yechimlarni taʼminlash, qurilishning dastlabki (boshlangʻich) qiymatini aniqlash va qarorning tasdiqlanadigan qismi qabul qilinishi asosida ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun yetarli hajmdagi loyiha hujjatlari toʻplami.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmachi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga va asosiy texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berishga tanlov doirasida loyihalovchi tashkilotga qurilish pudratchisini (pudratchilarini) tanlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tanlov hujjatlarining texnik qismini ishlab chiqishni buyurtma qilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish loyihasi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan, ushbu Nizomning II boʻlimiga muvofiq kelishilgan va tasdiqlangan obyektni loyihalashtirishga topshiriq asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Loyihalashtirishga topshiriqni kelishish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan obyektni loyihalashtirish topshirigʻi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Vakolatli organ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni loyihalashtirishga topshiriqni kelishish bir vaqtning oʻzida ushbu bandda koʻrsatilgan kelishuvchi organga taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, obyektni loyihalashtirish topshirigʻi Bitimda belgilangan tartibda Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ish loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurishga ish loyihasi quyidagi bosqichlarda ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy loyihalarni ham oʻz ichiga oladigan ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi ishlab chiqilishi tugallangandan keyin buyurtmachi davlat ekspertizasi organlariga tasdiqlanadigan qismni belgilangan tartibda taqdim etadi. Davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi tasdiqlangunga qadar buyurtmachi ish hujjatlarini ishlab chiqishga, asosiy texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishga kirishadi, tanlov asosida qurilish pudratchisi (pudratchilari) tanlovini amalga oshiradi. Ish loyihasining tasdiqlangan tasdiqlanadigan qismi oʻzlashtirish obyektlarini qurish yuzasidan kontraktlar tuzish uchun asos hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi tugallangan ish hujjatlari (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida ekspertizadan oʻtgan aniqlashtirilgan yigʻma smeta hisob-kitobi), shuningdek qurilish pudratchisini (pudratchilarini) tanlash boʻyicha tanlov savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtirilgan qurilish qiymati asosida Boshqaruvchi qoʻmitaning tasdiqlashi uchun ish loyihasini taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish loyihasi Bitimda belgilangan tartibda Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 497-modda; 2012-y., 23-24-son, 262-modda)